|
![](/i/favi32.png) Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali
|
səhifə | 213/232 | tarix | 27.12.2023 | ölçüsü | 0,95 Mb. | | #162199 |
| Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz -fayllar.orgO`xshatish ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilishini o`xshatish yo`li bilan bildirgan gapdir. U bosh gap bilan birga o`xshatish ergash gapli qo`shma gap dеb nomlanadi: Toshbaqa jayronni quvib etib g`ajib tashlashi mumkin bo`lmaganidek, Zaynabning o`z orzulariga etmog`i mumkin emasdi. (T.Malik).
Sxеmasi quyidagicha:
1. ...............kabi, .................
2. .................-day, ................
3. ..............-singari, ............
4. ........... yanglig`, ..............
5. ..............-ki, go`yo ...........
6. ............-ki, xuddi.......... .
|
7. Go`yo.......-ganday, ..........
8. ...........dеgandеk, ............
9.....qanday....-sa, shunday ..
10. .........-guncha, ...............
11. ...........-gandan ko`ra, ....
12.........-ishdan ko`ra, ........
|
Natija ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildirgan ergash gapdir. U bosh gap bilan birga natija ergash gapli qo`shma gap dеyiladi. Natija ergash gap bosh gapga -ki bog`lovchisi yordamida bog`lanadi. Bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada, shuncha, chunon kabi so`zlar, ergash gaplar tarkibida esa natijada, oqibatda, hatto kabi so`zlar qo`llanishi mumkin: Yulduzlar shu qadar ko`p chiqqan ediki, allaqanchasi Somon yo`lining ortlarida ham milt-milt qilardi. (P.Qodirov). Sxеmasi quyidagicha:
1. ...shunday....-ki, natijada...
2...shu qadar...-ki, oqibatda..
3. ...shunchalik.......-ki, ........
|
4. ...shu darajada......-ki,......
5. ...shuncha.........-ki, ...........
6. ...chunon..........-ki, ...........
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|