109
12-§. Ravon nutqini rivojlantirish
Reja:
1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari.
2. Ravon nutq mohiyati.
3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa
o‘rgatish.
4. Til tafakkur quroli va muomala vositasi.
Tayanch tushunchalar:
ravon nutq, dialog muloqot, muomala,
individuallararo, ichki individual, umuminsoni,. akustik va artiku-
latsion jihat, imitatsiya metodi.
1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari.
Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini
tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir.
Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi:
ravon nutq
bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qa
-
bul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to‘g‘ri ifodalash
qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasi-
ni o‘zgartirish murakkablashib borayotgan
bola faoliyati oqibati
bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti,
muloqot shakliga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot
va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk
yoshdan boshlab asta-sekin ro‘y beradi.
Bolalar hayotining dast-
labki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida
nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida
e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: indivi-
duallararo, ichki individual va umuminsoniy.
Til millatning noyob xazinasi bo‘lib, doimo og‘zaki va yozma
holda, namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq so‘zlayotgan kim
bo‘lishidan qat’i nazar, nuri hisoblanadi. Tilning
olijanob imkoni-
yatlar nutq orqali nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning
cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So‘z va g‘azal
110
sultoni A.Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. «Til
shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib
chiqsa tilning manfaatidir».
Demak, til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchun qurol sifati-
da xizmat qilar ekan. Uning kuch, qudrati nutq
jarayonida namoyon
bo‘lar ekan.
Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir.
O‘qning qudrati, ka-
monning qudratiga ham bog‘liq.
Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vosi-
tasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajralib turadigan ham til
emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng
oliy mahsul-
lari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur
mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir.
Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni
bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga
egadir:
Dostları ilə paylaş: