Normativ-huquqiy hujjatlar normativ huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA”gi QONUNI



Yüklə 33,44 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü33,44 Kb.
#140039
1   2   3   4
NORMATIV HUQUQIY HUJJATLAR TURLARI QABUL QILISH HUQUQIGA EGA BO\'LGAN ORGANLAR YOKI MANSABDOR

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA”gi QONUNI.8 Ushbu Qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida Qonun hujjatlari normalarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanadi.
3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonun hujjatlari
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi Qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa Qonun hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi.
4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) hisoblanadilar.
II. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING TURLARI VA O‘ZARO NISBATI
5-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
Quyidagilar normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
b) O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari;
v) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
g) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
e) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari;
j) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari
Normativ-huquqiy hujjatlar Qonun hujjatlari hisoblanadi va ular O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari Qonunlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari Qonun osti hujjatlari hisoblanadi.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlarining ustunligi
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasida Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari
O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish orqali qabul qilinadi.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
12-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari bir necha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ularning bittasi tomonidan boshqalari bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining tarmoq bo‘linmalari va hududiy organlari normativ-huquqiy tusdagi hujjatlar qabul qilishga haqli emas, Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ijtimoiy normalar tizimi va unda huquqning o’rni.
Kishilar o’rtasidagi munosabatlar kishilik jamiyati paydo bo’lish davridan boshlab ahloq normalari bilan tartibga solina boshlangan.
Ahloq- ijtimoiy normalarning eng asosiysi hisoblanib, muayyan jamoa a’zolari tomonidan rioya qilinishi shart bo’lgan yurish-turish qoidalaridir.
Ahloq - kishilarning bir-birlariga, oilaga, Vatanga, jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan hatti-haraktlar yig’indisidir. Ahloq har bir kishining xulqini ko’rsatadi.
Ahloq normalari - yaxshilik va yovuzlik, vijdon, sha’n, qadr-qimmat, adolat va nohaqlik, burch va mas’uliyat, baxt haqidagi ahloqiy tushunchalarga muvofiq ravishda jamiyatda o’rnatilgan xulq-atvor qoidalaridir. Ahloqiy tushunchalar o’zining majmuasiga muvofiq keng qirrali hisoblanadi.
Tarix shundan dalolat beradiki, birgalikda yashashning ko’p asrli tajribasini mujassamlashtirgan umumiy axloq normalariga qattiq amal qilgan, jipslashgan xalqlargina omon qolishgan, ofatlarga, hujumlarga muvaffaqiyat bilan bardosh bergan. Ana shu qoidalarni buzganlarni jamoatchilik qoralagan.
Jamiyatdagi munosabtlar ijtimoiy normalar orqali tartibga solinadi.

Yüklə 33,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə