Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati



Yüklə 78 Kb.
səhifə8/9
tarix21.10.2023
ölçüsü78 Kb.
#130553
1   2   3   4   5   6   7   8   9
NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYATI

Nutqning mantiqiyligi. Mantiqiylik nutqning tinglovchi tomonidan to'g'ri va to'liq anglanilishi uchun zaruriy bo'lgan sifatlardan biridir. Mantiqiylikdan mahrum bo'lgan biron-bir nutq kishilar o'rtasidagi tayinli aloqani ta'minlay olmaydi. Nutqning mantiqiyligini to'g'rilik va aniqlik sifatlaridan ajralgan holda ham tasavvur etib bo'lmaydi. Chunki to'g'ri va aniq bo'lmagan nutq hech qachon mantiqiy bo'lishi mumkin emas. Zotan, to'g'ri va aniq bo'lmagan nutqdan mantiqiylikni izlab topish mumkin emas. Adabiy til me'yorlariga zid tarzda tuzilgan va tegishli birliklar noo'rin tanlangan nutqqa mantiq begona bo'lishi tabiiy.
Fikr tarkibi va qurilishining to'g'ri ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosi deyish mumkin. Nutqda til vositalarining mantiq va to'g'ri tafakkur qonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy birikishi nutq mantiqiyligini baholashning bosh o'lchovi hisoblanadi. Shunga ko'ra mantiqiylik sifatini nutqda so'zlar va gaplar o'rtasidagi semantik aloqalarning fikrning mantiqiy mohiyatiga hamda uning rivojlanib borishiga qat'iy mosligi tarzida ta'riflash maqsadga muvofiqdir.
Aytish mumkinki, nutqning mantiqiyligi struktura nuqtai nazaridan ko'proq tilning semantik sathi bilan bog'liqdir. Boshqacha qilib aytganda, nutq tuzuvchi nutqning mantiqiyligiga erishish uchun til birliklarining sintagmatik imkoniyatlarini yaxshi bilishi lozim. Lekin buning o'zigina yetarli emas. So'zlovchi, eng avvalo, bayon etmoqchi bo'lgan fikrini, bildirmoqchi bo'lgan xabarini va u bilan bog'liq tafsilotlarni, ayni paytda mantiq qonuniyatlarini yetarli darajada tasavvur etmas ekan, u mantiqli nutq tuza olmaydi. Bu o'rinda nutq tuzuvchining tafakkur qobiliyati juda muhimdir. Ko'rinadiki, nutqning mantiqiy bo'lishi uchun ham lisoniy, ham g'ayrilisoniy omil ishtirok etadi.
Mantiqiy nutq tuzish uchun so'zlovchi fikr predmetini atroflicha bilishi, mantiqiy tafakkur qoidalaridan boxabar bo'lish kabi g'arilisoniy talablar bilan bir qatorda til birliklarining leksik-semantik mohiyati, ularning sintagmatik xususiyati kabi lisoniy bilimlarni ham nazardan qochirmasligi kerak.
Umuman, nutqning mantiqiyligi fikr rivojining izchilligi, tushunchalar va fikrlar o'rtasidagi munosabatlarning mantiqiyligi, nutq predmetining aniqligi, fikr libosining fikricha majburiyatsiz loyiqligi asosida yuzaga keladi. Mantiqiylikdan mahrum bo'lgan matn nutqiy muloqot uchun yarashiqsiz va yaroqsizdir.

Yüklə 78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə