Notiqlik san’ati va liderlik fanidan 3-kurs eks va mls sirtqi bo‘lim talabalari uchun 2-mustaqil ish bo‘yicha ko‘rsatmalar Mustaqil ish mavzusu



Yüklə 18,68 Kb.
səhifə2/2
tarix12.05.2023
ölçüsü18,68 Kb.
#109772
1   2
2-MI. EKS,MLS

3-reja. Bajarish tartibi. Quyida qismlari aralash holda keltirilgan matnni o‘qing va mazmunan qismlarini o‘rniga qo‘yib yozing. Hikoya qismlari ranglarda ajratilgan.
IBRATLI HIKOYA

Faqir kishi 6 chisini hadyadek olayotganiga juda xursand boʻldi. Koʻrpalarni olib ketarkan, Alloh oʻnglagani uchun koʻzlaridan quvonch yoshlari toʻkilardi. U uzoqlashib boʻlgandan keyin, voqea guvohi boʻlgan doʻkondorning doʻsti soʻradi:

— Menda, Chinda ishlab chiqarilganlari bor. Yaxshi isitadi. Uning donasi 20 riyoldan. Agar 5 ta olsangiz 6 chisini tekinga beraman, — dedi.

Kambagʻal ekanligi koʻrinishidan tayin boʻlgan kishi koʻrpa — toʻshak sotiladigan doʻkonga keldi. Sotuvchidan oilasi uchun zarur boʻlgan eng arzon koʻrpalarni soʻradi. U 6 ta koʻrpa olishi, yonida 100 riyoli bor edi. Doʻkondor:


Ummu Abdulloh tarjimasi
Xulosa oʻrnida quyidagi oyatlarda kelgan Allohning vaʼdalari yetarlidir.
«Mollarini Allohning yoʻlida sarflaydiganlarning misoli, xuddi bir dona donga oʻxshaydi. Undan yetti boshoq oʻsib chiqadi, har boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga xohlasa, yana koʻpaytirib beradir. Va Alloh qamrab oluvchi va biluvchi zotdir. Allohning yoʻlida mollarini sarflab, soʻngra sarflari ketidan minnat qilmay va ozor bermaydiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yoʻq va ular xafa ham boʻlmaslar.
— Unda nimaga bu kishiga bu narxda sotdingiz? — deb soʻradi.
Men Robbim bilan savdolashdim, doʻstim. Uning rizosini istab, miskin kishi va oilasi, qattiq sovuq kelishi kutilayotgan qishda shunga muhtoj boʻlishini bilganim uchun shunday qildim. Shoyad shu bilan Robbim meni jahannam issigʻidan asrasa. Agar u kishining izzat nafsiga tegmasa, bekorga berib yuborardim, -dedi.
— Allohga qasam, aziz doʻstim, xuddi oʻshandan. Men sizga uning ustiga qoʻymasdan oʻz narxiga sotgandim, — dedi, savdogar.
— Bu oʻsha siz eng yaxshi, eng qimmat, deb oʻtgan hafta 350 riyoldan menga sotgan koʻrpalardan emasmi? dedi.

Mustaqil ishni Times New Roman shriftida, 14 kattalikda, Microsoft Wordda yozing.
1. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal 15 ball.

  1. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, jumladan, notiqlikni rivojlantirishdagi fikrlarni amaliy-ijodiy to‘liq yoritsa, 13-15 ball bilan baholanadi.

  2. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 10-12 ball qo‘yiladi.

  3. Agar mustaqil ishni to‘liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo‘lsa, 8-9 ball qo‘yiladi.

  4. Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo‘lsa, 5-7 ball qo‘yiladi.

  5. Agar mustaqil ishda jiddiy qo‘pol xatolar mavjud bo‘lsa, 2-4 ball qo‘yiladi.

  6. Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo‘lsa, 0 ball qo‘yiladi.

  1. Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo‘natishingizni so‘rayman.

  2. Topshirish muddati: 29.04.2023 yil, soat: 23:55.

  3. Men sizga ishonaman va omadlar tilayman!!!


Fan o‘qituvchisi: O.O.Parpiyev (Murojaat uchun: 99-619-39-71)
Yüklə 18,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə