O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


 Bolg’alash va shtamplashni metall strukturasi va xossalariga ta’siri



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
O\'quv qo\'llanma

1.4. Bolg’alash va shtamplashni metall strukturasi va xossalariga ta’siri 
Bolg’alash uchun boshlang’ich zagotovka sifatida dendrit strukturaga ega 
bo’lgan quymalar xizmat qiladi.
 
Po’lat quymaning oddiy tuzilishi 1.9-rasmda 
ko’rsatilgan. Po’lat quymaning yuza qismi kichkina kristall qatlamlardan iborat. Bu 
qism birinchi navbatda qotadi. Ikkinchi qatlam mayda va ustun ko’rinishiga ega 
bo’lgan kristallardan iborab bo’lib, ular issiqlik ketish tomon yo’nalgan bo’ladi, 
ya’ni qolipga perpendikulyar. Quymaning o’rtasida metallning qotishi sekin kechadi 
va u yerda o’rtacha va yirik teng o’qli dendritlar xosil bo’ladi. Bundan tashqari 
quymada sovush jarayonida o’yiqlar, gazli pufaklar va boshqa turdagi nuqsonlar 
xosil bo’lishi, hamda quymaning kimyoviy tarkibi bir jinsli emasligi bilan 
farqlanadi. 
Masalan, 
oltingugurt 
bilan 
fosfor 
quymaning 
markazida 
mujassamlashadi va uning sifatini pasaytiradi. 
Shunday qilib, dona va xajm bo’yicha kimyoviy tarkibi va strukturasi bir jinsli 
bo’lmaganligi, hamda nuqsonlar borligi sababli turli joylarda xossalarning 
notekisligi va ayniqsa markaziy qismlarda mexanik xossalari past bo’lishi 
kuzatiladi. Yuqorida aytib o’tilgan nuqsonlarni bartaraf etish uchun zagotovkalarga 
issiq holda ishlov beriladi, masalan bolg’alanadi. 
Quyma odatda shunday deformatsiyalanadiki, bunda quymaning ko’ndalang 
kesim joyi kichrayadi va uzunligi esa ortadi. Ko’ndalang kesim maydonini 
o’zgargarishi ukov deb ataladi va u quyidagi formula orqali aniqlanadi 
𝑦 =
𝐹
𝑏
𝐹
𝑚
, (1.2) 
𝐹
𝑏
,
𝐹
𝑚
- mos ravishda katta va kichik ko’ndalang kesim maydoni. Bolg’alashda 
ko’ndalang kesim kattalashishi (cho’ktirish) va kichrayishi (bolg’alab cho’zish) 
mumkin. Xar qanday holatda ham ukov 1 dan yuqori bo’ladi. 


33 
1.9 rasm-Po’lat quyma tuzilishi: 
1 – kirishilgan qavariq; 2 – kirishilgan g’ovaklik; 3 – mayda kristallar soxasi; 4 – qolip 
devorlariga perpendikulyar yo’nalgan mayda kristallar soxasi; 5 – tikka kristallar soxasi; 6 – qolip 
devoriga og’ilgan yirik dendrit soxasi; 7 – o’rtacha va yirik dendrit soxalari; 8 – quymaning tag 
qismi
Struktura tolali bo’lganda po’latning mexanik xossalari tolalarning 
yo’nalishiga bog’liq bo’ladi. Shu bilan bir paytda turli xil yo’nalishda kesilgan 
namunalarni sinov natijalari asosida zagotovkalarning xossalarini baholash qabul 
qilingan. Odatda namunalarni tolalar bo’yicha ularga ko’ndalang va ularga nisbatan 
ma’lum bir burchak ostida kesish qabul qilingan. Tolalarga nisbatan kondalang 
kesishda tangetsial, radial va oraliq namunalar farqlanadi.
Ko’ndalang va bo’ylama namunalar xossalari orasidagi farqni kamaytirish 
maqsadida cho’ktirish operatsiyasi qo’llaniladi. Bunda ham optimal bo’lib, 
boshlang’ich balandlikning yarimigacha cho’ktirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Natijada bo’ylama va ko’ndalang namunalar xossalarining bir jinsliligi ta’minlanadi. 
Keyinchalik pokovkalardan tayyor maxsulotni olishda pokovka strukturasining 
tolaliligi e’tiborga olinishi kerak. Masalan (1.10-rasm), agarda tirsakli valni plastina 
ko’rinishidagi pokovkadan metall kesish dastgohida oladigan bo’lsak, u holda 


34 
tolalar kesilgan holatda bo’ladi (1.10a-rasm) va kesilgan tolalardagi joylarning 
mustahkamligi pasayadi.
1.10-rasm. Plastinadan yasalgan tirsakli val strukturasi:
(a) kesish yo’li bilan olingan val va (b) bolg’alash operatsiyasi hisoblangan bukish bilan olingan 
val 
Ikkinchi holatda esa valni bukish orqali olishgan. Bunda tolalar 
shikastlanmagan va ular ohistalik bilan pokovka konturi bo’yicha bukilgan (1.10b-
rasm). Bunda olinadigan detal mustahkamligi va turg’unligi oshadi.

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə