Nomoddiy akтivlar hisobi



Yüklə 105,5 Kb.
səhifə5/7
tarix09.06.2022
ölçüsü105,5 Kb.
#89234
1   2   3   4   5   6   7
Gudvill - noaniq nomoddiy aktiv hisoblanadi. Hisobga olish maqsadida gudvill - kompaniyaning sotib olingan haqiqiy bahosi bilan identifikatsiya-lanadigan sof aktivlarning bozordagi bahosi o`rtasidagi farqdir. U eng ko`p tar-qalgan va muhim nomoddiy aktiv hisoblanadi. Gudvill kompaniyaning ijobiy tavsiflaridan kelib chiqadigan qiymat bo`lib, kompaniyaning aniq aktivlaridan kutilayotgan daromadlarning qo`shimcha ravishda ko`paytirishga xizmat qiladi. Kompaniyaning o`zi tomonidan yuzaga keltirilgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi. Chunki bu kompaniya sotib olinayotganda sotib olish bahosi va kompaniya aktivlarining haqiqiy bahosi o`rtasidagi farq sifatida yuzaga chiqadi. Gudvill asosan kompaniyaning oddiy ko`rsatkichlaridan yukori bo`lgan moliyaviy ko`rsatkichlarining taxmin qilinayotgan qiymatini aks ettiradi. Bu taxminlar kompaniya yoki uning operatsion muhitiga aloqador bo`lgan nomoddiy ijobiy tavsiflar yoki omillar bunday daromadlar olishiga ishonch tugdiradi. Ular kompaniyalar uchun o`rtachadan yuqori bo`ladi.
Yuqori darajadagi rahbar jamoasi, sotish jarayonini a`lo darajada tashkil qilinishi, o`ta samarali reklama, ishlab chiqishdagi maxfiy jarayon, mutlaq dara-jada yaxshi mehnat munosabatlari, yuqori ishonch reytingi, xodimlarni tayyor-lashning ilg`or dasturi va hokazolar gudvillni yuzaga keltiruvchi sabablar bo`lib hisoblanadi.
Salbiy gudvill - sotib olingan sof aktivlarning xaqqoniy qiymati korxonaning harid qiymatidan yuqori bo`lsa, paydo bo`ladigan farq sifatida namoyon bo`ladi. Bu sotib olayotgan korxona uchun qulay hariddir. Bunday hollarda moddiy aktivlar qiymatlari shu darajaga kamaytirilishi lozimki, bunda salbiy gudvillga o`rin kolmasligi kerak.
Yuqorida ko`rib chiqilgan nomoddiy aktivlarning ayrimlari, almashtirishga tegishli nomoddiy aktivlar bo`lib, ular firmaning boshqa aktivlaridan alohida identifikatsiyalashtiriladigan va alohida sotilishi mumkin Masalan, patentlar, mualliflik huquqlari, franchayzing va savdo markalari. Ular sotib olingan yoki firma ichida ishlab chiqarilgan bo`lishi mumkin.
Nomoddiy aktivlarning boshqa bir turlari esa, almashtirishga tegishli bo`lmagan identifikatsiyalanadigan nomoddiy aktivlar bo`lib, ular firmaning boshqa aktivlari bilan birga yoki alohida idetifikatsiyalanishi mumkin, lekin ular alohida sotilishi mumkin emas. Almashtirishga tegishli bo`lmagan nomoddiy aktivlarga gudvill, tashkiliy xarajatlar kabilarni misol keltirish mumkin.

Yüklə 105,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə