Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-fasl. Yosh avlodni milliy ma’naviyatimiz an’analari ruhida



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə354/361
tarix21.04.2022
ölçüsü2,63 Mb.
#85808
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   361
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov) (2)

4-fasl. Yosh avlodni milliy ma’naviyatimiz an’analari ruhida 
tarbiyalash - ular ongini turli g’arazli "oqimlar" ta’siridan 
himoyalashning eng samarali yo’li. 
E’tiqod  ma’naviyatning  o’zak  tomiri.  E’tiqodsiz  kishida  ma’naviyat 
bo’lmaydi,  tashqi  madaniy  ko’rinish,  hatto  ancha-muncha  bilim  ham  bo’lishi 
mumkin, ammo mag’zida ma’naviyat bo’lmaydi. 
Kishida  umurtqa  pog’onasi  shikastlangan  bo’lsa,  unday  inson  gavdasini  tik 
tutib  tura  olmaydi.  Ma’naviy  olam  uchun  e’tiqod  ham  shunday  bir  narsadir. 
Kommunistlar  olg’a  surgan  g’oyalarga  xalq  ozmi-ko’pmi  ishongan,  umid 
bog’lagan  davrda  Sovet  davlati  ancha-muncha  o’sdi,  rivojlandi.  “Kommunizm” 
g’oyalari puch narsa ekani ma’lum bo’lib qolgach, asta-sekin bu tuzum ich-ichidan 
emirila  boshladi  va  oxiri  barbod  bo’ldi.  Shuning  uchun  yolg’on  g’oyalarga 
ishonish,  o’ylab  topilgan  aqidalarning  etagini  tutish  yaxshilikka  olib  bormaydi. 
E’tiqod  masalasi  -  jiddiy  masala.  Tarixda  turli  yolg’on  payg’ambarlar  ko’p 
bo’lgan.  Ular  oxir-oqibat  beburdlikka  mahkum  bo’lganlar.  Bashariyat,  el,  xalq 
qabul qilgan Oliy haqiqatlar esa asl ma’nosi bilan ilohiy, azaliy va abadiy manbaga 
egadir.  Islom  dinimiz  ana  shunday  ilohiy  inoyat  hisoblanadi.  Bizni  70  yil  bu 
e’tiqoddan  qaytarishga  urindilar,  jazoladilar,  masxaraladilar,  taqiqladilar.  Bari 
befoyda  bo’ldi.  SSSRda  mafkuraviy  tazyiq  kuchaygan  sari,  jahonda  islomning 
nufuzi  oshib  bordi.  Amerika,  Evropa,  Avstraliyaga  islom  dadil  kirib  bormoqda. 
Marksist dahriylar  islomni arab bosqinchiligi bilan bog’lamoqchi  bo’ldilar. Nahot 
1400  yil  avvalgi  bosqinchilik  asorati  shuncha  kuchli  bo’lishi  aqlga  to’g’ri  kelsa? 
Aleksandr  Makedonskiy,  Chingizxon,  chor  Rossiyasi  olib  kelgan  e’tiqodlar  qani? 
Haqiqat boshqa narsa, bosqinchilik boshqa. 
Imom  Buxoriy  kabi  ulug’larimiz  birovning  tazyiqi  bilan  musulmon 
bo’ladigan shaxslar emasdi. Ular haqiqat fidoyilari edi. 
“Lo ikroha fi-d-din”, ya’ni “dinda zo’rlash yo’q” deyilgan. Avvalo, islomda 
tadrijiylik  mavjud,  Muhammad  (SAV)ga  nozil  etilgan  ilohiy  kitobda  o’zidan 
avvalgi kitoblar  va barcha payg’ambarlar,  jumladan, Muso  va  Iso alayhissalomlar 
to’liq  e’tirof  etiladi  va  barcha  payg’ambarlarning  hurmati  barobar  ekanligi 
ta’kidlanadi.  Qolaversa,  ma’naviyat  ahli  uchun  yuzta  musulmonlik  da’vosini 
qiluvchi riyokordan bitta e’tiqodli dahriy  yoki butparast afzal.  Ajdodlarimiz bizga 
shunday  ta’lim  beradi.  Masalan,  Amir  Xusrav  Dehlaviy  “Shirin  va  Xusrav” 
dostonining “Dar fazilati ishq” bobida yozadi: 
 
Ba ishq gar butparasti, din-t pok ast, 
Va-gar toat kuni bi ishq xok ast.
171
 
(Sen ishqda butparast bo’lsang - dining pok, 
Agar ishq bo’lmasa, toat erur xok.) 
 
Payg’ambarimiz uchun vatan va imon tushunchalari bir-biridan ajralmas edi. 
Makkadan  Yasribga  hijrat  qilish  ul  janobning  imonlarini  yanada  baquvvat  qildi. 
                                         
171
 
 Amir Xusrau Dixlavi. Shirin i Xusrau. M.-«Nauka»-1979, s.40  
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
231 
Bugun  ham  xorijdagi  birodarlarimizning  ko’pchiligi  uchun  imon  va  Vatan  mehri 
bir-birini quvvatlab turibdi, zero Vataniga tosh otgan kimsalardan imon umidi ham 
behudadir. 
Din  va  ma’naviyat  nisbati  haqidagi  suhbatning  xulosasi  shuki,  dinni 
siyosiylashtirishdan  qochish,  unga  buyuk  ma’naviy  qadriyat  sifatida  yondoshib, 
yoshlarimizdagi  e’tiqod  ehtiyojini  ayni  shu  yo’nalishda,  Prezidentimiz  “jaholatga 
qarshi  ma’rifat”deb  chiroyli  ifodalagan  ma’noda  botiniy  qudratga,  ma’naviy 
kamolot  sari  etaklovchi  boqiy  quvvatga  aylantirish  uchun  butun  imkoniyatlarni 
safarbar qilmog’imiz zarur. 
 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   361




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə