Nigmatov X


XXV. PARALLEL ISHLASH UCHUN MULJALLANGAN VIRTUAL



Yüklə 9,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/68
tarix23.05.2023
ölçüsü9,08 Mb.
#112295
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi

 
XXV. PARALLEL ISHLASH UCHUN MULJALLANGAN VIRTUAL 
BUYRUQLAR 
Raqamli kompyuter bu berilgan buyruqlar asosida masalalarni echa oladigan 
mashinadir. Masala echimini bayon qiladigan buyruqlar ketma ketligi dastur deb 
ataladi. Har bir kompyuterning elektron sxemasi cheklangan sondagi buyruqlar 
majmuasini taniydi va bajara oladi. Barcha dasturlar bajarilishidan oldin 
qo‘yidagilardan murakkab bo‘lmagan buyruqlar ketma ketligiga aylantiriladi: 
-
Ikkita sonni qo‘shish; 
-
Son nol emasligiga tekshirish; 
-
Ma’lumotning biror qismini kompyuter xotirasining bir qismdan ikkinchi 
qismiga ko‘chiradi. 


156 
Bu sodda buyruqlar majmuasi insonlarning kompyuter bilan muloqatini 
ta’minlovchi tilni tashkil etadi. Bunday til mashina tili deb ataladi.
Yangi kompyuter yaratuvchilari kompyuterning mashina tiliga qanday 
buyruqlarni kiritish kerakligi masalasini hal qiladilar.Bu kompyuterning ishlatilish 
maqsadiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni kompyuter qanday masalalarni echishga 
muljallanganligiga. Odatda mashina buyruqlarini mumkin qadar sodda qilishga 
harakat qilinadi. Bu kompyuter konstruksiyasi murakkablashuvi oldini oladi va 
zaruriy elektronikaga nisbatan xarajatlarni kamaytiradi. Ko‘pchilik mashina tillari 
o‘ta sodda bo‘lib, ularni ishlatish murakkab va mashaqqatlidir.
Oddiy kuzatishlar vaqt o‘tishi bilan turli darajadagi abstraksiyalarni yaratishga 
olib keldi. Har bir abstraksiya o‘zidan qo‘yi darajadagi abstraksiya ustiga quriladi. 
Huddi shunday yo‘l bilangina kompyuter bilan bo‘ladigan muloqat mashaqqatini 
engib o‘tish mumkin. Inson kompyuter muloqatiga bunday yondoshuvni kompyuter 
tashkil etilishidagi ko‘psathlilik deb ataladi.
Kompyuter tashkil etilishidagi ko‘p sathlilik 
Insonlarga qulay bo‘lgan muhit bilan kompyuterga qulay bo‘lgan muhit 
o‘rtasida katta farq bor. Insonlar X turdagi amalni bajarishni xoxlaydi, kompyuter 
esa faqat U turdagi amallrnigina bajara oladi. Bundan esa muammo kelib chiqadi. 
Ushbu fanning maqsadi muammoni qanday xal qilish mumkinligini tushuntirishdan 
iborat.

Yüklə 9,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə