O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


Toshkent davlat texnika universiteti Kengashi (2022 yil. “____”



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
O\'quv qo\'llanma

Toshkent davlat texnika universiteti Kengashi (2022 yil. “____”____ ____ 
son qarori) bilan nashrga tavsiya etildi.



Kirish 
Issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash – bu metallarga bosim bilan ishlov 
berish turlarining bir guruhi bo’lib, unga bolg’alash, presslash, sovuq va issiq holda 
shtamplash operatsiyalari kiradi. 
Hozirgi zamondagi metallarga ishlov berish sanoatida issiq holda bolg’alash va 
xajmiy shtamplash zagotovkalar va detallarni tayyorlashda asosiy usullardan biri 
hisoblanadi. Issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash bilan massasi o’n 
grammdan yuzlab tonnagacha, hamda o’lchamlari bir necha santimetrdan o’nlab 
metrgacha etadigan zagotovka va detallar ishlab chiqariladi. Bu usullar bilan 
olinadigan detal va zagotovkalar yuqori mustahkamlik va zarbiy qovushqoqligi bilan 
ajralib turadi va shuning uchun ham og’ir sharoitda ishlaydigan mashina detallari 
aynan bolg’alash va shtamplash usullari bilan olinadi. Xajmiy shtamplash o’zining 
yuqori samaradorligi bilan farqlanadi va shu sababli yirik seriyali ishlab 
chiqarishlarda qo’llaniladi. Biroq antiqa mashinalarning yuqori bosimlarda va qiyin 
sharoitlarda ishlaydigan detallarini donali ishlab chiqarilishi sababli, bolg’alash 
texnologik jarayoni ham xozirgi vaqtda talab etilgan jarayonlardandir. Xozirda 
Shunday holat kuzatilmoqdaki, xajmiy shtamplashga qaraganda bolg’alab 
olinadigan zagotovkalar soni kamaymoqda, biroq ishlab chiqarish xajmi bo’yicha 
uning o’sishi kutilmoqda. Issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash 
mashinasozlik zavodlarida, hamda metallurgik korxonalarining temirchilik va 
bolg’alash – shtamplash sexlarida keng qo’llanilmoqda. 
Sovuq holda xajmiy shtamplash bilan prutoklardan xajmiy mahsulotlar 
tayyorlanadi. Ularga masalan, qotiruvchi detallar (boltlar, gaykalar, mixlar, 
parchinlar), shariklar, roliklar, avtomobil, traktor, samolyot va boshqa 
mashinalarning detallari. 
Sanab o’tilgan har bir metallarga bosim bilan ishlov berish jarayoni o’ziga 
xosligi bilan ajralib turadi va biron – bir detal ishlab chiqarishdagi texnologik 
jarayonini ishlab chiqishda aytib o’ziga xos bo’lgan tomonlarini e’tiborga olish 
kerak. 



Issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash soxasiga o’zlarining mashaqqatli 
mehnatlari bilan ulkan xissalarini qo’shgan quyidagi olimlarni eslab o’tishimiz 
lozim: I.M. Pavlov, M.V. Storojev, E.I. Semyonov, YA.M. Oxrimenko, V.A. 
Tyurin, O.M. Smirnov, V.P. Romanovskiy, G.A. Navrotskiy, L.A. Shofman, E.A. 
Popov, A.N. Malov, M.E. Zubsov, A.D. Tomlenov, Yu.A. Averkiev, E.I. 
Isachenkov, L.I. Rudman, A.G. Ovchinnikov, O.A. Ganago, L.I. Jivov, A.D. 
Matveyev, V.A. Lebedev, V.T. Mesherin va boshqalar. 
“Issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash” fanining maqsadi issiq va sovuq 
holda shtamplash yo’li bilan rangli, qora metallar va qotishmalardan yarim tayyor 
mahsulot va detallarni olish asosiy texnologik jarayonlari bilan tanishish.
Issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash fanini o’rganishda quyidagi 
bilimlarni o’zlashtirishga imkon beradi: 

issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplashda qo’llaniladigan atamalar, 
terminlar va operatsiyalarning mohiyati; 

issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash texnologik jarayonlarni 
tuzishdagi asosiy printsiplar; 

issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplashda qo’llaniladigan asosiy jihozlar 
va asboblar; 
Quyidagi ko’nikmalar shakllanadi: 

talab etiladigan jihozni tanlash va kuchlanishini hisoblash; 

mahsulotning yuqori sifatiga erishishda texnik echimlarni baholash; 

texnologik jarayonlarning asosiy parametrlarini hisoblash. 
Shunday qilib, issiq holda bolg’alash va xajmiy shtamplash fani 5322100 – 
Metallar texnologiyasi “Metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari” 
yo’nalishida tahsil olayotgan bakalavr talabalarini kelajakda mutahassisligi bo’yicha 
etuk kadr sifatida tayyorlashda katta rol o’ynaydi. 

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə