135
chi yilda – gap tarkibini eng
oddiy tahlil qilish, nutqning gramma-
tik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); yettinchi yilda
– hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy
tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab
sintaktik tuzilmalarni
ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Didaktik o‘yinlar va grammatik mazmundagi mashqlar – bolalar-
ning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik sohasidagi faolligini
rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birik-
masini o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri
bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
Bolalar fikrlarida murakkab sintaktik tuzilmalarni shakllantirish
-
ni
yozma nutq vaziyatida, ya’ni bola matnni aytib turadigan, katta
yoshli
kishi esa, uni yozib boradigan vaziyatda amalga oshirish
tavsiya etiladi.
Bolaga bir turdagi tuzilmalardan foydalanmagan holda so‘zlarning
to‘g‘ri tartibini qo‘llashni o‘rganishda yordam beradigan mashqlarga
alohida e’tiborni qaratish zarur.
Muhimi, bolada gap tarkibi haqida va har xil turdagi gaplarda
leksikadan to‘g‘ri foydalanish haqida oddiy tasavvurlar shakllansin.
Buning uchun bolalarga gapda so‘zlarni biriktirishning turli usullari-
ni, so‘zlar o‘rtasidagi ayrim mazmunli va grammatik bog‘liqliklardan
foydalanishni hamda gapni intonatsion jihatdan rasmiylashtirishni
o‘rgatish zarur.
Shunday qilib, nutqning grammatik tizimini shakllantirish jara-
yonida sintaktik birliklar bilan amallar bajarish ko‘nikmasi shaklla-
nadi, muayyan muloqot sharoitida va ravon monologik fikrlarni tu-
zish jarayonida til vositalarini ongli ravishda tanlash ta’minlanadi.
Bola nutqi, agarda u atrofdagilarga tushunarli bo‘lsagina ishonchli
muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa fikrni so‘zlarda izchil,
ravon va to‘liq ifodalashga, aniq so‘zlarni tanlashga, talaffuzning
sofligi va to‘g‘riligiga bog‘liq. Qulay shart-sharoitlarda
u yoki bu
darajada ushbu xususiyatlar bolada aniq reja asosida o‘qitish, turli
metodik usullarni qo‘llash yo‘li bilan hosil qilinadi.
Tarbiyachi bolalarning tafakkurini va uning nutqining barcha jihat-
larini, shu jumladan, obrazlilikni ham
ularga atrofdagi hayot, oila va
136
maktabgacha ta’lim muassasasining maishiy hayoti, kishilar mehnati,
ijtimoiy voqea va hodisalar bilan, jonli tabiat
va predmetli olam bilan
tanishish imkonini beradigan darajada rivojlantiradi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar borliqni faol qabul qiladilar va atrof-muhitdagi
hayotga qo‘shilib ketadilar, bu esa ularda so‘z zaxiralarining tez or-
tishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: