99
Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni
hissiy-
vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yil-
ligida ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqot-
ga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrof-muhitga
yo‘naltiriladi. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu
yoshda nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari si-
fatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
– bolada kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch his-
sini tarbiyalash;
– uning o‘ziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e’tibor ta
-
lab qilishini qondirish;
– kichkintoyning qiziqishlarini rivojlantirishga ko‘maklashish.
Masalan: «Qo‘ling qani? Qo‘lingni ko‘rsat! Kim keldi? Akang
keldimi? “.
Ushbu davrda bola kattalar ko‘magida narsa-buyumlardan foy-
dalanish usullarini o‘rganadi (qoshiq
bilan ovqatlanish, piyoladan
choy ichish, qalamda rasm chizish, stulchaga o‘tirish va boshqalar).
Narsa-buyumlardan foydalanish ehtiyoji nutqiy muloqotni talab eta-
di. Ilk yoshda bola oldida turgan asosiy vazifa narsalardan foydala-
nish usullarini o‘zlashtirish asosida nutqni egallashdan iborat bo‘ladi.
Hayotining ikkinchi yiliga kelib bola narsa-buyumlarning xususi-
yatlarini (hajmi, shakli, rangi) va masofaviy munosabatlari (yaqin,
uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun narsani
yig‘ishni (piramida, mashina kabi o‘yinchoqlarni qismlarga ajrata-
di va qayta yig‘adi) o‘zi uchun kashf qiladi. Biroq, ularni amalda
qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab
chiqilgan usullarini
(qoshiq bilan ovqat yeyiladi, sochiqqa qo‘l va yuz artiladi; qalam bi-
lan rasm chiziladi va h.k.) o‘zicha mustaqil kashf qila olmaydi. Nar-
salarning vazifasi va ularni amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar
o‘rgatishi zarur.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, narsa-buyumlardan foydalanish bo-
ladan faol nutqqa ega bo‘lishni talab etadi.
To‘g‘ri ta’lim berilgan taqdirda yetti yoshga kelib bola og‘zaki
nutqni egallaydi hamda katta yoshli yaqinlari va tengdoshlari bi-
lan erkin muloqotga kirisha oladi; dialogda tashabbus ko‘rsatib fikr
100
bildiradi, suhbatdoshi e’tiborini o‘ziga jalb qilish, unga so‘z, harakat
va so‘zsiz usullar bilan javob bera olishni biladi; fikrlarini to‘liq va
noto‘liq oddiy gaplar, qisqa matnlar shaklida ifodalay oladi;
– tanish ertaklarni hikoya qilib berish, multfilmlar, kitoblar maz
-
munini aytib berish hamda biron-bir voqeani to‘qib
chiqarishga qiziqa
boshlaydilar;
– fikr bildirishlarda nutqning turli qismlarini, tashbehlar, qiyos
-
lashlar va sinonimlarni qo‘llaydi;
– nutqqa tanqidiy munosabat bildira boshlaydi, grammatik jihat-
dan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi, shu tufayli so‘z to‘qish barham topa-
di, agrammatizmlar soni kamayadi; ona
tilidagi barcha tovushlarni
to‘g‘ri talaffuz etadi.
Bolalardagi ko‘plab nutqiy muloqot va ko‘nikmalar
mashg‘ulotlardan tashqarida shakllanadi. Bolalar bog‘chasida bo-
lalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, tarbiyachi
yordamchisi va boshq.) bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida
ro‘y beradi.
Mehnat jarayonida – xo‘jalik-maishiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi
mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi.
O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoli-
yatni shakllantiradi. Bolalarda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim
mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok
etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalash-
ga yordam beradi.
Qurilishga oid o‘yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bo-
lalar uchun qiyin bo‘lgan so‘zlarning (sifatni,
miqdorni, hajmni va
narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini
aniqlashtiradi, faollashtiradi.
Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari
bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to‘g‘ri sur’at, nafas olish,
yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar ja-
rayonida bolalar badiiy matnlar
bilan tanishadilar, esda saqlab qoladi-
lar va ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar.
Didaktik o‘yinlar yordamida bolalarda atrof-olam haqida-
gi bilimlar
mustahkamlanadi, lug‘at mustahkamlanadi, aniq-
101
lashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik o‘yinlar nutqiy mahorat
va ko‘nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so‘zni o‘zgartirish,
hikoya to‘qish va h.q.) qo‘llaniladi.
Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan
imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vositasi
bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To‘g‘ri
tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish,
gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda pedagog, ayniqsa, kichik
guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning
qismlari,
sifati, xususiyati,
qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan
tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga
savol bersa, ularga maishiy lug‘atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalar-
ning lug‘ati boyiydi. Agarda pedagog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash,
sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan
keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: