130
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi
: Bolalar, hozir biz uchun qadrdon bo‘lgan
maktab-
gacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashamiz. Biz maktabgacha
ta’lim muassasasini sevamiz. U bizning ikkinchi uyimiz. Siz mak-
tabga borganingizda o‘qituvchingiz maktabgacha ta’lim muassasasi
haqida so‘rab qolishi mumkin. Shunda siz qiynalib qolmasligingiz
uchun shu mavzuda hikoya tuzishga o‘rganamiz.
1. Siz qatnagan maktabgacha ta’lim muassasasi qaysi ko‘chada
joylashgan?
2. U necha qavatli?
3. Maktabgacha ta’lim muassasasining qanday xonalari bor?
4. Maydoncha, yer uchastkalari bormi?
5. Uning kiraverishi qanday bezatilgan?
Tarbiyachi
: Maktabgacha ta’lim muassasasi haqida suhbatlashib
oldik. Endi kim shu mavzuda hikoya tuzib beradi? (Tarbiyachi namu-
naviy hikoya berishi mumkin).
Maktabgacha ta’lim muassasasi Olmazor ko‘chasida
joylash-
gan. Ikki qavatli. Birinchi qavatida oshxona,
hamshira, mudira
xonalari bor. Shu qavatda muzey xonasi ham bor. Musavvirlar
kiraverishini o‘zbek xalq ertaklaridan lavhalar bilan bezatishgan.
Biz maktabgacha ta’lim muassasasini sevamiz (5–6
ta bolalar
hikoyalari tinglanadi).
Tarbiyachi
: Men hikoyalaringizni eshitib, maktabgacha ta’lim
muassasangizni qanchalik yaxshi ko‘rishingizni bilib oldim.
Hozir
«Maktabgacha ta’lim muassasasi» jumlasini men chaqirgan bola ay-
tadi. Qolgan bolalar aytilgan gap qaysi kayfiyatda aytilganini aniqlay
-
dilar (Bolalar jumlani xafa, xursand kabi holatda-kayfiyatda aytishlari
mumkin).
Dostları ilə paylaş: