121
Bola uchun katta yoshli odam – bitmas-tuganmas ijobiy emotsi-
yalar, qiziqarli taassurotlar va borgan sayin so‘z muhim ahamiyatga
ega bo‘lib boradigan o‘yinlar manbai hisoblanadi. Kattalar bilan dia-
logga kirishish, narsalar va o‘yinochqlarga egalik qilishga intilarkan,
bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so‘zdan foydalanish haqidagi
chaqiriqqa javob beradi, ba’zida o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fikr bildi
-
radi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir
so‘zli fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq shakllantirilgan iboraga
aylanatirish orqali uning kamchiliklarini «tuzatadi» (Temur dada-
sining mashinasini ko‘rib qoldi: «Bi-bi, dada». Ona: «Dadasining
mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»).
Bola tilni faol o‘zlashtiradi. So‘z ortida turgan
tasavvur yagona
o‘xshashlikdan («lyalya» - katta va kichik qo‘g‘irchoq) ko‘proq
o‘xshatishlargacha, keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalar-
gacha («mol» so‘zidan sigir, qo‘y, echki va ot-eshaklarni ifodalash-
da foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol» so‘zini faqat sigir va
buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha) rivojlanadi. Ayni bitta so‘z
yordamida ko‘p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so‘zi
bir vaqtning o‘zida «bu non», «non bering», «non tushib ketdi» kabi
ma’nolarni anglatishi mumkin va h.k.). Bola asta-sekin bu munosa-
batlarni grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki so‘zli, keyin-
roq esa uch so‘zli gaplar orqali ifodalashni o‘rganadi. Ikkinchi yil-
ning oxiriga kelib, dastlabki grammatik shakllar paydo bo‘ladi. Bola-
ning so‘z zaxirasi ortadi. 1 yoshu 6 oyda uning so‘z zaxirasi 30–40 ta
so‘zni tashkil qilishi lozim. Fikrlar asosan bir tarkibli gaplardan iborat
bo‘ladi. Bunda nonutqiy dialog vositalari (ifodali harakat, bevosita
namoyish qilish, ko‘zlarning to‘qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar
va boshq) hamon hukmron bo‘ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma’nosini
va ularda qo‘llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi.
2 yoshga kelib bolaning so‘z zaxirasi 200–300 tagacha o‘sadi. Uning
fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan
ikki-uch tarkibli
iboralardan iborat bo‘ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita dialog-
ga kirishgan vaziyatda esa nutqiy dialog yetakchi dialog turiga aylanadi.
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko‘proq
keng qamrovli vazifalar doirasida, eng avvalo, katta yoshli yaqin qa-
122
rindoshlari va bolalar bilan munosabatga kirishish hamda ular bilan
birgalikda harakat qilish (nutqning kommunikativ vazifasi), atrof-
olamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali davom etadi. Bola
nutqiy dialogning asosiy shaklini - dialogik nutqni o‘zlashtiradi. U
tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishni, savollar berishni, javob kutishni,
o‘zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va taklif-
lar bilan murojaat qilishni o‘rganadi. Bola o‘z
istak-xohishlari, his-
siyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan natijalarga erishish uchun
so‘zlardan foydalanadi. Biroq, bola tomonidan foydalanilayotgan
so‘zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo‘lib, u keng qamrovli
ma’nolarni anglatadi. So‘z va predmetli harakatlarni qo‘llash, ular bi-
lan mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli kishi bola bilan
o‘zaro bir-birini tushunishini va uning tilini boyitishni yo‘lga qo‘yadi.
Bola tashabbus ko‘rsatish orqali dialog subyekti, teng huquqli
hamkor sifatida chiqadi. O‘zini tushunishlariga intilish, o‘z istak-
xohishlarining bajarilishiga erishish bolani to‘g‘ri so‘zlashga majbur
qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan dialogga kirirish emotsional
aloqa o‘rnatish va o‘z shaxsiga e’tiborni jalb qilishga yordam beradi:
bolalar bir-birlari bilan o‘ynash jarayonida o‘z harakatlarini nutq
bilan
sharhlab boradilar, ammo hozircha ular bir-biriga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yuzlanib, murojaat qilmaydilar.
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib bolaning til muhitidagi faol
yo‘naltiruvchi faoliyati boshlanadi. Bu quvonchli kechinmalar ta’siri
ostida vujudga keladigan tovushlar bilan turli o‘yinlarda («shovqin-
li qo‘shiqlar») va oddiy so‘z ijodkorligida («golf-molflar», «o‘yin-
po‘yin» va boshq.) ko‘rinadi.
Bu yoshda u kattalar bilan dialogda ko‘rgazmali-taassurotli vazi-
yatga tayanmagan holda o‘z taassurotlarini nutqda ifodalay bosh-
laydi. Bolalar o‘zlari o‘qib chiqqan kitoblari, tinglagan ertaklari va
o‘zlarining ilgarigi tajribalari haqida (Mustaqillik maydoniga, hayvo-
not bog‘iga uyushtirilgan sayohat, qorbobo sovg‘alari va boshqalar
haqidagi xotiralar) fikr bildira boshlaydilar.
Dostları ilə paylaş: