Normativ-huquqiy hujjatlar normativ huquqiy hujjatlar tushunchasi va turlari



Yüklə 33,44 Kb.
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü33,44 Kb.
#140039
1   2   3   4
NORMATIV HUQUQIY HUJJATLAR TURLARI QABUL QILISH HUQUQIGA EGA BO\'LGAN ORGANLAR YOKI MANSABDOR

Siyosiy normalar - alohida shaxslar (siyosatchilar) va siyosiy birlashmalar (partiyalar, harakatlar)ning hokimiyatga munosabatini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalaridir.  
Huquq normalari - davlat tomonidan o’rnatiladigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan, barcha uchun umumiy majburiy bo’lgan xulq - atvor qoidalaridir.
Huquqning ijtimoiy normalar orasida tutgan o’rni beqiyosdir. Huquq ijtimoiy munosabtlarni tartibga soluvchi tizim sifatida insoniyat jamiyati taraqqiyotining qonunlarga muvofiq ravishda rivojlanadi. Huquqning asosiy mohiyati muayyan jamiyatda kishilar o’rtasida kelishuvni ta’minlash fuqarolar osoyishtaligini saqlashga ko’maklashish, davlat ishlab chiqqan iqtisodiy – siyosiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir.
Huquq bu qonunlar yig’indisi bo’lib muayyan xatti-harakatlar qoidalari sifatida turli davrlarda va jamiyatlarda o’ziga xos hususiyatlarga ega bo’lgan. Huquqning shakllariga davlat olib borayotgan adolatli siyosati, tarixiy milliy an’analar ta’sir qiladi.
Huquq funksiyalari.
Huquqning asosiy funksiyalari ya’ni vazifalari quyidagilardan iborat:
Tartibga solish. Huquq hayotning har bir sohasiga joriy qilinishi natijasida jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabtlarni tartibga soladi. Jamiyat a’zolarining faol xulqini ta’minlaydi.
Muhofaza qilish. Bu funksiya orqali barcha huquqiy qoidalar himoya qilinadi, ular buzilsa javobgarlik choralari belgilanadi, shu bilan birgalikda huquq barcha shaxslar zimmasiga ma’suliyat yuklaydi.
Huquqning funktsiyalari kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni xuquqiy tartibga solish va ularni rivojlantirish bilan bog’liq asosiy vazifldardan kelib chiqadi.
Huquq funktsiyalari- bu avvvalom bor, uning maxsus xususiyatlari, belgilarning yo’zaga chiqishida ko’rinadi. Funktsiyalarda xuquqning erkinligidan ( mustaqilligidan) kelib chiqadigan belgilari mujassamlashadi.
Shuning uchun xuquq funktsiyalari ijtimoiy munosabatlarga ta'sir etishning asosiy yuknalishlari xarakterlovchi belgilarini ajratib kursatish mumkin.
Huquqiy funktsiyasining belgilarining quyidagilarini kursatish mumkin:
Huquq funktsiyalari uning moxiyatidan kelib chiqib, jamiyatda xuquqning vazifasi bilan aniqlanadi;
Huquqiy funktsiyalari- bu ijtioiy munosabatlarga ta'sir etish yunalishlari bo’lib, uning amalga oshirishga bo’lgan talab, xuquqni ijtimoiy xodisa sifatida zarurligini bildiradi;
Huquqiy funktsiyalarining eng muxim tomonlarini kursata turib, xuquqni rivojlantirish bosikichidagi uning oldida to’rgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan;
Huquqiy funktsiyalari ijtimoiy munosabatlarning ma'lum turlarini tartibga solishga qaratilgan uning aktiv xarakatlari yunalishidir;
Huquqiy fuknktsiyalari o’zining doimiyligi hamda o’zluksiz xarakatdaligi bilan ajralib turadi.
Huquq funktsiyalari tizimini 5 ta guruxga bo’lish mumkin:
Umumxuquqiy funktsiyalar, (barcha xuquqiy soxalariga taalukli);
O’zarosoxaviy funktsiyalar (ikkita va undan kup, ammo barcha xuquqiy soxalariga emas);
Soxaviy funktsiyalar (konkret xuquq soxasiga taaluqli);
Huquq institutlari funktsiyalari (konkret xuquqiy institutga);
Huquq normasi funktsiyalari (konkret xuquqiy normasining turga taalluqli).
Huquqiy funktsiyalarni 2 xil nuqtai-nazardan tasniflash mumkin:
A) maxsus yuridik funktsiyalar regulyativ va ko’riklovchi funktsiyalarga bo’linadi.
Regulyativ funktsiyalar – xuquq funktsiyalari tizimida bosh va asosiy urinni egallaydi, chunki xuquqning asosiy ijtimoiy vazifasi ham ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Regulyativ funktsiyalar o’z navbatida: statik va dinamik funktsiyalarga bo’linadi.
Statik funktsiya amaldagi ijtimoiy munosabatlarni mustaxkamlashga xizmat qiladi;
Dinamik funktsiya ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi va o’zgartirish kiritadi.
Qo’riqlovchi xuquqiy funktsiyalari – xuquqiy ta'sir etish yunalishlari bo’lib, umumahamiyatga ega bo’lgan, birmuncha muxim bo’lgan iqtisodiy, siyosiy, milliy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni ko’riklashga qaratilgandir.
B) umumijtimoiy funktsiya (iqtisodiy, siyosiy, tarbiyaviy, ekologik funktsiyalar va b.). jumladan, dikkatni yana bir masalaga qaratish zarur bo’ladi, ya'ni ko’riklovchi funktsiyalarni regulyativ funktsiyalarga karama-qarshi quyish kerak emas. Fakat ko’riklovchi funktsiya – bu negativ funktsiya bo’lib, takiklash, sanktsiya, javobgarlik kabilarni o’z ichiga olsa, regulyativ funktsiya pozitiv funktsiya bo’lib, xuquq sub'ektlarining ijobiy faoliyatini muvofiqlashtirishga yunaltirilgandir.
Huquq funktsiyalari tatbiql etishning 3 ta shakli mavjud bo’lib, ularga:
Informatsion, yunaltirilgan (orientirovanno`y), xuquqiy shakllar kiradi.
Huquqshunos olim Z.Islomov xuquqning funktsiyasi to’qrisida quyidagi fikrlarni bildirgan. Xuquqning funktsiyalari uning fazifalaridan kelib chhadi. Xuquqning vazifasi davlatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va mafko’raviy vazifalarini amalga oshiradi. U shulardan kelib chhadigan kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Huquq kishilar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirib tartibga solsa bu xuquqning dinamik funktsiyasi bo’ladi. Masalan; O’zbekiston Respublikasi mexnat kodeksining 259 – moddasiga asosan mexnat nizolarining xal qilinishi. Huquq kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni ximoya qilsa-bu xuquqning qo’riqlovchi (negativ) funktsiyasi bo’ladi. Bunda xuquqni turli soxalarida qarab, ijtimoiy munosabatlar ximoya qilinadi. Turli xuquqbo’zarliklarning jamiyat uchun yetkazgan moddiy va ma'naviy oqibatlariga qarab , intizomiy, ma'muriy, fuqarolik, jinoiy va boshqa jazo choralari belgilangan. Bulardan tashkari xuquq tarbiyaviy funktsiyaga ega. Xuquq kishilarga goyaviy ta'sir kursatib, ularning jamiyat uchun zararli bo’lgan harakat va harakatsizliklarini qilmaslikni talab qiladi. Agar fuqarolar tomonidan xuquqbo’zarliklar sodir etilsa, ularga jazo choralari belgilab ularni tarbiyalaydi.
Davlat va xuquqning vazifasi (moxiyati) ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ko’rinadi va kishilarning normal xayotiy faoliyatini ta'minlashga qaratilgan bo’ladi.
Davlat va xuquq paydo bo’lgani vaqtidan boshlab o’zaro mantiqiy bog’liq bo’lib, bir-biriga ob'ektiv ravishda, «suyangan» bo’ladi, va ular ajralgan xolda bo’la olmaydi hamda amal qila olmaydi.
Shu bilan birga davlat va xuquq – nisbatan mustaqil bo’lgan xodisalar bo’lib, ularni bir-biri bilan kushib yuborish to’g’ri kelmaydi, chunki ular o’rtasida doimo ma'lum bir distantsiya saqlanib koladi.
M.A. Arjanovning ifodalashicha, ulardagi xar bittasining o’z xayoti, o’z maqsadlari, vazifalari va usullari bo’lib, ular o’zaro xarakatda bo’ladilar, lekin «qorishib» va «eyishib» ketmaydilar.
Umuman, davlat va xuquqning o’zaro xarakatlarini muxim tomonlari ular amal qilayotgan jamiyatning xarakteriga bog’liq bo’lsa kerak, ya'ni bu jamiyatning demokratik yoki totalitarligi, xuquqiy va xuquqiy bo’lmaganligi, fuqarolik yoki fuqarolik jamiyati bo’lmaganligiga.
Hozirgi zamon adabiyotlarida xuquq bilan davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning mumkin bo’lgan 3 ta modeli to’g’risida gapiriladi (kursatiladi), ularga:
Totalitar davlat xuquqdan yuqori turadi va u xuquq bilan bog’liq emas;
Liberal modeli (xuquq davlatdan yuqorida bo’ladi);
Pragmatik modeli (davlat xuquqni yaratadi va unga bog’liq).
Masalan, O’zbekiston Respublikasi (davlati) – pragmatik modeliga to’g’riroq keladi, chunki bu model bugun amalga oshirilish mumkin bo’lgani uchun ham.
Huquqning ijtimoiy statusi – ijtimoiy munosabatlarni davlatning regulyatori sifatida tartibga solishdan iborat. Ikkinchi tomondan davlatning faoliyati xuquqiy xarakterga egadir. Shuning uchun ham, ulardan qaysi biri muximroq degan savolni qo’yishning o’zi o’rinli bo’lmaydi yoki ulardan qaysi biri 1 yoki 2 degan printsip to’g’ri bo’lmaydi.
Shuning uchun ikkala intitutning ham ublishi muxim bittasi – «kuchni tashkil etish» sifatida, ikkinchi – erkni ifoda etish shakli sifatida. Ularning mantiqan bog’liqligida nafaqat xuquq balki davlat ham katta ahamiyat kasb etadi.
Biroq, davlat bilan xuquq o’rtasida qarama-qarshiliklar, kelishmovchiliklar (maqsadlarida, usullarida, intilishlarida) bo’lishi mumkin, ularning munosabatlaroi xar doim tekis bo’lavermasligi ko’zga tashlanadi.
Hokimiyat xech kim tomonidan cheklanmaslik hamda xech kimning nazorati ostida bo’lmaslik tendentsiyasiga ega, xuquq bo’lsa uni «o’z joyiga (urniga) quyishga» intiladi, yuridik ramkaga kiritishga xarakat qiladi.
Ammo, xuquq fakat printsip nuqtai nazaridan xokimiyatni cheklashi, tarqoqlik (o’zboshimchalik)ka yo’l qo’ymasligi mumkin, amalda esa bu kamdan-kam erishilishi mumkin bo’lgan xol (agarda xokimiyatning o’zi unga moyil bo’lmasa).
Biroq, bu xokimiyatning xuquqqa buysunishi mumkin emasligini bildirmaydi, chunki bu degani inson xuquqlari hamda qonunlarga xurmatsizlik bilan qaralganligini bildiradi.
Shunday qilib, xuquq va davlatning munosabati uchta bosh aspektni qamrab oladi: Birlik; - farqlar; - o’zaro xarakat.
a) birligi – ularning ishlab chiqishida, tipologiyasida, anglanishi (ifodalanishi)da, iqtisodiy yoki madaniy sharoitlarga bog’liqligida namoyon bo’ladi;
b) farqi – ularning tushunchalarini ifodalashning xar xilligida. Xar bittasining ijtimoiy ahamiyati hamda rolining farqida. Ularning xar bittasi real borlikni o’zlaricha ifoda etadi, ijtimoiy ong tomonidan turlicha baxolanadi va qabul qilinadi..
v) o’zaro xarakati – ularning ikkalasi ham bir-biri bilan bog’langan xolda (aralashgan) ifoda etiladi. Davlatning xuquqqa ta'siri, xuquqni davlat tomonidan yaratilishi, o’zgartirlishi, takomillagshtirilishida va xuquqni ijtimoiy talab ko’rinishi davlat tomonidan tan olinishi va xuquq ijodkorligini amalga oshirilishida ko’rinadi.
Shu bilan birga, xuquq nafaqat xokimiyat o’rnatiladi, balki u jamiyat tomonidan ham yaratiladi.
Demak, davlatning xuquqqa ta'siri absolyut ( cheklanmagan) tarzda emas.
Huquqning yordamida davlatning ichki tashkiliyligi, tuzilishi, shakli, boshqaruv mexanizmi ( apparati), statusi, turli organlarning va mansabdor shaxslarning vakolatlari xkoimiyatlarning taksimlanishi printsiplari, zarur institutlar mustaxkamlanadi.
Shunday qilib, xuquq bilan davlat o’rtasida murakkab, k’p qirrali bog’liqliklar amal qilib, bu aloqalarni ushbu institutlarni nazariy tushunishda ham amalda sodir bo’layotgan demokratik jarayonlarni to’g’ri fikrlashda ( baxo berishda) albatta e'tiborga olish darkor.
Yüklə 33,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə