116
Demak, til qanchalik zo‘r bo‘lmasin,
u nutq uchun qurol sifatida
xizmat qilarkan. Uning kuch qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar
ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning
qudratiga ham bog‘liq.
Buyuk bobomiz A. Novoiy so‘zga shunday baho berganlar.
«So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin,
So‘zdirki, berur jonga xabar jonondin.
Insonki so‘z
ayladi judo hayvondin,
Balki, guhari sharifroq yo‘q ondin».
Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri
«Qobusnoma»da ham til va nutqqa alohida e’tibor
berilganki, ular
hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ko‘ramiz. Kaykovus bar-
cha hunarlar ichida so‘z hunari – notiqlikni a’lo deb biladi: «Bilinki
hamma hunardan so‘z hunari yaxshi».
Shuning uchun ham kishi suxandon va notiq bo‘lishni ta’kidlaydi.
Muallif notiqlikni egallashning yo‘lini tinimsiz mehnat va o‘rganish
deb uqtiradi.
Hikoyat:
«Shunday deb eshitdimki, bir
kecha Xorun ar-Rashid bir
tush ko‘rdi. Ya’ni og‘zidagi hamma tishlari to‘kilib tushgan emish. Er-
talab turib bir ta’birchini chaqirib bu tush ta’biri nima ekanini so‘radik.
Ta’birchi dedi: Ey amir al mo‘min sening huzuringda barcha qarindosh-
urug‘laring o‘ladi, sendan boshqa hech kishi qolmaydi».
Dostları ilə paylaş: