Nizomiy nomidagi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə11/16
tarix26.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#107092
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
RAJAMATOVA UMIDANING UMUM

1. Ijtimoiy topshiriq – jamiyatning moddiy negizini yanada rivojlantirish, moddiy ishlab chiqarishni yanada takomillashtirishga mo‘ljallangan vazifalar. Bu xildagi topshiriqlarni barcha kasb egalari o‘z oldiga qo‘yadi, bajaradi.
2. Fan sohasida qo‘yiladigan topshiriqlar. Bunday topshiriqlarni fan xodimlari o‘zi uchun belgilab, ularni bajaradi. Ular fan muammolari sanaladi. Muammo shaklida qo‘yilgan savolga javob izlash yo‘li bilan fan va undan amaliy faoliyatda foydalanish yanada takomillashtiriladi.
3. Ta’lim-tarbiya sharoitida qo‘llanadigan topshiriqlar. Barcha o‘quv predmetlari vakillari bunday topshiriqlarni ta’limga tatbiq qilib, ta’limdan ko‘zlangan maqsadlarni amalga oshirishadi.
«O‘quv topshirig‘i» atamasi psixologiya, didaktika va matematika fanlari sohasida qo‘llanadigan umumiy, mazmundor, ko‘p qirrali kategoriyadir. O‘quv topshiriqlarining nimaga (o‘rganilgan bilimlar va tafakkurga) mo‘ljallanganligini inobatga olib, ularni ikkita guruhga ajratib o‘rganamiz: qayta esga tushirish (xotira)ga mo‘ljallangan va ijod qilish (tafakkur)ga oid topshiriqlar.
Xotiraga mo‘ljallangan topshiriqlarni ta’limga tatbiq etishda o‘quvchilarning u yoki bu mavzu doirasidagi tayyorgarligi hisobga olinadi.
Mashq - u yoki bu mavzu doirasida bilim, faoliyat usullarini bir xil o‘quv sharotida bajarishga oid o‘quv topshirig‘idir. Mashq qilish jarayonida bilimlar esga tushiriladi; esga tushirilgan bilim, faoliyat usuli aytilgan (berilgan) o‘quv holatiga tatbiq qilinadi; mashq qilish natijasida subyekt (shaxs) faoliyati takomillashtiriladi. Bu hodisani nazarda tutib, ayrim mutaxassislar «mashq qilinadi» iborasini ishlatishadi. O‘quv topshirig‘i bajariladi, mashq qilinadi.O‘quv topshirig‘ini bajarish yo‘li bilan o‘quvchi masala yechimini topsa, mashq qilish yo‘li bilan o‘z bilimi, faoliyat usullarini takomillashtiradi.
Trenirovka - bu bir xil bilim, faoliyat usulini bir xil sharoitda takrorlash demakdir. Uning mohiyati xatti-harakatlarni oddiy takrorlash bo‘lib, uning vositasida faoliyatning u yoki bu sifati yanada takomillashtiriladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə