O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


 Bolg’alash va hajmiy shtamplash uchun zagotovkalarni qizdirish



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
O\'quv qo\'llanma

1.3. Bolg’alash va hajmiy shtamplash uchun zagotovkalarni qizdirish 
harorati 
Xajmiy shtamplash texnologiyasida quyidagi turdagi termik ishlov berish 
amalga oshiriladi: boshlang’ich, oraliq va yakuniy. Boshlang’ich termik ishlov 
berish asosiy shakl o’zgarish operatsiyasidan oldin qo’llaniladi, oraliq termik ishlov 
berish shakl o’zgarish operatsiyalar oralig’ida qo’llaniladi, yakuniy termik ishlov 
berish plastik deformatsiya tugaganidan so’ng bajariladi. Birinchi ikkita termik 
ishlov berish zagotovkalarning plastikligini oshirishda qo’llaniladi, yakuniy termik 
ishlov berishda esa shtamplangan pokovkada detalga qo’yiladigan fizik-mexanik 
xossalarni ta’minlovchi struktura xosil bo’ladi. Sovuq holda shtamplashda 
zagotovkalarni texnologik deformatsiyalanishini oshirish maqsadida qo’llaniladigan 
termik ishlov berishga “mustahkamlikni kamaytirish” termik ishlov berish deb 
ataladi. Bunday termik ishlov berishdan so’ng, metall deformatsiyalanishi asbob 
turg’unligini va stabil ishlashini, makro- va mikro yoriqlarsiz eng kam o’tishlar 
sonini, kuchlanishlar va boshqa nuqsonlar vujudga kelmaslikni ta’minlaydi. 
Qo’yilgan masalalarni deformatsiya rejimlari va termik ishlov berishni birgalikda 
qo’llagan holda yechish mumkin. Termik ishlov berish rejimini tanlash kimyoviy 
tarkib va shtamplanayotgan material strukturasi, shtamplash texnologiyasi va 
detalga qo’yiladigan ekspluatatsion talablariga bog’liq. 


29 
Boshlang’ich termik ishlov berish kalibrlashgacha, kalibrlashning birida va 
kalibrlashdan so’ng o’tkaziladi. Issiq holda prokatlangan metallar bir jinsli 
bo’lmagan strukturaga ega bo’ladi. Bunga sortli prokatlashda dinamik qayta 
kristallanish va keyingi sovutishda ikkilamchi qayta kristallanish to’liq plastiklikni 
ta’minlamasligi sabab bo’ladi. Bundan tashqari uglerodi yuqori bo’lgan po’latlarni 
va ayrim past legirlangan po’latlarni tabiiy sovutishda mustahkamlovchi termik 
ishlov berish jarayoni kechadi. Qo’shimcha termik ishlov berishsiz prokatlangan 
materialni qo’llash 15-20 % ga solishtirma kuchlanishlarni ortishiga olib keladi va 
natijada shtamplashni qo’llash imkoniyatlarini cheklaydi. 
Issiq holatda prokatlangan metallarga boshlang’ich termik ishlov berishni 
prokat ishlab chiqaruvchi metallurgik zavodlarda va mashinasozlik yoki metallni 
qayta ishlash zavodlarida amalga oshirish mumkin. Odatda yaxshi natijalarga 
tayyorlov operatsiyalardan so’ng termik ishlov berishda erishiladi. Boshlang’ich 
issiq holatda prokatlangan po’latni sovuq holda plastik deformatsiyalash qatorli 
strukturani buzadi va qayta kristallanish jarayonlarini tez va to’liq o’tishiga sharoit 
yaratib beradi. Issiq prokatni kiryalash yo’li bilan kalibrlash, o’lchami bo’yicha bir 
xil zagotovkalarni fasonli shtamplash ko’rsatkichlarini oshiradi. Shakli bo’yicha 
murakkab bo’lgan bir qator detallarni shtamplashda metallning issiq holatida fasonli 
kalibrlangan zagotovka olish maqsadga muvofiq bo’ladi va shundan so’ng unga 
termik ishlov berish lozim. 
Katta deformatsiya darajasini talab qiluvchi murakkab shakldagi po’lat 
zagotovkalarda plastiklikni tiklash va deformatsiyalanishga qarshilikni pasaytirish 
maqsadida yumshatiladi. Uglerodli va kam legirlangan po’latlar uchun odatda past 
xaroratli (530-600 

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə