117
o‘xshaysan, bunday qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo
so‘zining ma’nosi bo‘lmaydi. Shunday kishini notiq (suxango‘y) dey-
mizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi
unga ma’lum bo‘lsin. Bunday kishilar oqil (aqlli) lar qatoriga kiradi.
…Bilgan so‘zingni o‘z joyila ishlatgin, vaqtni bekor o‘tkazmagin.
Agar vaqtni bekor o‘tkazsang, donishmandlikka putur
yetkazgan
bo‘lasan. Hamma vaqt to‘g‘ri gapir, be’sanilikni da’vo qilguvchi
bo‘lmagin, bilmagan ilmdan gapirmagil, shunda
ilmdan non talab
qilma. Har qanday talabing bo‘lsa, bilgan ilm, ma’rifat va hunardan
hozir bo‘ladi. Bilmagan ilm, ma’rifat va hunarni bilmagan deb da’vo
qilsang nech narsa hosil bo‘lmaydi va behuda zahmat chekasan.
Har bir so‘zga
quloq sol, tezlik qilma. O‘ylamasdan so‘zlama.
Har bir so‘zni o‘ylab gapir, xato aytgan gapingdan pushaymon
bo‘lmagaysan (
Dostları ilə paylaş: