Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Ma’naviyat    ayni  dunyoviy  va  uxraviy



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə353/361
tarix21.04.2022
ölçüsü2,63 Mb.
#85808
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   361
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov) (2)

Ma’naviyat    ayni  dunyoviy  va  uxraviy 
maqsadlarimizni uyg’unlashtirishga oid sohadir.
 Xulosa qiladigan bo’lsak, Haq 
yo’lida  qilinadigan  har  qanday  ilm  haqiqiy  ilmdir  va  u  inson  ruhini  poklashga 
xizmat qiladi, ilmda haqiqatdan har qanday chekinish esa jaholatga olib keladi. 
 Ma’naviyat insonning Haq bilan munosabati, deyilganda, ba’zilar beixtiyor: 
bu  dinning  o’zi  emasmi,  deb  xayolidan  o’tkazishi  mumkin.  Darhaqiqat,    din  va 
ma’naviyat  bir-biriga  begona    narsalar  emas.    Ammo  ularning    o’zaro  farqli 
jihatlari  ham  bor.  Masalan,  har  bir  insonning  o’z  dini  bo’lmaydi.  Dinlar  ko’p 
dunyoda,  lekin  ular  muayyan.  Din  -  ilohiy  kitoblar  orqali  nozil  etilgan  alohida 
qonun-qoidalarni  bildiradi.  Ma’naviyat  esa  qat’iy  qonun-qoidalar  tarzida  tasavvur 
qilinmaydi.  Har  bir  shaxs  ma’naviyati  o’ziga  xos,  har  bir  insonning  o’z  ma’naviy 
olami mavjud. Din insonning dilida bo’lishi kerak, albatta, ammo har bir inson bir 
dinni  qabul  qilib  oladi  va  uning  qonun-qoidalariga  umr  bo’yi  rioya  qiladi. 
Ma’naviyat  esa  inson  qalbidagi  nur,  u  tanlab  olinmaydi,  u  Allohning  inoyati, 
odamni  Haq  yo’lga  etaklovchi  hodiy,  uni  qonun-qoidalari  ochiq  bayon  qilingan 
hukmlar bilan chegaralab bo’lmaydi. Ma’naviyat inson umri davomida, millatning 
tarixiy taraqqiyotida takomil topib boradi, din esa ilohiy vahiy asosida, payg’ambar 
hadislariga tayangan holda ulamolar tomonidan muayyan chegaralarda qat’iy qilib 
                                         
169
 
 Islam Karimov.Asarlar. 3-jild, s. 40 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
229 
belgilab  beriladi,  bu  chegaralarni  har  kim  ham  o’zgartira  oladigan  narsa  emas. 
Navoiy “Talab vodiysining sifati”da yozadi: 
Kufr ila imonga urgaysen ilik, 
Bu ta’madinkim ochilgay bir eshik. 
Chun eshik ochildi ne kufru ne din, 
Ichkari kirgach qutulding barchadin. 
Kufru imon rohravg’a kesh emas, 
Asli yo’lda bandi rohe, besh emas.
170
 
Samimiy  diniy  e’tiqod  ma’naviyat  eshiklaridan  biridir.  Yana  bir  nozik 
masala. Ko’proq oddiy e’tiqod egalari dinni sunna darajasida idrok etadilar. Yaqin 
o’tmishda,  ilm  va  imon  ikki  qutbga  ajratib  tashlangan,  san’at  marksizm 
g’oyalarining  targ’ibotchisiga  aylantirilgan  bir  sharoitda,  darhaqiqat,  Qur’on  va 
payg’ambarimiz  hadislari  din  ahli  uchun  yagona  ma’naviy  panoh  bo’lgan  edi. 
Ammo  voqelikda  milliy  ma’naviyatimiz  maydonlari  behududdir.  O’z  vaqtida 
buyuk  allomalarimiz  ijodida  ilm  va  mantiq,  irfon  va  badiiyat  olamlari  imondan 
tashqari  bo’lmagan,  balki  ilm  va  imon  bir-biriga  quvvat  bag’ishlagan,  tavhid 
e’tiqodini idrok etish ilm va irfon orqali teranlik kasb etib borgan. 
 
 
 
 
Din  va  ma’naviyatni  birlashtiruvchi  fazilat  e’tiqoddir.  Dinning  zohiriy  va 
botiniy jihatlari bor. Botiniy jihati imon bo’lib, qolgani - ibodatlar - zohiriy jihatlar, 
ular  imonni  muayyan  tashqi  harakatlar  bilan  tasdiqlaydi.  Ammo  imon  faqat  tilda 
bo’lsa,  islomiy  hayot  qonunlari  bilan  ichki  ma’naviy  uyg’unlik  hosil  qilinmasa, 
unda  ma’naviyat  nuqtai  nazaridan  dahriyning  o’z  aqidasiga  e’tiqodi  munofiqning 
tashqi  dindorligidan  afzal  bo’lib  chiqadi.  Dinning  zohiri  saqlab  qolinsa-yu, 
botiniga  e’tibor  etarli  bo’lmasa,  din  xurofotga  aylanadi.  Dinni  xurofot  darajasida 
tushungan zohirbin aqidaparast nuqtai nazarida din va ma’naviyat butkul bir-biriga 
zid  narsalar  bo’lib  qoladi.  Dinni  aqidaparastlik  darajasida  tushunish  insonlar 
orasida  arzimagan  narsadan  nifoq  chiqishiga,  balki  og’ir  xunrezliklargacha  olib 
kelishi  mumkin.  Bunday  yondoshuvda  turli  din  vakillari  orasidagina  emas,  hatto 
bir  dinga  e’tiqod  qiluvchilar  orasida  ham  qonli  nizolar  kelib  chiqishi  hech  gap 
emas. Tarixda bunday fojeiy voqealar ko’p bo’lgan. Shu sabablar tufayli Prezident 
dinga  ma’naviy  qadriyat  sifatida  yondoshuvni  izchil  qo’llab  chiqmoqda.  Mustaqil 
O’zbekiston  rahbariyati  dinning  zohiriy  jihatlarini  inkor  qilmagan  holda,  uning 
botiniy, ma’naviy jihatiga birinchi darajali ahamiyat qaratishni maqbul ko’rmoqda. 
Chunki jahon dinlarining botiniy jihati o’zaro uyg’unlikni taqozo etadi.  
Ma’naviyat uchun turli dinlar aro farqlar muhim emas, inson qalbidagi imon 
nuri  muhim.  Bunday  yondoshuv  ko’proq  tasavvuf  irfoni  sohiblariga  oiddir.  Har 
qanday bo’lganda ham, e’tiqod dilda bo’ladi,  ibodatlar ham insonning o’zi uchun, 
oxiratini  obod  qilish  niyatida  bajariladi.  Ma’naviyat  esa  uyg’unlikka  intiladi,  shu 
jihatdan  mo’’min  faqat  ibodat  bilan  qoniqib,  o’zga  amallarini  ezgulik  bilan 
uyg’unlashtirishga  e’tibor  qilmasa,  bunday  insonni  ma’naviy  barkamol  deyish 
qiyin. 
                                         
170
 
 Alisher Navoiy. Lison ut-tayr.T. 1991, s. 191 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
230 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   361




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə