Nizolarni bartaraf etish va adaptasiya. Reja


Muvofiqlashtirishning tarkibiy tizimi



Yüklə 29,57 Kb.
səhifə5/5
tarix16.06.2022
ölçüsü29,57 Kb.
#89634
1   2   3   4   5
ravshan 11111111

Muvofiqlashtirishning tarkibiy tizimi. Disfunksional oqibatlardan holi bo’lish hamda kishilarning xatti-harakatlarigaijobiy ta’sir o’tkazish tufayli, kelib chiqishi mumkin bo’lgannizolarning oldini olish va ularni boshqarish uchun mukofotlash tizimi kech qo’llaniladi.
Nizoli vaziyatlarni oldini olish yoki ziddiyatini yumshatishning beshta strategik usuli ma’lum (29-chizma).
Uzoqlashish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat qiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqqanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilkishiga manfaatdor bo’lmagan va o’zaro munosabatlarning zoxiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tomonidan qo’llaniladi.
Silliqlashish. Bu usul kishilarning yaxshilikka undash yo’li bilan nizoni bartaraf qilishga qaratilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir – biri bilan xushmuomalali bo’lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish, umuman, bir vaqtning o’zida birga suzayotgan qayiqni “qaltis tebratish” yaramasligiga chaqirishadi.
Majburlash. – bu tamanlardan birining hohish irodasini, so’zini majburan, zo’rlab qabul qilishdir. Bunday strategiyani qo’llaydigan tomon tajovvuzkorlik bilan o’z hohishini qarshi tomonga majburlab o’tkazadi.
Kelishuv. Nizoli holatdan muvofaqqiyatli chiqishning eng muhim sharti – bu murosaga kela olishdir. Kelishuv bilan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo’lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi.
Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi yechimini topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilishva barchani fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o’zlarini maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xohlaydilar.
Stress va uni boshqarish

Stress – inclizcha (stress) so’zidan olingan bo’lib, asabiylik keskinlik degan ma’nolarni anglatadi.


Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tug’ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo’lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Bunday holatga tushgan kishilarga nisbatan: “u asabiylashadi” deb aytishadi. Shu ma’noda asabiy tushunchasi:


  • salga asabiylashaveradigan, bo’lar-bo’lmasga qizishib, tutaqib ketadigan, zardasi tez, jizzaki kishi;


  • asablarning kasalligi tufayli yuz bergan, asablar faoliyatining buzilganligi natijasida yuzaga kelgan xastalik;


  • asablarning qo’zg’alishi bilan bog’liq bo’lgan holat (janjal, baqiriq-chaqiriq) kabilar ma’nosida talqin qilinadi.




Kanadalik buyuk fiziolog Gans Sel’s asabiylashishini odam yoki hayvon organizmining har qanday ta’siriga o’ziga hos munosib javob deb baholaydi. U uch bosqichga bo’linadi:
  1. boshlang’ich ta’sirchanlik (emosional) tuyg’usi (g’alayon); a’zoyi badandagi kuchlarning safarbarlikka tortilishi.


  2. qarshilik ko’rsatish bosqichi.


  3. toliqish bosqichi.


Srtess – bu oddiy va ko’p uchrovchi holat. qattiq bezovta bo’lish, hayajon va uyqusizlikdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina streslarning ziyoni bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun har bir rahbar yoki xodim:


  • yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan va


  • haddan tashqari asabiylashganlik darajasini bilmog’I lozim.


Stressni sodir bo’lishiga asosan ikki yo’nalishdagi omillar sabab


Asabiy holatning vujudga kelishi va uning o’tib ketishi, ruhiy halovatsizlikni bilish, uni bartaraf etish kabilar rahbarlik faoliyatining diqqat markazida turishi kerak. Asabiylashgan holatda:


  • ongni faoliyatida ayrim tomonlar to’xtashdan qoladi.


  • idrokda, xotirada anglashilmovchiliklar paydo boladi;


  • kutilmagan qo’zga’alishlarga nisbatan ayni bir xil bo’lmagan ta’sirlar yuzaga chiqadi;


  • diqqat va idrok ko’lami torayib, halovatsizlik kuchayadi va boshqalar.


Shunday vaziyatlarda noxush holatning oldini olish, ya’ni uni boshqarish kerak.

Stress sabablari
Shaxsiy ichki sabablar

  • fiziologik sabablar;


  • ruhiy sabbalar;


  • oiladagi nohushliklar;


  • mansabga intilishdagi omadsizliklar;


  • tahlika tug’diruvchi sabablar va hokazo.


Tarkibiy sabablari


  • ish faoliyatidagi noaniqlik;


  • haddan tashqari ko’p ish yoki ka mish bilan band bo’lish;


  • qiziqmagan ish bilan band bo’lish;


  • ish sharoitining yomonligi;


  • demotivlashtirishning ustivorligi va hokazo.




Xulosa
Ushbu mustaqil ishni bajarish mobaynida men nizolarni bosiqlik bilan va hamma bo’lgan voqealarni o’rganib chiqib hulosa chiqarishlikni,ko’rko’rona ish yuritmaslikni va oqilona qaror chiqarish kerakligini o’rgandim.


Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Internet resurslari. Hozir.org internet sayti.



Vaqtida joylolmaganim uchun uzur bizda svet yoq edi va shu sababli internet ishlamadi.to’g’ri tushunasiz degan umiddaman.
Yüklə 29,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə