Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “boshlang’ich ta’lim” fakulteti 5111700- boshlang’ich ta’lim yo’nalishi



Yüklə 126,95 Kb.
səhifə3/8
tarix22.12.2023
ölçüsü126,95 Kb.
#154376
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5402341922268264138

Saylanma diktant - Saylanma diktant ham ta`kidiy diktant kabi o`tkaziladi. Buning ta`kidiy diktantdan farqi shundan iboratki, tanlangan matn tahlil qilinib, o`rganilgan qoidalar takrorlab eslatilgach, o`qituvchi diktovka qilgan gapdan o`quvchilar o`rgangan qoidalarga mos bo`lgan so`z yoki so`z birikmasinigina tanlab olib yozadilar. Masalan, Saylanma diktant qaratqich kelishigidagi otning gapda boshqa otga bog`lanishini mustaxkamlash maqsadida o`tkazilsa, “maktabimizning shuxrati butun yoyilgan” gapi diktovka qilingach, o`quvchilar qoidaga mos “maktabimizning shuxrati” so`z birikmasinigina yozadilar va xokazo. Saylanma diktantda vaqt tejaladi, kerakli so`z yoki so`z birikmalarigina yoziladi. Matnga o`rganilgan mavzuni puxtalashga o`quvchilarning faol munosabati talab etiladi.
Eslatish diktanti - bu diktantni o`tkazishda avval zarur imlo qoidalari takrorlab, eslatiladi, so`ngra tanlangan matn diktovka bilan yozdiriladi va tahlil qilinadi. Diktant darsning o`zida tekshiriladi. Ayrim vaqtda tekstning bir qismi yozib bo`lingach, shu qism tahlil qilinishi va tekshirilishi ham mumkin. Eslatish diktanti o`quvchilarni kontrol diktant yozishga tayyorlaydi.
Tayyorlov diktanti - bu diktantdan kontrol diktant yozishga tayyorlash, xatoning oldini olish maqsadida imloviy mashq sifatida foydalaniladi. Bunda avval matn o`qib tahlil qilinadi, keyin diktovka qilib yozdiriladi, so`ngra tekshiriladi. Lug`at diktantda bog`lanishli matn yoki gaplar emas, balki o`rganilgan ayrim imlosi qiyin so`zlargina diktovka qilinadi. Buning uchun mavzu mazmuniga mos 10-15 ta imlosi qiyin so`z tanlanadi.
Lug`at diktant ko`pincha dars oxirida o`tkaziladi (5-7 daqiqa ajratiladi). O`qituvchi so`zlarni aytib turib yozdiradi, o`quvchilar yozib bo`lgach, lug`atdan topib yozishni tekshiradilar. Ba`zan diktant uchun tanlangan so`zlarni ifodalovchi rasmlar ko`rsatiladi, o`quvchilar rasmlarda ifodalangan predmetlar nomini yozadilar (bir predmet rasmi ko`rsatiladi, o`quvchilar uning nomini yozib, vergul qo`yadilar, ish shu tarzda davom ettiriladi) va yozgan so`zlarini lug`atdan tekshiradilar.
Diktantning bu turi rasm diktant deb ham yuritiladi.


Izohli yozuv- o`qituvchi gapni o`qigach bir o`quvchi so`zlarni bo`g`inlab aytib turadi, zarur bo`lgan so`zning imlosini aniq va qisqa izohlab tushuntiradi. So`zni hamma bir vaqtda yozadi.O`qituvchi o`quvchining izohini kuzatib, zarur tuzatishlar kiritadi. So`zni izohlashda o`quvchi to`xtab qolsa yoki xato qilsa, uni navbatdagi o`quvchi izohlaydi. Izohlash uchun ayrim grammatik forma tanlanishi (bu tanlab izohlanishi / bu to`lik yoki umumiy izohlash) mumkin.
Izohli yozuv xususiyatiga ko`ra ta`kidiy diktantga o`xshaydi, ammo izohli yozuvda matnni yozib borish jarayonida xatolar oldi olinadi.
Bu usul jarayonni boshqaradi, o`quvchilarni o`z - o`zini tekshirib borishga o`rgatadi.
Erkin diktant - diktantning bayonga yaqin turi bo`lib, o`quvchilarni ravon bayon yozishga tayyorlaydi. Diktant deb atalishining sababi - o`quvchini matnni diktovka qiladi, erkin deyilishining sababi matnni o`qib berilgan qismidan esda qolganini erkin ravishda yozishdir. Diktant uchun 3-5 abzasga bo`lingan matn tanlanadi. Matn o`qilishidan oldin zarur qoidalar takrorlab eslatiladi. O`qituvchi avval matnni yaxshi o`qib beradi, so`ngra abzasma-abzas o`qib yozdiriladi. Birinchi abzas oq`iladi, o`quvchilar esda qolganini yozadilar , ikkinchi abzas o`qiladi o`quvchilar esda qolganini yozib bo`lgach, uchinchi abzas o`qiladi. Diktantning bu turi to`g`ri yozuvga o`rgatishning nutq o`stirish vazifasi bilan uyg`unlashtirib amalga oshirishga yordam beradi.

Yüklə 126,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə