111
kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga
kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish
odatda
suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o‘rtasida hamda bo-
lalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar
suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Maz-
kur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri
bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi
so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash
uchun qulay paytni kut-
gani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish,
ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z
kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning
barchasi suhbat pay-
tida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni
ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralari
-
ni, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: