Novdaning morfologik tuzilishi va tiplari


II BOB. NOVDA VA KURTAKLAR METAMORFOZI



Yüklə 127,65 Kb.
səhifə5/8
tarix22.03.2024
ölçüsü127,65 Kb.
#183296
1   2   3   4   5   6   7   8
NOVDA VA KURTAK

II BOB. NOVDA VA KURTAKLAR METAMORFOZI
2.1 Kurtakning tuzilishi

Novda ham ildiz kabi yuksak o’simliklarning asosiy organidir. Novda uchki meristemaning maxsuli bo’lib, ildizga nisbatan ancha murakkab tuzilishga ega. Vegetativ novdada quyidagi qismlarni ajratish mumkin: poya, barglar, bug’imlar, bug’im oraliqlari va kurtaklar.


Kurtaklar – murtak holdagi novdalar hisoblanib, ular uzoq vaqt o’sish va shoxlanish, ya’ni novdalar sistemasini hosil qiladi. Novdagi barglar muhim vazifani, ya’ni fotosintezni bajaradi. Organlarni biriktirib turuvchi poya mexanik, o’tkazish va ba’zan g’amlovchi vazifalarni bajaradi. Nodaning bir butunligi va uning qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar uning shakl o’zgargan ko’rinishlarida ham yaxshi ifodalangan. Novdani ildizdan ajratib turuvchi muhim xususiyati barglar bilan qoplanishi hamda bo’g’imlarga ega bo’lishidir. Poyaning bo’g’imi ba’zi o’simliklarda yo’g’onlashgan yoki yaxshi ifodalangan bo’ladi. Odatda poyada ikki xil bo’g’imlar farq qilinadi. Agar barg yoki halqasimon barglar poyaning asosini to’liq o’rab olsa yopiq, qisman o’ragan bo’lsa, ochiq bo’g’im deb qaraladi. Odatda novdada birnecha bo’g’imlar va bo’g’im oraliqlari bo’lib, ular novdaning o’qi bo’ylab takrorlanadi.Natijada metamer tuzilish kelib chiqadi.
Kurtak - yozilmagan murtak holdagi novdadir. U boshlang’ich meristematik o’q va uning uchki qismida bir – birining ustini qoplab yotgan har xil yoshdagi barg boshlang’ichlarini, ‘ni boshlang’ich metamerlar seriyasidan tashkil topgan.
Vegetativ kurtaklardan tashqari generativ, vegetativ – generativ kurtaklar ham bo’ladi. Bunda vegetativ kurtaklar bir necha metamerlardan iborat bo’lib, o’sish konusi esa boshlang’ich gul yoki to’pgulga aylangan bo’ladi.
Kurtak bu novdaning murtak holatidir. Unda barg va poya murtakda joylashgan singari joylashadi.
Har bir kurtakning tuzilishi o’sish konusini himoya qilishga qaratilgan. Kurtakning tashqi qismini qoplab turuvchi barglar kutin va mumsimon moddani shimib, tangachalar hosil qiladi. Tangachalar temir daraxtida qora rangda bo’lib fiziologik himoya qilish vazifasini bajaradi. Kashtan bargli eman daraxti kurtaklari mayda tuklar bilan koplangan bo’ladi. Kurtak poyada joylashgan o’rniga qarab quyidagi turlarga bo’linadi.





1-rasm: Kurtak


Apikal - uchki kurtaklar. Yon kurtaklar.
Yon kurtaklar barg qo’ynida joylashadi, shuning uchun bu kurtaklarni yon kurtaklar deyiladi. Kurtaklarni faoliyatiga qarab aktiv kurtaklar va yashirin kurtaklarga ajratiladi. Yashirin kurtaklar daraxtsimon o’simliklarda ko’p uchraydi. Qo’shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo’ladi.
Kelib chiqishiga ko’ra: vegetativ kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash kurtaklarga bo’linadi.
Vegetativ kurtaklardan novda, gul hosil qiluvchi kurtaklardan - gul, aralash kurtaklardan bargli to’pgul hosil bo’ladi.
Kurtaklarning shakli va o’lchami har xil bo’lib, ular yumaloq, konussimon, tuximsimon, uchi qirrali va uchi qirrasiz bo’lishi mumkin
Kurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bo’linadi.
1. Navbat bilan - spiral,
2. Qarama - qarshi.
3. Xalqasimon shaklida.
Qarama - qarshi joylanish siren, pista, yalpiz kabi o’simliklarda kuzatiladi.






Yüklə 127,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə