Nizomiy nomidagi tdpu o’zbek tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi M. Rahmatovning 301-302-guruhlarda



Yüklə 7,51 Mb.
səhifə7/12
tarix25.04.2023
ölçüsü7,51 Mb.
#106890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kelishik kategoriyasi

O‘rin-payt kelishigi. Bu kelishikni hosil qiladigan quyidagi affiks variantlari uchraydi:
-da/-dә jarangli undosh va unli bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Qayg’uda za’if boldї (QR). Yүzүңdә nurї tajallї, labїңda javhari ruh (Lutfiy).
-ta/-tә jarangsiz undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Bu ishtә ixtїyarїm yoq turur (Atoiy). Tanїmaqta mәgәr yanїlmїsh-sen (Navoiy).
O‘rin-payt kelishigining –ta/-tә affiksi «Boburnoma»da va ayrim boshqa asarlarda uchrasa ham, odatda, jarangsiz undoshlardan keyin ham –da/-dә affiksi qo‘shila bergan.
CHiqish kelishigi. Bu kelishikni hosil qiluvchi quyidagi affikslar mavjud:
-dїn/-din unli va jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: CHarx qasrїdїn quyash har kүn tүshәr ālamarā (Navoiy). Andїjannїң nәshbәtisidin yaxshїraq nәshbәti bolmas (BN).
-tїn/-tin jarangsiz undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Sen bashtїn ayaq jan-sen (Muhabbatnoma), lekin jarangsiz undoshlar tugagan so‘z negizlariga ham –dїn/-din affiksi qo‘shila beradi. Aksincha jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarga ham –tin \\ -tїn affiksining qo‘shilishi qayd qilinadi: Xojandtїn Axsїg’a kelүr (Bobir).
-dan/-dәn//-tan/-tәn. Bu affiks XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi va ular fakulьtativ xarakterdadir: Uch kundin sөң zindandan chїqardїlar (QR).
CHiqish kelishigining qadimgi turkiy tilga oid –dun/-dүn//-tun/-tүn affikslari so‘zning oxirgi bo‘g’inlari lab unlilari bilan kelgan negizlarga qo‘shiladi. Eski o‘zbek tilida bu affikslar faqat «O‘g’uznoma»da uchraydi: Qїrq kundun sөң, kөp toqushg’udun sөң, anuң kөzү kөktүn kөkrәk erdi.
Til tarixi faktlari shuni ko‘rsatadiki, chiqish kelishigi formasi keyingi davrlarda shakllangan bo‘lib, uning o‘rnini ma’lum davrlarda o‘rin-payt kelishigi bajargan. Garchand bu xususiyat qadimgi turkiy tilga xos bo‘lsa ham, eski o‘zbek adabiy tilida chiqish kelishigi ma’nosida o‘rin-payt kelishigi formasi qo‘llangan: Bashїnї uch yerdә yardїlar(Tafsir). Bu ishlәrdә birini qqїlsaңїz (QR).

Yüklə 7,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə