Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “boshlang’ich ta’lim” fakulteti 5111700- boshlang’ich ta’lim yo’nalishi



Yüklə 250,19 Kb.
səhifə1/13
tarix23.12.2023
ölçüsü250,19 Kb.
#154468
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Sayidova Dilfuza


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

BOSHLANG’ICH TA’LIM” fakulteti
5111700- Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
5 yillik sirtqi IV kurs 413 guruh talabasi
Fozilova Gulruhning
Ona tili o’qitish meodikasi” fanidan


KURS ISHI


MAVZU: “Boshlang`ich sinflarlarda tinish belgilarini o`rganish”


Ilmiy rahbar: _____________ Toshpo‘latova D.


Toshkent 2023
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………..…....3
Asosiy qism
1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish……………………………………………………..5
2. Ona tili darslarida sintaksis va punktuatsiya bo’limlarining birgalikda olib borishga bo’lim o’rgatish………………………………………………….11
3.Ona tili darslarida tinish belgilarini qo’llash qoidalari. Sodda gaplarda, uyushiq bo’laklarida, qo’shma va ko’chirma gaplarda tinish belgilarini qo’llanishi tushuntirish……………………………………………………20
4. Dars ishlanma…………………………………………………………..23
Xulosa ........................................................................................................26
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………….………29

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Bugungi kunda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko‘makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir”, – dedi Prezident yig‘ilishda.
Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog‘langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani ta’kidlandi.
“Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini o‘qituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan bu mo‘tabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumki, punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qoidalar yig’indisidir. “Punktuatsiya ham yozuv kabi kishilar orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri sanaladi” 11. Boshlang’ich sinflarda to’rtta tinish belgisi: gap oxirida nuqta, so’roq, undov belgisi hamda uyushiq bo’lakli gaplarda vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar o’rgatiladi. Boshlang’ich sinflarda o’rgatiladigan tinish belgilari kam bo’lishiga qaramay, o’qituvchi har bir sinfda tinish belgilari ustida muntazam ish olib borishi zarur. Kichik yoshdagi o’quvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda o’qituvchi, avvalo, ularning yozma nutqda ishlatilishi va o’rnini ko’rsatadi. Tinish belgisi fikrni to’g’ri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini tushuntiradi. Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun gaplarga ajratilmagan (tinish belgilari qo’yilmagan) yaxlit matn o’qitiladi; o’quvchilar bunday matnni o’qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch asos bir-biriga o’zaro ta’sir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo’yishda, avvalo, bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning mazmun tomoni gapning qurilishiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun o’quvchilarga tinish belgilarining qo’llanilishini o’rgatishda biror gapda tinish belgilarini qo’llashni belgilaydigan semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi.

Yüklə 250,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə