Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə48/232
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#162199
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   232
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz -fayllar.org

1. Unlilar orfoepiyasi
i unlisi:
1) bir , bitta , kir, tiq kabi bir bo`g`inli so`zlarda, kishi, bilan, bilak, tila , firibgar kabi ikki bo`g`inli va ko`p bo`g`inli so`zlarda qisqa aytiladi;
2) chuqur til orqa undoshlari q, g`, x dan keyin kelganda , qisqa til orqa unlisi kabi talaffuz qilinadi: qish, qirg`iz, qirmizi, og`iz, g`irrom, xira, axir kabi;
3) bino, ahil , do`stlik, birja kabi so`zlarda, shuningdek, y undoshdan oldin kelganda, cho`ziq talaffuz qilinadi: ziyrak, tiyrak, biyron, tiyin kabi.


U unlisi:
1) kun, tun, buvi, buloq kabi so`zlarda qisqa aytiladi;
2) maxsus, mag`rur, masrur, urg`u, yozuv kabi so`zlarda, shuningdek,y undoshlaridan oldin kelganda , cho`ziq talaffuz qilinadi: tuyg`u, buyruq, uyg`ur kabi;
3) tugun, tutun, tuzum, tushuncha, ustun kabi so`zlarning ikkinchi bo`g`inida qisqa i tarzida aytiladi.


O` unlisi:
1) bo`r, zo`r, o`t, do`st, to`rva, sho`rva, ko`lanka kabi bir bo`g`inli, ikki bo`g`inli va ko`p bo`g`inli so`zlarda qisqa talaffuz qilinadi
2) zo`rg`a, lo`nda kabi ikki bo`g`inli so`zlarda, shuningdek, takroriy so`zlarning birinchi qismida cho`ziq aytiladi: zo`r-bazo`r, mo`l-mo`l, ko`p-ko`p kabi.

E unlisi:


  1. ertalab, erta, erka, ertak kabi so`zlarda kengroq talaffuz qilinadi;


  2. gerdaymoq, keksa, men, sen, kema kabi so`zlarda bir oz torroq talaffuz qilinadi;


  3. attestatsiya, delegatsiya, injener, metro,metafora, metonimiya kabi ruscha-baynalminal so`zlarning urg`usiz bo`g`inida i tarzida aytiladi.


O unlisi:


  1. ong, tong, son, ot, ol kabi bir bo`g`inli so`zlarda, ona, ota, xola, tog`a, bola kabi ikki bo`g`inli so`zlarning birinchi bo`g`inida, bahor, qaror, daho, baho, davo kabi ikki bo`g`inli so`zlarning ikkinchi bo`g`inida, obod, ozod, ozor, omon, olomon, oshqozon kabi ikki bo`g`inli va ko`p bo`g`inli so`zlarning hamma bo`g`inlarida keladi;
  2. hamma bo`g`inida o keladigan tolqon, to`polon, poymol so`zlarining birinchi yoki ikkinchi bo`g`ini tarkibidagi o unlisi a tarzida aytiladi;


3) ocherk, kosmos, tonna kabi ruscha-baynalminal so`zlarning urg`uli bo`g`inida o` tarzida aytiladi;


4) kometa, komediya, botanika, geologiya kabi ruscha-baynalminal so`zlarning urg`usiz bo`g`inida a tarzida talaffuz qilinadi;
5) direktor, traktor, auditor kabi ruscha-baynalminal so`zlarning urg`usiz bo`g`inida qisqa i tarzida aytiladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə