Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “boshlang’ich ta’lim” fakulteti 5111700- boshlang’ich ta’lim yo’nalishi


Diktantlarni baholashda foydalaniladigan me’yorlar



Yüklə 126,95 Kb.
səhifə7/8
tarix22.12.2023
ölçüsü126,95 Kb.
#154376
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5402341922268264138

Diktantlarni baholashda foydalaniladigan me’yorlar
O'quvchilar yozma ishini baholashda quyidagi me’yordan foydalanish mumkin:
— agar o'quvchi xatosiz, chiroyli yozib, topshiriqni ongli bajargan bo'lsa, uning ishini namuna sifatida maqtab, ko'rgazmaga qo'yiladi;
— agar o'quvchi yozma ish va qo'shimcha topshiriqlarning to'rtdan uch qismini to'g'ri va ongli bajarsa, «4» baho qo'yiladi. Uning xatolari asta tushuntiriladi va unda keyingi safar, albatta, a’lo bajarishi mumkiniigiga ishonch hosil qilinadi;
— agar o'quvchi yozishi va bajarishi kerak bo'lgan ishning yarmidan ko'prog'ini to'g'ri va ongli bajarsa, bunday o'quvchi bilan qo'shimcha ravishda ish olib boriladi. 1 -sinf o'quvchilarining ishlari «qoniqarli» yoki «qoniqarsiz» deb og'zaki baholanadi. 2—4-sinf o'quvchilarining ishlari quyidagicha baholanadi:
— agar o‘quvchi tekshirish diktantini to'g'ri va chiroyli vozgan, biroq ayrim harflarni tuzatgan bo'lsa. keyingi safar xatoga yo‘l qo'ymasligi ta’kidlanadi;
— agar o‘quvchi diktantda 2 ta imlo va bitta tinish belgilariga oid xatoga yo'l qo‘ygan bo'lsa, shuningdek, ayrim harf shakllarini noto'g'ri yozib tuzatgan bo'lsa, bunday o'quvchilar bilan yakkama-yakka ish olib boriladi;
— agar o'quvchi 3 ta imlo va 2—3 ta tinish belgi lariga oid yoki 4 ta imlo va 2 ta tinish belgilariga oid va undan ko'p xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa, yozuv sifati talabga javob bermasa va tuzatishlari bo'lsa, bunday o'quvchilarga amaliy yordam beriladi. Diktantda quyidagi xatolar hisobga olinmaydi:
a) o'quvchilarga o'rgatilmagan qoidalar yuzasidan qilingan xatolar;
b) gap oxiriga nuqta qo'yilmagan bo'lsa-yu, keyingi gap bosh harf bilan yozilsa; d) gap ma’nosini buzmagan holda biror so'z boshqa so'z bilan almashtirib yozilsa. O'quvchilar ishini tekshirish va baholash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.
Buning uchun xatolarning sabablari aniqlanib, ko'pchilik o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlanadi. Jumladan, o'quvchilar quyidagi sabablarga ko'ra xato yozishlari mumkin:
— gap yoki undagi biror so'z ma’nosini tushunmaganlarida. Shuning uchun yozdiriiadigan matnda o'quvchilarga notanish so'zlar bo'lsa, doskaga yozib ko'rsatish va ma’nosini tushuntirish lozim.
— imlo va grammatika qoidalarini ongli o'zlashtirmaganliklari sababli.
Bu xatolikning oldini olish uchun, albatta, darslarda har bir qoidaning o'quvchilar tomonidan puxta va mustahkam o'zlashtirilishiga e’tibor berish kerak. Buning uchun o'rganilgan qoidaga daxldor mashqlarni bajarish, har bir mashqni bajarishda ularga daxldor qoidani eslatib turish zarur.
— imlo qoidalarini bilsa ham, uni unutib qo'yish natijasida. Bunday xatoga yo'l qo'ymaslik uchun shu qoidaga oid mashqlardan ko'proq ishlatish kerak. Masalan, «Shahar nomlari bosh harf bilan yoziladi» qoidasi o'rganilganidan keyin, Namangan, Toshkent, Samarqand kabi shahar nomlari yozib ko‘rsatiladi. Shahar nomlari gap orasida kelganda ham o'quvchilar xatoga yo‘l qo'yishlari mumkin. Demak, o'quvchilar bilimi puxta emasligi, e’tiborsizlik bilan yozishlari, imlo qoidalarini unutib qo'yishlari va yozayotgan so'zlarining ma’nosiga tushunmasliklari natijasida xatolarga yo‘l qo'yar ekanlar. Bunday xatolarning oldini olish uchun diktant yozdirishdan oldin o'rganilgan qoidalarga mos turli mashqlarni bajartirish lozim.
O'quvchilarning ko'pchiligi xato yozgan so'zlar to'g'rilanib, doskaga ustun shaklida yoziladi. Bu so'zlarni o'quvchilar daftarlariga ko'chirib yozadilar. Yozdirilgan matn tekshirilib, baholanganidan keyin navbatdagi yozuv darsida yoki darsning bir qismida o'quvchilar bilan tahlil qilinadi. Tahlil, xatolar ustida ishlash o'quvchilarning savodxonligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi.

XULOSA

Biz o‘z kurs ishimiz nihoyasida quyidagicha xulosaga keldik.


“Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir” – degan edi buyuk allomalarimizdan biri. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda egallangan bilimni kelgusidagi bilimlar uchun poydevor deb atasak, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa, qurilajak imorat ham shunchalik ko‘p yil, balki asrlarga ham asqotadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim- tarbiya beruvchi o‘qituvchiga juda ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi.Hozirgi zamon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi erkin fikrli keng dunyoqarashli, izlanuvchan, intiluvchan, yangiliklarni tezda ilg‘ab oluvchi va innovatsion texnologiyalardan boxabar bo‘lishi lozim.Shundagina u ko‘zlagan maqsadiga yetishadi. Ona tili darslarida imloviy bilimlarni takomillashtirishning samarali metod va usullarini tanlay bilish hozirgi kun tilshunoslik ta‘lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifadir. O‘quvchilarda imloviy bilimni shakllantirishni savod o‘rgatish davridanoq boshlagan ma‘qul, chunki, bu bilimlar ta‘limning keyingi bosqichlari uchun zarur bo‘ladi. Shuningdek, imloga oid tushunchalarni faqatgina ona tili darslarida emas, balki o‘qish, matematika, tabiatshunoslik, musiqa, odobnoma va boshqa darslarda ham kerakli o‘rinlarda shakllantirib borilsa, ko‘zlangan natijaga erishish mumkin.


O‘quvchilarning imloviy bilim va tushunchalarini rivojlantirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga mohirona tatbiq eta olishi, ta‘limning yangidan -yangi yo‘l va usullarini izlashi, ilg‘or pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Ona tili darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, yangi metodlardan samarali, unumli va o‘rinli foydalanish kutilgan natija beradi.
Chunki, yangi pedagogik texnologiyaning har bir ko‘rinishi bolani fikrlashga, o‘z shaxsiy munosabatlarini izhor qilishga, ijod qilishga undaydi. Ayniqsa, Klaster, Bumerang, Aqliy hujum, Dumaloq stol, Muammoli vaziyat kabi yangi pedagogik texnologiyalardan unumli va o‘z vaqtida foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilarning imloga oid bilimlarini aniqlashda ta’limiy diktantning ahamiyati ham juda katta. Chunki, ta’limiy diktant o‘tilgan mavzular yuzasidan olingan bilimlarni yaqqol aks ettirguvchi ko‘zgudir. Ta’limiy diktantlari yozdirayotganda o‘qituvchi o‘tilgan mavzularga oid, imloga oid tushunchalarni aytib, ogohlantirib o‘tishi lozim.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillarni hisobga olgan holda, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga quyidagicha tavsiyalar berish mumkin:
ona tili darslarida o‘quvchilarning imloga oid bilimlarini takomillashtirishning eng maqbul usul va metodlarini ishlab chiqish;
fanlararo integratsiyani to‘g‘ri tashkil etish, ya‘ni nafaqat ona tili darslarida, balki matematika, o‘qish, musiqa, odobnoma va shu kabi o‘quv fanlarini o‘tayotganda ham imloga oid tushunchalarni shakllantirib borish; ta’limiy diktantlar vositasida o‘quvchilarning imloga doir bilimlarini mustahkamlash, tekshirish, lozim bo‘lsa, qo‘shimcha darslar tashkil etish; an‘anaviy dars o‘tish tizimini inkor etmagan holda, innovatsion usullardan foydalanib, darslarni yanada qiziqarliroq , yanada samaraliroq o‘tkazish va bu orqali o‘quvchilarni bilimga chanqoq, keng dunyoqarashli va erkin fikrlovchi insonlar bo‘lib yetishishlariga imkon yaratish;
ona tili darslarida o‘quvchilarning aylanma daftaridan tashqari, kichik imlo lug‘ati daftarini ham tashkil etish, bu daftarda imlosi qiyin va biroz tushunarsiz bo‘lgan so‘z va iboralarini qayd ettirib borish;
o‘quvchilarda imloviy bilim va malakalarni hosil qilish uchun, o‘z navbatida o‘qituvchi ham tinimsiz izlanish, yangiliklardan boxabar bo‘lib turish, o‘z ustida ishlash, o‘quvchilar bilan individual va jamoaviy ishlash, ta‘lim yangiliklariga oid turli konferensiya, seminar va yig‘inlarda ishtirok etib borishi lozim bo‘ladi. Umuman olganda, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalariga rioya qilish, nafaqat o‘quvchilarning, balki shu yurt tuprog‘ida yashayotgan, jozibali tilimizda biyron-biyron so‘zlayotgan har bir fuqaroning burchidir. Imlo qoidalari biz uchun xuddi yo‘l belgilaridek bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘quvchilarni bolalikdanoq bilimli, salohiyatli va aqli raso qilib tarbiyalash lozim. Shundagina, har qadamda, bot -bot duch keladiganimiz imloviy xatoliklarning, birmuncha oldi olinardi, deb o‘ylayman.
Shunday qilib, ona tilidan ta'lim mazmuni o`quv topshiriqlarida ham o`z ifodasini topadi. O`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatini faollantirishda ularning imkoniyatlari bеnihoya katta. O`quv topshiriqlarining sharti o`quvchilar faoliyatini faollashtirishning muhim vositasidir. Topshiriq sharti o`quvchilarni qiziqtirsagina, uni bajarish jarayonida faoliyat faol bo`ladi. Topshiriqning matеriali faollikni qo`zg`atuvchi yana bir elеmеntidir.
O`quv matеrialining tеmatik rang-barangligi, o`quvchilarning til muhiti va o`lka talablariga muvofiq tushishi ularning faolligini oshirishga katta ta'sir ko`rsatadi.
Ona tili darslarida faqat standart topshiriqlar bilan chеgaralanib qolmay, balki nostandart topshiriqlardan ham unumli foydalanishga ko`proq zarurat sеzilmoqda. Nostandart topshiriqlar o`quvchilarning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, uni bajarishga bo`lgan ishtiyoqini oshiradi. Bu esa faollikni ta'minlashning muhim omilidir. Dars jarayonida olib boriladigan diktantning qiziqarli va mavzuga oid bo`lishi o`quvchilarning darsda faol ishtirok etishiga olib kеladi.
Ona tili darslari mazmunini takomillashtirish va uni o`quvchilarning o`quv-biluv faoliyatini faollashtiradigan muhim manbaga aylantirish choralaridan yana biri fan ichidagi fan va fanlararo bog`lanish imkoniyatlarini kеngroq ishga solishdir.
Boshlang‘ich sinf o`quvchilarining savodxonligini oshirishda foydali mashqlardan biri diktantdir. Diktant o`tkazishda o`quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, ishda aniqlikka e`tibor berish, soddadan murakkabga borish muhim ahamiyatga egadir.
Shuningdek, o`quvchilarni o`z-o`zini tekshirishga odatlantirish zarur. O`quvchi diktant yozishda so`zning harfiy ifodasini ko`rmay, eshitish sezgisi orqali tovushlar majmuasini tasavvur etadi, tovushlarni harflar bilan almashlab yozadi.
Bunda psixologik jarayon bilan fiziologik jarayonning birgalikda harakatlanishi so`zlar shaklining bolada mustahkamlanib borishiga imkon beradi.
Shuning uchun ham diktant imlo o`rgatishda o`z tabiatiga ko`ra to`la ta`limiy yozma ish hisoblanadi.



Yüklə 126,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə