Nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti



Yüklə 410,27 Kb.
səhifə8/15
tarix22.03.2023
ölçüsü410,27 Kb.
#102921
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
KURS ISHI (namuna)

Seminar
O’qituvchi va o’quvchilarning faol hamkorligi asosida ishtirokida tashkil etiluvchi ta’lim shakllaridan biri bo’lib, uni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasidan keng va chuqur ma’lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajak faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko’nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir
Seminar mashg’uloti o’quvchilar tomonidan u yoki bu mavzu bo’yicha ma’ruzalar tayyorlash hamda uni sinf o’quvchilari bilan muhokama qilish yo’li bilan olib boriladi.
Seminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko’riladi. O’quvchilar adabiyotlarni o’rganadilar, material yig’adilar, turli kuzatishlar o’tkazadilar, o’z axborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar.
Seminar mashg’uloti o’qituvchi rahbarligida o’tkaziladi. U o’quvchilar ishini yo’naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan muhokamani yakunlaydi. Zarur qo’shimcha mulohazalarni bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Ma’ruza qilgan, muhokamada qatshangan o’quvchilarga faoliyatini baholab boradi.
Seminar mashg’uloti o’quvchilar e’tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga, fikrlashga o’rgatish, darsni faollashtirish hamda o’quvchilar aqliy qobiliyatlarini o’stirishda muhim o’rin tutadi.
O’qitishning noan’anaviy shakllari doirasida amaliy mashg’ulotlar alohida o’rin tutadi.

Amaliy mashg’ulotlar maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba maydonida tashkil etilib, o’quvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikma va malakalarini hosil qilishga yo’naltirilgan ta’lim shaklidir


Bunday ta’lim mashg’ulotlari quyidagi ikki yo’nalishda tashkil etiladi (1-shakl):

Amaliy mashg‘ulot turlari
Noan’anaviy shakli sifatida tashkil etiladigan bahs-munozara, davra stoli, matbuot konferentsiyasi muayyan predmetning muhim mavzulari yuzasidan tashkil etilib, o’quvchilarda mustaqil fikrlash, o’z fikrini ilgari surish, uni asoslash hamda himoya qilish qobiliyatni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Bu kabi darslarning tashkil etilishida maqsadning aniqligi, shuningdek, o’qituvchilarning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 410,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə