Nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti


Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili



Yüklə 410,27 Kb.
səhifə6/15
tarix22.03.2023
ölçüsü410,27 Kb.
#102921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
KURS ISHI (namuna)

Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili. Tilga olingan har ikki tushuncha ham lug’aviy jihatdan (yunoncha humanus - insoniylik, humanitas -insoniyat), bir o’zakka ega bo’lsa-da, ularning har biri o’ziga xos ma’nolarni ifodalaydi.
Insonparvarlashtirish ta’lim muassasalarida o’rganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar (tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, filologiya va boshqalar)ning kiritilishini, insoniylashtirish tushunchasi esa shaxs va uning faoliyatiga nisbatan ijobiy yondashuvni anglatadi.
Boshqacha aytganda, insonparvarlashtirish - bu inson va jamiyat o’rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar jarayonida inson omili, uning qadr-qimmati, sha’ni, or-nomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga asoslanuvchi faoliyatni tashkil etish jarayoni bo’lsa, insoniylashtirish «barcha sharoitlar inson va uning kamoloti (taraqqiyoti) uchun» degan g’oya asosida tashkil etiluvchi faoliyat jarayoni sanaladi.
Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda har bir o’qituvchi ushbu tamoyilga qat’iy amal qilishi lozim yoki o’z mutaxassisligiga oid muammolarni hal etishda uni jamiyat manfaatlari bilan uyg’un bo’lishiga e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir. Endilikda pedagog o’quvchilar faoliyatini avtoritar (yakka hokimlik) tarzida boshqarmay, balki ta’limiy hamkorlik g’oyalariga sodiqlik asosida ta’lim jarayonini insoniylashtiradi yoki boshqacha aytsak, ta’limni insoniylashtirish tamoyiliga amal qilinishini ta’minlaydi. Ushbu holat o’z navbatida yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
O’qitib tadqiq etish, tadqiq etib o’qitish tamoyili. Ushbu tamoyil quyidagi ikki jihatni yoritishga xizmat qiladi:

  1. ta’lim muassasalarining har bir o’qituvchisi o’z fani sohasiga o’quvchilarni jalb qilgan holda tadqiqotlarni olib borishi lozim;

  2. o’qituvchi ta’lim texnologiyasini ishlab chiqadi, uni amaliyotda sinab ko’radi, kuzatadi va tuzatishlar kiritadi, ya’ni, u ta’lim jarayonini tadqiq etadi O’qitish jarayonining mazkur ikki jihati muhim ahamiyatga ega bo’lib, u o’qituvchining kasbiy hamda pedagogik mahoratini oshirib borishga va o’quvchilarni bo’lajak mutaxassislik faoliyatiga puxta tayyorlash uchun zamin yaratadi.


Yüklə 410,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə