Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə45/232
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#162199
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   232
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz -fayllar.org

Akkomodatsiya ham moslashgan tovushlarning o`rniga qarab ikki xil bo`ladi: a) progressiv akkomodatsiyada oldingi tovush keying tovushga ta’sir qiladi: gul so`zidagi oldingi g tovushi keyingi orqa qator u unlisini old qator unliga aylantiradi; b) regressiv akkomodatsiyada keyingi tovush oldingisini o`zgartiradi: bukmoq so`zidagi k undoshi o`zidan oldingi orqa qator u unlisini old qator unliga o`zgartiradi.

3. Dissimilyatsiya (ingl. dissimilation - noo`xshashlik deganidir) hodisasiga ko`ra ikkita aynan yoki qisman bir xil fonemadan biri o`zgarib, noo`xshash fonemaga aylanadi: zarurzaril, mabodo→nabodo, bebosh→bevosh (yozilishi: zarur, mabodo, bebosh).

Dissimilyatsiya ham o`zgarishning yo`nalishiga qarab ikki xil bo`ladi: a) progressiv dissimilyatsiyada keyingi tovush o`zgarishga uchraydi: birorta → bironta; b) regressiv dissimilyatsiyada oldingi tovush o`zgarishga uchraydi: to`qson → to`xson.

4. Metateza (ingl. metathesis – o`rin almashish deganidir37) hodisasiga ko`ra so`z tarkibidagi tovushlar o`rin almashadi: daryo→dayro, ahvol→avhol, tuproq→turpoq, yomg`ir→yong`ir (yozilishi: daryo, ahvol, tuproq, yomg`ir)

2.Pozitsion o`zgarishlar
So`z tarkibidagi tovushlarning o`rniga ko`ra o`zgarishi pozitsion o`zgarishlar deyiladi. Bunga quyidagi hodisalar kiradi:

1. Aferezis – keyingi so`z boshidagi unlinking tushirilishi: ne uchun→nechun.

2. Apokopa – so`z oxiridagi tovushning tushirib qoldirilishi: do`st →do`s, farzand →farzan, Toshkent →Toshken, Samarqand →Samarqan.

3. Eliziya – unli tovush bilan tugagan so`zga unli bilan boshlanadigan so`zning qo`shilishi natijasida birinchi so`z oxiridagi unlining tishishi: yoza oldi →yozoldi, bora oldi →boroldi kabi.


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə