O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
O\'quv qo\'llanma

2.4. Yalpoqlash (razgonka) 
Yalpoqlash (razgonka) – bu zagotovka qalinligini kamaytirgan holda
zagotovka yoki uning qismini kattartirishga aytiladi (2.35-rasm). Bu operatsiyaning 
asosiy maqsadi pokovkaning uncha katta bo’lmagan balandlikda katta (keng) 
bo’lgan yuzani olishdir. Yalpoqlash jarayoni boyoqlar bilan yoydirib, olib boriladi. 
Boyoqlar bilan yalpoqlash uchun zagotovkani boyoqning uzun tomoni bo’ylab 
joylashtiriladi, siqishlar esa maksimal uzatmalarda bajariladi. Natijada zagotovka 
o’zining balandligini o’zgartirgan holda yalpoqlash joyida sezilarli darajada 
kengayadi. 
To’rtburchak shakldagi zagotovkalarni yalpoqlashdan tashqari bu operatsiyani 
disk turidagi zagotovkalarni qalinligini kamaytirib, diametrini kattartirishda qo’llash 
mumkin. Bolg’alash jihozlarida disklarni yalpoqlanganda, zagotovkani odatda 
aylantirma uzatishni amalga oshirtirib, xar bir zarbdan so’ng aylantiriladi. Agarda 
yalpoqlash presslarda amalga oshirilsa, u holda zagotovka qo’zg’almas qilib 
o’rnatiladi, aylanuvchi mexanizm yordamida pressning xar bir yurishidan so’ng 
yuqorigi boyoq aylandi.


74 
2.35-rasm. Yalpoqlash sxemasi:
a – qayta siqish; b – yalpoqlash
boshlanishi; v –
yalpoqlash
xarakatlanishining ketma – ketligi; g 
– silliqlangandan keyingi zagotovka
O’yiqga yoki bo’rtiqqa ega bo’lgan val turidagi pokovkalarni bolg’alab – 
cho’zishda qayta siqishdan foydalaniladi. O’yilgan belgini o’yiq yoki bo’rtiq 
balandligigacha keltirish uchun turli shakldagi asboblardan foydalanilanish mumkin 
(2.36-rasm). 
2.36-rasm. Qayta siqish sxemasi:
a – dumaloq yoyuvchi va qayta siqish bilan; b – teng yonli uchburchak bilan; d – bir tomonli 
uchburchak bilan; e – qirralari qiyshaygan fasonli; f – qirralari bo’rtilgan fasonli; g – yarim 
ovalli
O’yiqlikni va bo’rtiqlikni olish sxemalari 2.37-rasmda keltirilgan. Pokovkada 
bo’rtiqlikni ikkita boshlang’ich do’nglikni xosil qilib olish mumkin. O’yiqlikni xosil 
qilib, so’ngra bolg’alab – cho’zish bilan ekstsentrik va krivoship vallarni tayyorlash 
mumkin (2.38-rasm).


75 
 
2.37-rasm. Xosil bo’lish sxemalari:
a – boyoqlar yordamida ikki tomonli bo’rtiqlik; b – yassi yoki yarim dumaloq yoyuvchilar 
yordamida ikki tomonli o’yiqlikni xosil qilish; d – yoyuvchilar bilan bir tomonli o’yiqni xosil 
qilish; e – boyoqlar bilan bir tomonli bo’rtiq; f – boyoqlar bilan bo’rtiqlikni xosil qilish.
 
2.38-rasm. Ekstsentrik (a) va krivoship (b) vallar pokovkalarini olishda o’yiqlarni 
xosil qilish va keyinchalik bolg’alab – cho’zish 
Agarada metall tolalari kesilishi mumkin bo’lmasa, u holda bo’rtiqlik va 
o’yiqlik xosil qilishda qayta siqishdan foydalanilgan holda, katta radiusli asbob bilan 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə