Nomoddiy akтivlar hisobi



Yüklə 105,5 Kb.
səhifə3/7
tarix09.06.2022
ölçüsü105,5 Kb.
#89234
1   2   3   4   5   6   7
Mualliflik huquqibu mualliflarga adabiyot, musiqa, tasviriy san`at va boshqa yaratilgan asarlar uchun qonun yo`li bilan berilgan himoya shaklidir. Mualliflik huquqi egalariga beriladigan huquqlar — o`z ishlarini chop ettirish, qayta bosish va ko`paytirish, sotish va nusxalarini taqsimlash va o`z asarlarini ijro etish hamda yozdirish huquqlarini beradi. Mualliflik huquqi bilan tartibga solinadigan ob`ektlarga kompьyuterlar uchun dasturlar, ma`lumotlar ba--zasi va shuningdek, ilm-fan, adabiyot, san`at asarlari misol bo`la oladi.
Mualliflik huquqi bilan boshqariladigan ob`ektlarni ro`yxatdan o`tka-zish shart emas. Muallif o`z asarini ob`ekt ko`rinishida namoyon qilishi va uni istalgan vaqtda ko`rsatib berishi shart. Mualliflik huquqi ob`ektlarni topshi-rishning huquqiy ko`rinishi, ya`ni mualliflik shartnomasidir. Ma`lum turdagi faoliyat bilan shug`ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar misol bo`la oladi. Albatta, bunda litsenziya bir yildan ortiq muddatga berilgan bo`lishi kerak.
Kashfiyot agar yangi kashfiyot bo`lsa va sanoatda qo`llanila olsa yoki ma`lum bo`lgan asbob-uskunalar, shtamp, kimyoviy moddalardan yangicha tarzda ko`llanilsa, ular ham qonuniy ravishda himoyalanishi mumkin. Kashfiyotlarga patent 20 yilga beriladi va u kashfiyotning ustunliklarini, muallifligini tasdiqlovchi hujjat sanaladi va uni ishlatishga huquq beradi.
Savdo markalari va tovar belgisi. Savdo markalari (Masalan: Nestle, Adi-das) yoki savdo namunalari (Koka-kola) kompaniyalar tomonidan mahsulot yoki xiz-mat uchun berilgan nomlar yoki identifikatsiyani aniqlovchi boshqa ramzlar ular egalik qilishni asosli ravishda olib borish uchun ruyxatdan o`tkazilishi mumkin. Ruyxatdan o`tkazilgan savdo markalari va savdo namunalarini keyingi yillarga ham muddatni uzaytirish yo`li bilan xizmat muddatini yangilab turish mumkin. Bu holda nomlar, ramzlar yoki mahsulot identifikatsiyasini belgilovchi boshqa ramz-lar huquqiy hisoblanadi.
Franchayzing — ma`lum bir formula, texnologiya yoki tashqi ko`rinishini qo`llash bo`yicha o`ziga xos huquq. Franchayzing (masalan: kabel televideniyasi kom-paniyasi) odatda hukumat organlari tomonidan davlat mulkidan foydalanish hu-quqiga egalik qilish yoki kommunal xizmat ko`rsatish (elektromontaj) uchun va xo`-jalik sub`ektlari tomonidan aniq bir ishlar va aniq xizmatlardan foy-dalanish huquqi bilan egalik qilish uchun taqdim qilinadi. Franchayzing to`g`risidagi har bir kontrakt uning amalda bo`lish davrini, shuningdek franchayzer (foydalanish huquqiga imkon beruvchi sub`ekt)ning hamda franchayzi (bu imtiyozni oluvchi sub`ekt)ning huquq va majburiyatlari aniq belgilab beriladi.

Yüklə 105,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə