118
13-§. Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari
Reja:
1. Bolalarni dialogik nutqqa o‘rgatish muammolari.
2. Bolalarga dialogik nutqni o‘rgatish usullari.
Tayanch tushunchalar:
dialog, imitatsiya metodi, talaffuz, gram-
matik ko‘nikma, dialogik nutq, jonlanish kompleksi, emotsional, ijo-
biy munosabat.
1. Bolalarni dialogik nutqqa o‘rgatish muammolari.
Dia-
logik nutq ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasida amalga oshiriladi.
Nutqning bu ko‘rinishi o‘ziga
xos xususiyatlarga ega, bu nutq keng
jumlalarni talab etmaydi. Shuning uchun dialogik nutq tarkibida
to‘liqsiz gaplar juda ko‘p bo‘ladi. Bunday nutq tarkibida so‘roq va
undov gaplar ham uchraydi.
Dialogik nutqning
mazmuni va vazifalari
Dialog – suhbat bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan mulo-
qotining asosiy shakli hisoblanadi
Bolalar bog‘chasida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi:
a)
erkin nutqiy muloqot
b) maxsus mashg‘ulotlarda
Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bola-
lar lug‘atini boyitishning talaffuzga oid grammatik ko‘nikmalarini
tabiiy ravishda rivojlantirish, ravon nutq ko‘nikmalariga ega
bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashg‘ulotlarda
o‘qitiladi (oyiga 1–2 ta mashg‘ulot); Bolalar bog‘chasida bo‘lib
turgan vaqti mobaynida bola erkin
muloqotda pedagog va boshqa
bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan
turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni
(yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish
odatda suhbat shaklida, ya’ni kat-
talar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr
almashish shaklida ro‘y beradi.
Dostları ilə paylaş: