Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “boshlang’ich ta’lim” fakulteti 5111700- boshlang’ich ta’lim yo’nalishi


Tekshiruv diktantlar tashkil etish va bajarilish metodikasi



Yüklə 126,95 Kb.
səhifə5/8
tarix22.12.2023
ölçüsü126,95 Kb.
#154376
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5402341922268264138

2.Tekshiruv diktantlar tashkil etish va bajarilish metodikasi


Diktant eshitib idrok qilingan so‘z, gap, matnni yozishdir. O‘quvchilarning og‘zaki yozma nutqini o‘stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati katta. O‘quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik bilimlarni qay darajada o‘zlashtirganliklariga bog‘liq bo‘Iadi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o‘z navbatida grammatik qoidalarni ham bilish zarur. Boshlang‘ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir qancha tamoyillarga rioya qilish zarur: Matnning monologik nutq shaklida bo‘lishi. Unda ko‘chirma gaplar, undalmali, kirish so‘z, ajratilgan bo‘lakli gaplar, qo‘shma gap bo‘lmasligi lozim. Matn hajmi 1-4-sinf o‘quvchilarining o‘qish sura'tiga asoslangan bo‘lishi. Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog‘liq bo‘lishi. Diktant matni o‘quvchilarga u yoki bu haqida bilim berishi. Tanlangan matn g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo‘lishi, bolalar hissiyotiga ta'sir qilishi. Matn tarbiyalovchi xarakterda bo‘lishi. Matnda o‘rganilayotgan hodisa kamida 5-6 marta uchrashi. Diktantlar maqsadiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: Ta'limiy diktantlar — bilim berishga yo‘naltirilgan diktantlar. Tekshiruv diktantlari — o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va ma-lakalarini nazorat qilishga qaratilgan diktantlar. Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o‘rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o‘quvchilar qay darajada o‘zlashtirganliklari aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo‘lim o‘rganilgandan so‘ng yoki chorak oxirida o‘tkaziladi. Tekshiruv diktanti o‘quv yili davomida 5-6 marta o‘tkaziladi. Diktantning bu turida yo‘l qo‘yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta'limiy ahamiyati katta. Imloviy mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi. O‘qituvchi mazkur maqsaddan kelib chiqib, imloviy malakani shakllantirish ustida ishlash bosqichini hisobga olgan holda, diktantning barcha turlaridan izchillik bilan foydalanadi. Tekshiruv diktanti o‘quv dasturining biror bo‘limi o‘rganilib, xilma-xil ta'limiy mashqlar bilan mustahkamlangach, ular o‘quvchilar tomonidan qay darajada o‘ziashtirilganini sinash maqsadida o‘tkaziladi. Tekshiruv diktanti uchun sintaktik tuzilishi jihatidan shu sinf o‘quvchilarni saviyasiga mos, o‘rganilgan imlo qoidalari asosida yoziladigan so‘zlar va tinish belgilari ko‘proq qo‘llanilgan matn tanlanadi. Matnda o‘rganilmagan qoida asosida yoziladigan va imlosi qiyin so‘zlar bo‘lmasligi kerak. Tekshiruv diktanti uchun matnlardangina emas, balki o‘rganilgan qoidalarni o‘z ichiga olgan alohida terma gaplardan ham foydalanish mumkin. Lekin har ikki holda ham gaplardagi so‘zlar soni DTS talablariga mos bo‘lishiga e'tibor berish lozim. O‘qituvchi o‘rganilgan va mashqlar bilan mustahkamlangan mavzuga mos matnni diktant o‘tkazishdan bir necha kun oldin tanlaydi. Matnda shu sinf o‘quvchilari uchun imlosi qiyin so‘z bo‘lsa (yaxshisi matnda o‘rganilmagan so‘zlar bo‘lmagani ma’qul), shu so‘zlarning m a’nosi, talaffuzi va yozilishi diktantni yozgunga qadar bo‘ladigan ona tili darslarida tushuntirilib, mashqlar bilan mustahkamlanishi lozim. Shuning uchun imlosi qiyin so‘zni qatnashtirib gap tuzish, so‘zning talaffuzi va yozilishini tushuntirish, imlosi qiyin so‘z qatnashgan gapni tahlil qilish, shu so‘zni bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga ko‘ra qismlarga bo‘lib yozish kabi mashq turlaridan foydalanish mumkin. O‘quvchilar tekshirish diktanti yozishlari haqida ikki-uch kun oldin, o‘tilganlarni takrorlab, mustahkamlash darsida ogohlantiriladi yoki tinish belgilariga oid qaysi qoidalarni takrorlash kerakligi ta’kidlanadi. O‘tkaziladigan tekshirish diktanti matnini tanlashga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, matnda shu sinf o‘quvchilari yozishda qiynaladigan yoki o‘rganilmagan qoidalar asosida yoziladigan imlosi qiyin so‘zlar bo‘lmasligi, agar shunday so‘zlar uchrasa, uni o‘qituvchi doskaga yozib berishi lozim. Bunday so‘zlar ikki-uchtadan oshmasligi kerak. Tekshiruv diktanti quyidagi tartibda o‘tkaziladi: o‘quvchilarning darsga hozirligi ko‘zdan kechirilgach, o‘qituvchi o‘quvchilar diqqat-e’tiborini o‘ziga qaratgan holda, diktant matnini shoshmasdan, bir marta ifodali o‘qib beradi. Matndagi gaplarning ohangiga rioya qilib ifodali o‘qilishi tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga, matnning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyatini bolalar ongiga singdirishga yordam beradi. Buning uchun, o‘rni kelganda, turli imo-ishoralardan foydalanish, baland yoki past ovozda o‘qib berish ham mumkin. O‘qituvchi matndagi ma’nosi yoki imlosi qiyin so‘zlarni doskaga yozib, talaffuzi va imlosini qisqa izohlaydi. Keyin o‘qituvchi doskaga, o‘quvchilar esa daftarlariga sana, ish turi (tekshiruv diktanti) va sarlavhani tartib bilan, har birini xat-boshidan yozadilar. Shundan so‘ng matn aytib yozdiriladi. O‘qituvchi sodda yig‘iq gaplarni butunicha, sodda yoyiq gaplarni so‘z birikmasiga va qo‘shma hamda sodda gaplarni m a’noli qismlarga bo‘lib aytib turadi. Shuni ta’kidlash zarurki, so‘zni bo‘g‘inlab yoki so‘zma-so‘z aytish yaramaydi. Har bir gap yoki so‘z birikmasi ko‘pi bilan uch m arta takrorlanishi lozim. Aytish sur’ati shu sinf o‘quvchilarining gaplarni yozib ulgurishlarini hisobga olgan holda belgilanishi kerak. Tekshiruv diktanti yozib bo‘lingach, o‘quvchilar diqqatini jalb etib, o‘qituvchi matnni sekinroq sur’at bilan yana bir mart a o‘qib beradi. O‘quvchilar o‘z yozuvlarini mustaqil ravishda tekshirishlari uchun matn o‘qib bo‘lingach, biroz muddat (ikki-uch daqiqa) beriladi. Bu vaqt ichida o‘quvchilar o‘z ishlarini tekshiradilar, xatolarini topsalar, to‘g‘rilaydilar. O‘qituvchi esa o‘quvchilarning har birini diqqat bilan kuzatib, ular e’tiborining bo‘linmasligiga ahamiyat beradi. O‘quvchilar o‘rtoqlarining ishini ko‘rishga, u yoki bu so‘zni qanday yozganlarini bilishga qiziqadilar, ba’zan o‘rtog‘ining ishini ko‘rib, o‘zining to‘g‘ri yozgan so‘zini o‘zgartirishga urinish hollari ham uchraydi. Bunday paytlarda o‘qituvchi bolalarga mustaqil ishlash, fikrlash lozimligini eslatadi. O‘quvchilar imlo va tinish belgilarga oid qoidalarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini, ulardan amaliy foydalana olishlarini, ko‘nikmalarini sinash bilan birga, grammatik mavzularni ongli o‘zlashtirishlarini tekshirish maqsadida boshlang‘ich sinflarda grammatik topshiriqli tekshirish diktanti ham o‘tkaziladi.
Grammatik topshiriq darsdan oldin doskaga yozilib, parda bilan to‘sib qo‘yiladi (ko‘chma doska yoki katta qog‘ozga yozib foydalansa ham bo‘ladi). O‘quvchilar tekshirish diktanti matnini yozib bo‘lgach, o‘rganilgan mavzular yuzasidan berilgan grammatik topshiriqlarni bajaradilar. Grammatik topshiriqlar quyidagi mazmunda bo‘lishi mumkin: biror gapda qatnashgan so‘zlardagi unli yoki undosh harflarning tagiga chizish; berilgan so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga ko‘ra bo‘laklarga ajratib, chiziqcha bilan yozish; talaffuzida va yozilishida farq qilgan undoshlarni aniqlab, tagiga chizish; talaffuzda tushib qoladigan undoshning tagiga chizish; gaplarning (ular aniq ko‘rsatiladi) ega va kesimini aniqlab, eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizish; biror gapdagi so‘zlarning o‘zak va qo‘shimchalarini aniqlab, chiziqlar bilan belgilab ko‘rsatish. (Masalan, ishla: o‘zak - ish, so‘z yasovchi qo‘shimchasi - la', ishdan: o ‘zak - ish, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimcha -dan kabi); sifatlarni aniqlab, tagiga to‘lqinli chiziq chizish; matndagi bo‘lishsiz fe’llarning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizish; matndagi "biror so‘zga (so‘z aniq ko‘rsatiladi) o‘zakdosh so‘zlar tanlash; ikki yoki uch gapdagi (gaplar aniq aytiladi) ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘laklarni aniqlab, eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to‘g‘ri chiziq, ikkinchi darajali bo‘laklarning tagiga to‘lqinli chiziq chizish; kelishiklar bilan turlangan otlarni aniqlab, kelishik nomini yozish; egalik qo‘shimchasi tagiga chizish va ustiga shaxs-sonini yozish; kishilik olmoshlarining tagiga chizib, ustiga shaxs-sonini yozish; shaxs va sonda tuslangan fe’llarni aniqlab, shaxsi, soni, zamonini yozish. Shuningdek, o‘quvchilarning umumiy saviyasini, eshitish, ko‘rish qobiliyatlarini, tevarak-atrofda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yoshlikdan o‘zlari bajarishi lozim bo‘lgan barcha ishlarning mohiyatiga tushunib, hayotga tatbiq etishlarini hisobga olib, iqtisodiy, huquqiy, ayniqsa, ekologiyaga doir mavzularda ham matnlar beriladi. Bu matnlarni eshitib yozish orqali ularda mas’uliyatni his va idrok etish uquvi paydo bo‘ladi. Musiqa orqali ta’sir etish uchun diktant yozish paytida mayin kuy eshittirish, diktant yozish oralig‘ida jismoniy harakatlar bajarib, dam olish daqiqasini o‘tkazish, tasviriy san’at, badiiy mehnat, matematika fanlari bilan ham bog‘lanish o‘quvchilar savodxonligini, estetik didini o‘stirishga yordam beradi.


Yüklə 126,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə