Николай Иванович Надеждин



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə5/8
tarix16.09.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#122080
1   2   3   4   5   6   7   8
Hozirgi zamon sotsiologiyasidagi asosiy yo’nalishlar


Siyosiy sotsiologiya - Demokratiya va bozor munosabatlari sari qadam tashlagan sobiq sotsialistik mamlakatlarning xalqlari oldida siyosiy madaniyat asoslarini egallash, g`oyaviy qoliplardan voz kechish vazifasi turibdi.
Pitirim Sorokinning analitik sotsiologiyasi. Amerikalik sotsiolog Pitirim Sorokin (1889-1968) ijtimoiy tizim va ijtimoiy bir butunlik maummolarini tahlil qilish bilan shug‘ullangan. U «o‘zaro ijtimoiy ta’sir» nazariyasini ishlab chiqqan. Bu nazariyaga asosan, madaniyat shaxslararo munosabatlardan tashkil topgan. U madaniyat deganda o‘zaro aloqada bo‘lgan shaxslarning qadriyat va normalarini tushungan. O‘zaro aloqada bo‘lgan ijtimoiy tizimning markaziy elementini madaniyat yoki supertizim tashkil qiladi. Uning nazarida bir necha supertizim (madaniyat) mavjud va ularga sezuvchi supertizim, ya’ni kishilarning hissiy a’zolari orqali olgan ishonchli bilimlari va g‘oyalashgan supertizim, ya’ni hissiyotdan tashqari e’tiqodning xaqiqat sifatida namoyon bo‘lishi kiradi. Bu ikkala supertizimning qo‘shilishi natijasida aql tizimi yoki idealistik tizim tashkil topadi. Pitirim Sorokinning ijtimoiy tizim rivojlanishining haqiqiy sababchisi tizimni tashkil qiluvchi madaniyat va qadriyatlardir. Madaniyat va qadriyatlarning o‘zi mazkur falsafa, din, axloq, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning umumiy tabiatini belgilab beradi.

Avvalambor — bu insonning jamiyatda tutgan o`rni va rolini tushunib o`tish istagi bilan, boshqa kishilar bilan hamkorlikda ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq. Siyosatni tushunmaslik va ongli ravishda uni nazarga olmaslik salbiy oqibatlarga olib keladi, begonalashuvni keltirib chiqaradi. Shu sababli siyosiy fan va siyosiy ta`lim insonlarga munosabatlarini insonparvarlik va oqilonalik asosida ko`rishga yordam berishi kerak. Siyosiy sotsiologiya ham shunga hizmat qiladi. Siyosiy sotsiologiya atamasi sotsiologiyada ham, siyosiy fanda ham shunday bir fan sifatida talqin qilinadiki, u shu ikki fanning umumiy sohalarini ichiga oladi.


Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə