47. 12 kishi ishtirok etgan majlisda har bir ishtirokchi boshqa biri bilan
bahslashmoqda? Nechta turli bahslashish bo‟ladi?
48. 3 ta oq, 4 ta qora koptok orasidan bir xil rangdagi ikki koptok necha
usulda tanlanishi mumkin?
49. 3 ta erkak va 4 ta ayol orasidan, ma‟lum ikki erkakning biri bo‟lish sharti
bilan 3 kishilik gruppa necha usulda talanishi mumkin?
50. 4 tasi o‟zaro, qolgan 5 tasi ham o‟zaro parallel bo‟lgan 9 ta to‟g‟ri
chiziqning kesishishidan nechta parallelogram hosil bo‟ladi?
51. 9 ta turli o‟yinchoq uch bolaga tarqatilmoqda. Eng katta bolaga5 ta,
ikkinchisiga 3 ta, eng kichigiga 1 ta o‟yinchoq necha usulda tarqatilishi
mumkin?
52. Ixtiyoriy uchtasi bir to‟g‟ri chiziqda yotmaydigan 8 ta nuqtani uchlari deb
olib nechta turli to‟rtburchak chizilishi mumkin?
53. Tekislikda 10 ta to‟g‟ri chiziq o‟kazildi. Ularning hech biri ikkitasi parallel
emas va hech qanday uchta chiziq bir nuqtada kesishmaydi.
a)
Bu to‟g‟ri chiziqlar kesishishidan nechta nuqta hosil bo‟ladi?
b)
Bu to‟g‟ri chiziqlarning kesishish nuqtalarini tutashtirish nechta
uchburchak yasash mumkin? Javob:
54. Tramvay bileti 0 dan 9 gacha bo‟lgan 6 ta raqamning ketma-ket yozish
orqali belgilanadi. Nechta tramvay biletida aniq 5 ta raqam bir xil bo‟ladi?
Javob: 540
55. Dildorada 5 xil rangli bo‟yoq bor. U 7 ta vertikal qismga bo‟lingan
bayroqni shu ranglar bilan bo‟yashi kerak. Bunda istalgan ikki ketma-ket
29
kelgan qism turli rangda bo‟lishi va bayroqni bo‟yashda kamida uchta rang
ishlatilgan bo‟lishi kerak. Dildora buni necha xil usulda amalga oshirishi
mumkin?
Javob: 20460