Novda va uning tuzilishi novdaning shoxlanish tiplari poyaning xayot kechirish davr turlari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə11/31
tarix29.04.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#86193
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
MAVZU

Yog’ochlik. U naylar, traxeidlar, yog’ochlik parenximasi va libriformdan iborat. Yog’ochlikdan ham o’zak nurlari o’tgan bo’ladi. Yog’ochlik parenximasi va o’zak nurlarida zahira oziq moddalar to’planadi. Kambiyning bir me'yorda ishlamasligi natijasida yog’ochlikni hosil qiluvchi hujayralar bahorda hosil bo’ladi, ya'ni bu kambiy jadal ishlagan davrga to’g’ri keladi. Keyinchalik mayda va yupqa devorli hujayralar kelib chiqadi. Yog’ochlik hujayralari smolalar, oshlovchi moddalar, efir moylari kabilarni shimib olib ma'lum rangga bo’yaladi. Ana shunday yog’ochlikning faollik ko’rsatmay qolgan markaziy qismi yog’ochlikning mag’zi deb ataladi. Yog’ochlikning bevosita kambiyga yaqin joylashgan qismlari suv va unda erigan moddalarni o’tkazish vazifasini bajarib, uni zabolon deyiladi. Zabolon yadro qsmiga nisbatan rangsiz bo’lishi bilan yog’ochlikda ajralib turadi.

O’zak. O’zak poyaning markaziy qismini tashkil etib, hujayralarida har xil moddalar to’plangan va asosiy to’qimadan iboratdir. Daraxt va o’t o’simliklarning poyalari umrining uzun-qisqaligiga ko’ra bir-biridan keskin farqqiladi. O’t o’simliklarning yer ustki novdalari odatda bir yoki ba'zan 2 - 3 yil hayot kechiradi. Daraxt o’simliklar poyasi bir necha yil yashaydi, asosiy poyasi tana hosil qiladi. Butalarda esa ayrim yirik poyalarini tanachalar deb qaralishi mumkin.

. Novda – daraxt,buta va yarimbutalarning o`zida kurtak va barg hosil qiladigan bir yillik shoxi. 2.Novdalarda barg birikkan joy bo`g`im deyiladi. 3.Ikkita barg oralig`idagi qismi bo`g`im oralig`i deb ataladi. 4.Barglar qo`ltig`ida bittadan yoki bir nechtadan bo`lib kurtak joylashadi. 5.Kuz yaqinlashish bilan novdalarning yashil rangi o`zgarib,qo`ng`ir va qizg`ish rangga kiradi. 6.Chunki bu vaqtda ularning po`sti qalinlashadi va ostida po`kak qavat hosil bo`ladi. 7.Novdalar ikki xil bo`ladi. 8.Agar novda barg va kurtaklardan iborat bo`lsa vegetativ novda deyiladi.

Poya yuksak o`simliklarning yer ustidagi asosiy vegetativ organlaridan biridir. Poya uruG’ning murtak qismidagi embrional holdagi poyachaning rivojlanishidan hosil bo`ladi. UruG’ning unishi bilan poya yer betiga chiqadi va myeristema hujayralarning bo`linishi hamda yiriklashishi hisobiga o`sadi.

P oya o`simlikning yer ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi bo`lib, bargni ildiz bilan morfologik hamda funktsional boG’laydi. Uning funktsiyasi suv va unda yerigan minyeral moddalarni ildizdan bargga etkazish hamda bargda hosil bo`lgan organik moddalarni ildizga o`tkazishdan iboratdir. YOruG’lik sevuvchi o`simliklarda poya uzun bo`ladi. U ba`zan suv va boshqa zaxira oziq moddalar to`plovchi ombor vazifasini ham o`taydi. Bundan tashqari, poya nafas oluvchi organ ham hisoblanadi. Ayrim o`simliklarda assimilyatsiya hamda vegetativ ko`payish vazifalarini bajaradi. O`simlik poyalari o`sish xaraktyeriga, shakliga hamda uzun qisqaligiga qarab bir necha xil bo`ladi (25-rasm). Ko`pchilik o`simliklar (kungaboqar, makkajo`xori, (G’o`za)da poyalar tik o`sadi. Ko`tarilib o`suvchi poyalar esa sho`ra, tuyaqorin, shuvoq, izen’ kabi o`simliklarda uchraydi: poyalari tuproqqa suya`nib, o`z gavdasini yuqoriga ko`taradi. Sebarga, o`rmalovchi ayiqtovon va shunga o`xshash qulupnay o`simliklari poyalari qo`shimcha ildiz chiqaradi. Qovun, tarvuz va qovoq o`simliklari palaklari yer baG’irlab o`sadi. Ayrim poyalar (tok, vika, gorox) tanasini tik tuta olmasligi tufayli boshqa o`simliklarga ilashib o`sadi. CHirmashib o`sadigan o`simliklarga pechak, xmel’ poyalari kiradi. O`z poyasini tik tutib tura oladigan, ingichka, uzunpoyali, ilashib, o`ralib o`suvchi poyali o`simliklar lianalar deb ataladi.







Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə