Nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti



Yüklə 410,27 Kb.
səhifə4/15
tarix22.03.2023
ölçüsü410,27 Kb.
#102921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
KURS ISHI (namuna)

Ijodiy topshiriq.

  • Kichik guruhlar bilan ishlash.

  • Ta’limiy o’yinlar (rolli, maqsadli va bilim beruvchi o’yinlar).

  • Jamiyatdagi zahiralardan foydalanish (mutaxassis taklif etish, ekskursiyalar).

  • Ijtimoiy loyihalar va auditoriyadan tashqari beriladigan ta’lim metodlari (ijtimoiy loyihalar, radio va gazetalar, filmlar, sahna asarlari, qo’shiq va ertaklar).

  • Yangi materialni o’rganish va mustaxkamlash (interfaol ma’ruza, ko’rgazmali qurollar bilan ishlash, video va audio materiallar, “o’quvchi-o’qituvchi rolida”, “har bir kishi har bir kishiga o’rgatadi”), mozayka (ajurali arra) savollardan foydalanish, Suqrotli diolog).

  • Murakkab va muzokara talab savol va muammolarni yechish (“fikr maktabi”, loyihalashtirilgan texnikalar, “bir o’zing, ikki kishi birgalikda”, “pozitsiyani o’zgartir”, “karrusel’”, “televizion tok shou uslubida munozara”, debatlar, simpozium).

    Ijodiy topshiriqlar deganda biz shunday topshiriqlarni tushunamizki, bunda ishtirokchilardan nafaqat oddiy axborotni qabul qilish, balki unga ijodiy yondoshish ham talab yetiladi. Chunki, berilgan topshirivlar katta yoki kichik xajmdagi o’rganilmagan elementga qoidaga ko’ra bir necha yondashuvni talab yetadi.
    Xullas, hozirgi zamon ilm-fan, texnika rivojlanib borayotgan bir paytda ta’lim sohasida ham tub o’zgarishlar sodir bo’lishi tabiiiydir. Bu ta’limda sifat va samaradorlikka erishishning bosh omilidir.
    Interfaol insonning komp’yuter bilan o’zaro bog’lanib ishlashiga, inson mashina o’rtasida diologga o’xshash sifat. Bunday bog’lanish va diologda interaktiv fikrlash va o’quv materialining interaktivligi deyiladi. Ikkinchi inson bilan ommaviy kommunikatsiya vositasi o’rtasida o’zaro bog’lanib ishlashni amalga oshiruvchi sifat masalan, interaktivmuzey (seyt). Bu muzeyga onlayn rejimda borish mumkin.
    Interaktiv o’qitish metodi deganda muammoli vaziyatni hal yetish uchun o’quvchilar o’rtasida munozara, erkin fikr almashinuvini tashkil etish “aqliy hujum texnologiyasidan” foydalanish mumkin. Kichik guruhlarga o’qitish va umumman o’quvchilar bir-birlarini o’qitadi printsipida dars olib borishni ham tushunish mumkin.
    O’quvchilarning o’quv materialini kompyuter yordamida mustaqil o’zlashtirishni ta’minlash. Bunda o’quvchi komp’yuterda tovush, animtsiya va boshqa imkoniyatlaridan (interfaol muhit) keng foydalangan holda o’qituvchi dastur bo’yicha o’quv materialini mustaqil o’zlashtiradi.
    O’qituvchi-o’quvchi munosabatlarini ularning jonli muloqotini faollashtirish. Bunda odatdagi o’qituvchi monologini mumkin qadar kamaytirib, o’quvchilarni mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvuchi strategiyalardan foydalanish, o’qituvchining mashg’ulotdagi xukmronligidan voz kechib, uni o’quvchilarning mustaqil o’zlashtirishlariga yordam va maslaxat beruvchi, ularga mustaqil faoliyat uchun sharoit yaratuvchi maqsadga yo’llovchi shaxs bo’lishga erishishi nazarda tutiladi. Chunki ilmiy-tadqiqotlarda ta’kidlanganidek mustaqil bilish faoliyati ijodiy tafakkurni rivojlantirishni asosi bo’lib hisoblanadi.

    Yüklə 410,27 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə