Nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti


Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda pedagogik texnologiyaning tamoyillari



Yüklə 410,27 Kb.
səhifə5/15
tarix22.03.2023
ölçüsü410,27 Kb.
#102921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
KURS ISHI (namuna)

2.Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanini o’qitishda pedagogik texnologiyaning tamoyillari.
Bir butunlik, yaxlitlik tamoyili. Ushbu tamoyil ikki jihatni o’zida aks ettiradi:

  • ta’lim, tarbiya hamda shaxs kamoloti (taraqqiyoti) birligi;

  • pedagogik texnologiyaning muayyan, qat’iy tizimga egaligi, «tizimlilik» tushunchasi bu o’rinda ham ma’lum o’quv fanini o’qitish jarayoniga, ham umumiy ta’lim jarayoniga xoslikni anglatadi.

Asoslilik (fundamentlik) tamoyili. Mazkur tamoyil fanlarning o’rganish ob’ekti, ichki mohiyati va xususiyatlariga ko’ra turli yo’nalish (blok)larga bo’lib o’rganish afzalliklarini ifoda etadi. O’quv fanlari tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar tarzida turkumlashtirilgan. Har bir o’quv fani uning uchun «yadro», «o’zak» sanaluvchi ma’lumot (axborot)larga ega bo’lib, ushbu ma’lumot (axborot)lar shaxs tomonidan fanlar asoslarining o’rganilishi, aniq mutaxassislik bo’yicha mustaqil bilim olish, o’zlashtirilgan bilimlarni kengaytirib borish yo’lida tayanch tushunchalar bo’lib xizmat qiladi.
Bunday mohiyatli yondoshuv ma’lum yo’nalish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayonida fanlararo aloqadorlik xususiyatidan foydalanish imkonini ham beradi. O’quv fanlarining muayyan yo’nalishlar tarzda biriktirilishi shaxs xotirasiga nisbatan zo’riqishni kamaytiradi, shuningdek, fikrlash quvvatini oshiradi, tafakkurning yuzaga kelshini ta’minlaydi.
Madaniyatni anglash (madaniy hayotning rivojlanishiga muvofiqlik) tamoyili. Mazkur tamoyil olmon pedagogi A.Disterveg tomonidan XIX asrda iste’molga kiritilgan bo’lib, bugungi kunga qadar ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Madaniyatni anglash tamoyili o’quvchilarga ijtimoiy jamiyatning madaniy taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib ta’lim berilishini nazarda tutadi. O’tgan asrda ta’lim samaradorligini ta’minlovchi yetakchi omil sifatida pedagogning bilim darajasi va mahorati e’tirof etilgan bo’lsa, bugungi kunda o’qituvchining bilimi, salohiyati hamda mahoratining yuqori darajada bo’lishi bilangina muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritib bo’lmasligi barchaga ayon. Mazkur o’rinda zamonaviy fan va texnika imkoniyatlari, xususan, kompьyuter, mulьtimediya vositalari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining e’tiborga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda biz mutaxassislarni «soha (yoki yo’nalish)larning o’ziga xos jihatlari, bu boradagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqur bilishlari, muayyan faoliyatlarni bajara olishlari, belgilangan muddatda aniq vazifalarni hal etishga ulgurishlari hamda ma’lum yutuqlarga erisha olishlari» g’oyasi yetakchi o’rin tutuvchi bozor munosabatlari sharoitiga tayyorlay olishimiz lozim.

Yüklə 410,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə