142
Bir kun burun sochsang,
Hafta burun o‘rasan.
Birni kessang, o‘nni ek!
Bobongning
tol ekkani-
O‘ziga non ekkani.
Gap bilan shoshma,
Ish bilan shosh!
Ish seni yengmasin,
Sen ishni yeng!
Ko‘pchilik qo‘lda unum ko‘p.
Topishmoqlar bolalarni o‘ylashga, topqirlikka o‘rgatuvchi qa-
dimiy janrlardan biridir.
O‘zbek xalq topishmoqlari
Tunda ko‘rib, cho‘g‘ deysan,
Tongda turib, yo‘q deysan.
(Yulduz)
Keragida
suvga otasan,
Qimirlashin poylab yotasan.
(Qarmoq)
Qo‘shaloq tovoq,
Ichi to‘la yog‘.
(Yong‘oq)
Oyna emas jimirlar,
Tek turolmas, qimirlar.
(Suv)
Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
(Shamol)
143
Kasbi doim taqir-tuqur,
Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir.
(Laylak)
Katta
oppoq dasturxon
Yer yuzini qoplagan,
(Qor)
Birlashtirib kiyimni
Issiq tutadi sizni.
(Tugma)
Og‘zi yo‘g‘u, tishi bor,
Duradgorda
ishi bor
(Arra)
Kundalik tarix o‘zi
Har yerda uning so‘zi.
(Gazeta)
Tez aytishlar
Erkin egatga ertagi ekinni ertalab ekdi.
Shokir sholipoyada shovqin solib, shaqildoqni shaqillatdi.
Bir juft cho‘p ko‘pmi, qo‘sh juft cho‘p ko‘pmi.
Jamila jiydani joyiga joyladi.
Shu mushuk, shum mushuk, shumshuk mushuk.
Tez aytishni tez-tez ayt.
Sovuqda tustovuq sovuq qotdi.
Boqi boqqa, Soqi toqqa bordi.
Qo‘sh qo‘lqop, qo‘shovi ham bo‘sh qo‘lqop.
144
Gulsara gul saralab gul sanadi.
Tubsiz
dengiz dedingizmi, dengiz tengsiz dedingizmi?
O‘ktam ko‘m-ko‘k, ko‘rkam ko‘klam rasmini ko‘p ko‘k qalamda
chizmoqchi.
Zanjir, sarjin, anjir.
Qurilishga terak kerak,
Demak, ekmoq kerak terak.
Tolib turipni tarozida tortib topshirdi.
Oq choynakka oq qopqoq, ko‘k choynakka ko‘k qopqoq.
Oltin o‘tloq – oq o‘tloq.
Xulosa:
Bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligiga erishish
uchun
ularning bilim darajasi, qiziqishi va shaxsiy qobiliyati xususiyatla-
rini hisobga olish muhimdir. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi
bolalar nutqini rejali tarzda rivojlantirish uchun
nafaqat ertaklar bilan
tanishtirish avvalombor ularni asosli ravishda tanlash, eng ahamiyatli
so‘zlarni ularning mavzu jihatdan xilma-xilligi, ya’ni
sifat tarkibi,
ma’nosi bo‘yicha o‘rganishni ta’minlash ham dolzarb masaladir.
Dostları ilə paylaş: