Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


fikrlovchi  insonlarni  tushunishga  qaratilgan,  o’z  ruhiy  olamini  Borliq



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə351/361
tarix21.04.2022
ölçüsü2,63 Mb.
#85808
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   361
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov) (2)

fikrlovchi  insonlarni  tushunishga  qaratilgan,  o’z  ruhiy  olamini  Borliq 
haqiqati  bilan  uyg’unlashtirishga  bo’lgan  intilish  ma’naviyat  belgisidir.
 
Xullas, milliy ma’naviyatimizning o’ziga xos dunyoqarash tizimi mavjuddirki, uni 
anglab etish  uchun  milliy  ma’naviy  merosimizni  xolis  o’rganmoq,  uni qalb orqali 
o’tkazmoq zarur. Xususan, bizning milliy dunyoqarashimiz ulug’ shoirimiz Alisher 
Navoiy dunyoqarashida o’zining eng mukammal ifodasini topgan desak, ko’p ham 
yanglishmagan  bo’lamiz.  Faqat,  Alisher  Navoiy  dunyoqarashini  teran  anglab 
etishimiz  uchun  milliy  ma’naviyatimiz  tarixiy  takomilining  ungacha  o’tgan 
bosqichlarini yaxshi bilishimiz kerak bo’ladi. 
“Din xalq uchun afyundir” deguvchilar insonning eng muhim ehtiyojlaridan 
bo’lmish  imon  ehtiyojini  tan  olmaydilar  yoki  nazarga  ilmaydilar.  Imon-e’tiqod 
ehtiyoji,  agar  u  samimiy  inson  bo’lsa,  hatto  dahriyda  ham  bo’ladi.  Faqat  u  o’z 
botiniy  ehtiyojini  ko’pchilik  e’tiqod  qiluvchi  dinlardan  emas,  turli  ”izm”lardan 
qidiradi  yoki  shaxsan  o’zi  uchun  alohida  e’tiqod  tizimi  yaratishga  urinadi.  Bu, 
albatta,  insonga  xos  kibr  va  gumrohlikning  nishonasi,  xolos.  Yo’q,  narsani  kashf 
etishga  urinishdan ko’ra, ko’pchilik tan  olgan  narsani tushunib,  mohiyatan anglab 
etishga harakat qilish, bizning nazarimizda, samaraliroq yo’ldir. 
Alloh  imonli  odamning  qalbida  bo’ladi.  Imonli  odam  imonini  birovning 
«boshini  urib  yorish»ga  vosita  qilmaydi.  “Xalqimizning  ming  yillik  tarixini, 
bugungi  ma’naviy  hayotini,  dinu  diyonatimizni  muxtasar  ifodalab  aytish 
mumkinki,  Alloh  bizning  qalbimizda,  yuragimizda”,  deydi  I.A.Karimov
167
.  Bu 
shunchaki gap emas. Ayni shu ma’no Allohning kitobida qator oyatlar mazmunini 
tashkil  etadi.  Qur’oni  karim    “Nur”  surasining  35-oyatida  esa  bu  g’oya  bevosita 
ifodalangan.  Keyinchalik  bu  g’oya  payg’ambar  hadislarida,  buyuk  tasavvuf 
shayxlari, piri murshidlarning hikmatlarida mukammal sharhlab berildi.  
Qalbni,  ko’ngil  ko’zgusini  poklash  avvalo  imon-e’tiqoddan  boshlanadi. 
“Ezgulikka sadoqati bo’lmagan, biror narsaga ixlos qo’ymagan, ishonmagan odam 
qo’rqinchlidir”,  deb  ogohlantiradi  Prezident
168
.  Albatta,  ma’lum  bir  davrda 
kommunistik  g’oyaga  ham  samimiy  ishonganlar  bo’lgan,  sof  vijdonli  dahriylar 
ham  hayotda  uchrashi  mumkin.  Ammo dahriylik  inson tarixida alohida  holatlarda 
bir-bir  namoyon  bo’luvchi  hodisa.  Din  esa  asrlar  davomida  million-million 
insonlarning  e’tiqodini  shakllantirib  kelgan.  Jumladan,  islom  dini  14  asrdan  beri 
ulug’  bir  mintaqada  insonlar  tafakkur  yo’nalishiga  ta’sir  o’tkazib  kelmoqda.  O’z 
vaqtida  biz  Imomi  A’zam,  Imom  Buxoriy,  Imom  Motrudiy,  Mahmud 
Zamaxshariy,  Ahmad Yassaviy, Najmiddin  Kubro  va  hokazo  yuzlab  jahonshumul 
ulug’  allomalarning  e’tiqodini  “afyun”  deb  e’lon  qildik  va  aslo  etimizga  o’ylab 
ko’rmadik-ki,  “xo’sh,  ular  yaratgan  ulkan  ma’naviy  merosga  o’zimiz  bir  misqol 
qo’shish  qudratiga  egamizmi?”  Mustaqillik  bizga  imonimizni,  e’tiqodimizni 
                                         
167
 
 Islam Karimov.Asarlar. 7-jild, s. 351 
168
 
 Islam Karimov.Asarlar. 4-jild, s. 79 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
228 
qaytarib  berdi.  “Islom  dini  bu  ota-bobolarimiz  dini,  -  deydi  I.A.Karimov,-u  biz 
uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik”
169
.  
Bugungi  kunda  diyonat,  axloq  tushunchalari  imon-e’tiqoddan  ajralmas 
ekanligi  ravshan  bo’lib  qoldi.  Ammo 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   361




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə