Nizomiy nomidagi tdpu “Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat” fakulьteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti Radjapov Usmanbay Raximovichning “Engil



Yüklə 71,87 Kb.
səhifə5/8
tarix21.10.2023
ölçüsü71,87 Kb.
#129313
1   2   3   4   5   6   7   8
Usmon 1

Ettikurashda ayollar mashg’uloti
Ancha qobiliyatga ega bo’lgan 15-17 yoshli qizlar bir-ikki yil davomida yettikurashning asosiy turlarini egallab olishlari mumkin.
Ettikurash mashg’ulotlarining uslublari o’nkurashnikiga o’xshash bo’lib, shunga asoslanadi. Bular har tomonlama jismoniy tayyorgarlikka, yettikurash turlarining aniq bir tartibda kelishiga, yugurish tezligiga ko’proq e’tibor berilib, mashg’ulotga yettikurashning hamma turlarini kiritish va hokazolardan iborat.
Ayollar yettikurashida sprintcha tayyorgarlik muhim ahamiyatga ega, ammo yettikurashda hozirgi zamon yutuqlari yettikurashning hamma turlarida yuqori natija ko’rsatish talab qiladi.
Mashg’ulotning asosiy vazifalari:
1. Yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash va yadro itqitish va nayza uloqtirish texnikasini egallash.
2. 100 m ga g’ovlar osha yugurish va 100 va 800 m ga yugurish texnikasini hamda tezlikni yaxshilash.
3. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni, ayniqsa harakat tezkorligini, umumiy chidamlilikni, asosiy mushaklar kuchini va tos-son bo’g’imidagi harakatchanlikni oshirish.
4. Qisqa masofalarga yugurish, sakrash va yadro itqitishga taallluqli bo’lgan mushaklar kuchini rivojlantirish.
5. Ma’naviy va irodaviy sifatlarni oshirish.
6. Nazariy tayyorgarlik ko’rish.
Mashg’ulotning tayyorgarlik davrida shug’ullanish sharoitiga, sportchi-ning yoshiga va tayyorgarligiga qarab mashg’ulotlar haftada 4-5 marta o’tkazilishi mumkin.
Qishki mashg’ulotning asosiy vositalari: beshkurash turlari, yugurish, sakrash va akrobatika mashqlari, to’ldirma to’plar, og’irliklar bilan mashq bajarish, sport o’yinlari, krosslar va h.k.
Og’irliklar bilan mashq bajarishda ayollar organizmi ayrim xususiyat-larga ega, shuning uchun mashg’ulot davomida ularga alohida e’tibor berilishi zarur.
Oylik tsikl oxiriga 2-3 kun qolganda va undan keyin 2-3 kungacha og’irliklar va sakrash mashqlarining yuklamasini pasay-tirish kerak.
Kuzgi-qishki mashg’ulot bosqichining boshida kuch va tezkorlikni rivojlantirishga va harakatlarni boshqara olishni yaxshilashga ko’proq e’tibor beriladi. Ko’pkurash turlari bilan esa faqat mashq ko’rganlikni saqlab qolish uchungina shug’ullanish kerak.
Boshqara olish qobiliyatini yaxshilash va umumiy chidamli-likni oshirish uchun mashg’ulotlarning qiziq o’tishiga yordam beruvchi sport o’yinlaridan ko’proq foydalanish darkor.
Sportchi ayollarning asosiy vazifasi beshkurash turlari texnikasini muttasil ravishda takomillashtirish hisoblanadi. SHuning uchun har bir turdagi ko’pgina maxsus mashqlardan juda ko’p foydalanish kerak.
Tayyorgarlik davrida mana bunday sxemadagi haftalik tsikl qo’llanilishi ham mumkin.
1-kun – kuch tayyorgarligi va o’zgaruvchan yugurish.
2-kun – yettikurashning birinchi kunidagi turlarni takomil-lashtirish va yugurish tayyorgarligi.
3-kun – uzunlikka sakrash va yugurish texnikalarini tako-millashtirish.
4-kun – dam olish.
5-kun – birinchi kundagilar takrorlanadi.
6-kun – qoloq turlarni takomillashtirish, kross yoki o’zgaruvchan yugurish.
7-kun (yakshanba) – dam olish.
Iloji bo’lsa bir kunda ikki marta mashg’ulot o’tkazish beshkurash turlarini texnikaviy jihatdan yaxshiroq takomillashtirishga yordam beradi. Bu davrdagi krosslar mashg’ulotdan keyin kuchni tiklashga ko’maklashadi. Krosslar asosan 15-20 minut davom etadi.

Yüklə 71,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə