O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
O\'quv qo\'llanma

Solishtirma issiqlik sig’imi
(J/(kg·grad)) 1 °C ga zagotovka massasining 
birligini qizdirish uchun kerak bo’ladigan issiqlik miqdori bilan tavsiflanadi. Issiqlik 
sig’imi qanchalik katta bo’lsa, zagotovkani qizdirish uchun ketadigan vaqt ham 
shunchalik katta bo’ladi, hamda zagotovkaning kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lib, 
xaroratga deyarli bog’liq emas. Zagotovkaning zichligi qancha yuqori bo’lsa, uning 
yuza massasi kattaligiga nisbati shuncha kichik bo’ladi va zagotovkani qizdirish 
uchun unga ko’proq issiqlik yuborishga to’g’ri keladi.
Xarorat o’tkazish koeffitsient
(m
2
/s) metallni qizdirish tezligini baxolash uchun 
xizmat qilishi mumkin. Xarorat o’tkazish koeffitsienti po’latning kimyoviy tarkibiga 


22 
bog’liq. Masalan, sovuq holdagi past uglerodli po’lat uchun xarorat o’tkazish 
koeffitsienti kattaligi xrom nikelli po’latnikiga qaraganda besh barobar kattaroq. 
Kam uglerodli po’latlarda xarorat oshgani sari xarorat o’tkazish koeffitsienti ikki 
barobar kamayadi. 
Qizdirish jarayonida metallda termik va strukturaviy kuchlanishlar paydo 
bo’lishi mumkin. Bu kuchlanishlar metallni buzilishiga olib keladi. Agarda 
metallning plastikligi yuqori bo’lsa, maksimal termik kuchlanishlar soxalarida 
plastik deformatsiya vujudga keladi va metall buzulmaydi. Shuning uchun 
metallning plastikligi qanchalik katta bo’lsa, uni shunchalik katta tezlikda qizdirish 
mumkin.
Alangali pechlarda po’latlarni qizdirganda oqsillanish yoki kuyundi xosil 
bo’lishi va zagotovka yuzalari uglerodsizlanishi kuzatiladi. Po’latlarni qizdirganda 
kuyundilarni oldini olish usullariga quyidagilar kiradi: 
-
qizdirish tezligini oshirish;
 
-
pechda himoyaviy atmosferadan foydalanish. Bunday sharoitga tabiiy gazni 
yoqgan holda erishish mumkin
.
 
-
zagotovkalarda himoyaviy qoplamalardan foydalanish. Masalan, shishaning 
kolloid eritmasi.
 
Xrom, nikel, kremniy va boshqa elementlar bilan po’latni legirlash natijasida, 
po’lat yuzasida mustahkam qobiq xosil bo’ladi va bu qobiq uni oqsillanishdan 
saqlaydi. Kuyundi xosil bo’lishini oldini olish yo’li bo’lmasa, kuyundi turli xil 
(kuyundi sindiruvchi, gidro urib tushirish va xokazo) usullar bilan tozalanadi.
Diametri 100 dan 300 mm gacha bo’lgan sovuq zagotovkalarni, hamda kichik 
quymalarni qizdirish uchun ketadigan vaqtni aniqlash uchun N. N. Dobroxotovning 
emperik formulasidan foydalanamiz: 
𝑇
𝑛
≥ 𝑎𝐷
𝑧𝑎𝑔
√𝐷
𝑧𝑎𝑔,
 
(1.1) 
T

– qizdirish vaqti, s; D
zag 
– ko’ndalang kesimi dumaloq bo’lgan zagotovka 
diametri, m. 


23 
Quyidagi formula faqatgina po’latlarni oddiy sharoitda qizdirganda, ya’ni t
p

1300 °C va t
n
= 1200 °C bo’lganda ishlatish mumkin. 
𝑎
– koeffitsienti formulada 
zagotovka turini e’tiborga oladi va po’latlar uchun 10 dan 25 qiymatni qabul qiladi. 
Induktsion qizdirish 
Induktsion ta’sir shakllangan elektromagnit energiya oqimini kichik 
masofalarga uzatilishi va ularni zagotovkada issiqlik energiyaga aylanishiga 
asoslangan. Bunday energiya oqimini olishda induktiv – katushkalardan 
foydalaniladi. Ular suv bilan sovutib turiladigan misli trubalardan iborat. Induktsion 
qizdirishda katushka – induktor birinchi o’ram hisoblanadi, ikkinchi o’ram bo’lib 
qizdirilayotgan metall hisoblanadi. U induktorga joylashtiriladi. Turli xil chastotali 
o’zgaruvchan 
kuchlanishli 
maxsus 
generatorlarga 
induktorlar 
ulanadi. 
Qizdirilayotgan metallda issiqlik energiyasi elektromagnit induktsiyasi qonuni 
asosida vujudga keladigan o’zgaruvchan elektr toki (Fuko tok bo’ronlari) uning 
orasidan o’tishi natijasida vujudga keladi. 
Induktsion qizdirishning asosiy ustunliklari: qizdirishning yuqori tezligi, 
kuyundiga chiqib ketadigan metallning kamayishi, kuyundilar kamayishi natijasida 
shtampning turg’unligi oshishi, induktsion qurilmani avtomatlashtirish, mehnat 
sharoitlarini 
yaxshilanishi, 
zagotovkalarni 
qizdirish 
rejimi 
turg’unligi, 
shtamplashdan oldin kuyundilarni tozalash ishlari yo’qligi, qurilmaning 
kompaktligi. 
Induktsion qizdirishning asosiy kamchiliklari: qurilmaning qimmatligi, 
qizdirishga ketadigan elektr energiya xajmi kattaligi, zagotovkalar o’lchami turlicha 
bo’lganda bir necha induktorlarga ega bo’lish kerak, fasonli zagotovkalarni 
qizdirishda maxsus turdagi induktorlarga ega bo’lish. 
Kontaktli elektrqizdirish 
Bu usulning ishlash printsipi zagotovkadan yuqori kuchga ega bo’lgan tokni 
o’tkazishga asoslangan. Tok o’tish paytida qarshilikka uchrab, zagotovkada issiqlik 
vujudga keladi va zagotovka qiziydi. Konaktli elektrqizdirish qurilmasi 
transformator ko’rinishida bo’ladi va uning ikkinchi o’rami bitta aylanali misli truba 
bo’ladi. Bu misli truba suv bilan sovutilib turiladi (1.8-rasm). Birinchi o’ram bir 


24 
necha bo’limlardan iborat bo’lib, u ikkilamchi kuchlanishni 5÷14 volt oralig’ida 
sozlash imkonini beradi. Qizdirilayotgan prutok ikkilamchi o’ram qatoriga ulanadi. 
Qurilmalar 50 
Gts
chastotali tokda ishlaydi.
Bu usul bilan profilli zagotovkalarni va doimiy ko’ndalang kesimga ega 
bo’lgan uzun detallarni qizdirish tavsiya qilinadi. Amaliyotda quyidagi qizdirish 
sxemalari qo’llaniladi: zagotovkaning uzunligi bo’yicha qizdirish, faqatgina bir 
uchini qizdirish, uzun zagotovkaning ayrim soxalarini qizdirish, bir vaqtning o’zida 
zagotovkaning bir necha soxalarini qizdirish. 
Bu usulning kamchiliklari bo’lib kontaktlarning turg’unligining pastligi va 
zagotovkaning uzunligi bo’yicha notekisligi. 
Elektr qarshilik pechlarda qizdirish 
Elektr qarshilik pechlari alangali qizdirish pechlari singari jihozlangan, lekin 
ularda forsunkalar o’rniga ishchi bo’shliqda qizdirgich vazifasini bajaruvchi 
qarshilik elementlari o’rnatilgan. Qarshilik pechlarining qizdirish elementlari katta 
Om qarshiligiga bardoshli qotishmalardan tayyorlanadi. 1000÷1100 °C oralig’idagi 
xaroratlarda xromli qotishmalar qo’llaniladi, masalan X15Н60. Undan yuqori 
xaroratlarda temirxromalyumin qotishmalaridan foydalaniladi. Ishchi xarorati 
1300÷1500 °C bo’lgan pechlarda turli o’lchamlarga va sterjen shaklidagi silit va 
disilitsidmolibdenli qizdirgichlar qo’llaniladi. Po’latlar uchun bu turdagi qizdirish 
qimmat hisoblanadi. Bundan tashqari bunday pechlarda po’latni qizdirishda kerakli 
xaroratni olish qiyindir. Buning asosiy sababi pechning qizdirish elementlari 
turg’unligining pastligidir. Elektrqarshilik pechlarini odatda nisbatan past xaroratda 
qizdirilishi lozim bo’lgan, rangli metallardan yasalgan zagotovkalarni qizdirishda 
qo’llaniladi. 


25 
1.8-rasm. Kontakt elektroqizdirish sxemasi: 
1-qizdirilayotgan zagotovka; 2-kontaktlar; 3-transformatorning ikkilamchi o’rami; 4-
transformatorning birlamchi o’rami; 5-kontaktor 
Tuz, shisha va elektrolit eritmalarida zagotovkalarni qizdirish va himoya 
qatlamlarini xosil qilish 
Zagotovkalar yuzasini oqsillantirishdan himoya qilish uchun zagotovkalar turli 
eritmalarda qizdiriladi. Diametri 70 mm bo’lgan zagotovkalar ayrim xollarda BaCl
2
tuz eritmasi bor vannada qizdiriladi. U yerdagi xarorat 1000÷1300 °C bo’lganida 
metall elektrodlar orqali elektr tokini o’tkazib, ushlanib turiladi. Shtamplashdan 
oldin tuz zagotovka yuzasidan oddiy suvga tushirish orqali olib tashlanishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Zagotovkalarni alangali pechlarda qizdirishga qaraganda tuzli eritmalarda 
qizdirish 20 % ga arzonroq va qizdirish vaqti 2.5÷3 barobar tezroq bo’ladi.
Diametri 100÷180 mm gacha bo’lgan zagotovkalar 1300 °C gradusgacha 
alangali yoki elektr pechlarda eritilgan shisha massasida qizdiriladi. Qizdirilgandan 
so’ng shishadan zagotovka yuzasida xosil bo’lgan himoya qoplamasi zagotovkani 
oqsillanishdan va tez sovushdan saqlaydi, hamda moylash materiali sifatida 
foydalaniladi. Zagotovkalar eritilgan soxalarda qizdirilganda kuymaydi va o’ta qizib 


26 
ketmaydi. Eritilgan shishada zagotovka qizdirilganda uning yuzasidagi kuyundilar 
erib ketadi.

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə