119
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar
suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Maz-
kur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish)
usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi
so‘zlarini bo‘lmasdan
tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kut-
gani holda o‘zini
tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish,
ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z
kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning
barchasi suhbat pay-
tida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni
ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralari
-
ni, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
Bolaning kattalar bilan dialogining dastlabki belgilari «jonlanish
kompleksi», ya’ni bolaning kattalarga nisbatan
emotsional-ijobiy mu-
nosabati ko‘rinishida paydo bo‘ladi. 2–2,5 oydan boshlab kichkintoy
dialogga kirishishni faol talab qila boshlaydi.
Dialogning birinchi shakli – emotsional-erkin (vaziyat-shaxs)
shakldir. Bu boshqa odamga bo‘lgan
qiziqish, unga nisbatan emot-
sional munosabat bilan tavsiflanadi. Dialogning bunday shakli bola
hayotining birinchi yarim yilligiga xos holatdir.
Dialogning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni
emotsional-
vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim
yilligida ro‘y beradi. Bu dialog predmetlar orqali vositali dialogga
aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrofdagi olamga
yo‘naltirilgandir. Unda yangi taassurotllarga e’tiyoj yorqin paydo
bo‘ladi. Bu yoshdagi rivojlantirish vazifalari quyidagilardan iborat:
Bolalar muassasalarida, oilada bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan
kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va
ishonch hissini tar-
biyalash. Unga nisbatan ijobiy diqqat-e’tiborga bo‘lgan ehtiyojni
qondirish. Kichkintoyning uni o‘rab turgan atrof-olamga va uning
o‘ziga nisbatan qiziqishni rivojlantirishga ko‘maklashish.