Nomoddiy akтivlar hisobi


Dt. Nomoddiy aktivlarni sotib olish (turlari bo`yicha)



Yüklə 105,5 Kb.
səhifə7/7
tarix09.06.2022
ölçüsü105,5 Kb.
#89234
1   2   3   4   5   6   7
Dt. Nomoddiy aktivlarni sotib olish (turlari bo`yicha)
Kt. Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to`lanadigan hisobvaraq

«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» hisobvarag`ining debet aylanmasi nomoddiy aktivlarni sotib olish, o`rnatish va montaji bilan bog`liq bo`lgan barcha xarajatlarni ko`rsatadi, kredit aylanmasi esa foydalanishga berilgan nomoddiy aktivlar qiymatini aks ettiradi.



  • Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga pul to`langanda:



Dt Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to`lanadigan hisobvaraqlar
Kt Hisob-kitob hisobvarag`i

  • Nomoddiy aktivlarni foydalanishga berilgan vaqtida:

Dt Nomoddiy aktivlar (turlari bo`yicha)
Kt Nomoddiy aktivlarni sotib olish (turlari bo`yicha)
Ba`zi hollarda nomoddiy aktivlar ta`sischilar tomonidan korxona nizom kapitaliga ulushlar sifatida ham qo`yilishi mumkin:


Dt Nomoddiy aktivlar hisob-kitob varag`i
Kt Ustav kapitaliga badallar bo`yicha ta`sischilarning qarzi

Bu erda ikkala aktiv hisobvaraqlarni o`tkazmada ishtirok etishiga sabab,


korxona ustavi» tasdiqlangan vaqtida ustav kapitali hajmiga ta`sischilar qarz qilib quyidagi o`tkazma berilganligi hammamizga ma`lum, ya`ni


Dt Ustav kapitaliga badallar bo`yicha ta`sischilarning qarzi
Kt Ustav kapitali hisobvarag`i

Nomoddiy aktivlarni hisobga olish tamoyillari


Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi er, bino, jihozlar kabi mod-diy aktivlarga qo`llaniladigan aynan bir xil tamoyil va jarayonlarni o`z ichiga oladi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat:
xarid qilib olishda tannarx tamoyilini qo`llash;
foydalanish davrida muvofiqlik tamoyilini qo`llash;
hisobdan chiqarilayotganda daromadni e`tirof etish.

Nomoddiy aktivlar harid qilib olinishida tannarx tamoyilini qo`llanilishi hisobda ularning tannarxini to`g`ri aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, tannarxning tarkibiga asossiz xarajatlarni kiritilishini oldini oladi.


Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda ularni asosiy turlari bo`yicha quyi-dagi guruhlarga ajratiladi:
patentlar, litsenziyalar va «nou-xau»;
savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari;
dasturiy ta`minot;
er va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari;
tashkiliy xarajatlar;
franchayz;
mualliflik huquqi;
gudvill;
boshqa nomoddiy aktivlar.
Nomoddiy aktivning foydalanish muddati davomida u bo`yicha qilinayotgan xarajatlar va olinayotgan daromadlar o`z vaqtida muvofiqlik tamoyiliga asosan hisobga olinishi kerak.
Nomoddiy aktivni hisobdan chikarilayotganda u bo`yicha olinayotgan foyda yoki zarar e`tirof etilishi kerak. Olinadigan foyda yoki zarar hisobdan chiqarish natijasida kelib tushgan pul mablag`i bilan nomoddiy aktivning balans qiymati o`rtasidagi farqdan iborat.

Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi.


Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlarida ko`rsatilganidek, nomoddiy aktivlarning qiymati uning xizmat muddati mobaynida, biroq xo`jalik yurituvchi sub`ektning faoliyat ko`rsatish muddatidan ko`p bo`lmagan muddat mobaynida mun-tazam ravishda hisobdan chiqarilib borishi kerak. Bu jarayon nomoddiy aktiv-larning amortizatsiyasi deb ataladi. Nomoddiy aktivning taxmin qilinayotgan xizmat qilish muddati noaniq bo`lsa, unga amortizatsiya 5 yil davomida hisob-lanadi.

1


Yüklə 105,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə