O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti


 Metallni zagotovkalarga bo‘lish turlari



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64
O\'quv qo\'llanma

1.2. Metallni zagotovkalarga bo‘lish turlari 
Sanoatda issiq holda xajmiy shtamplash texnologik jarayonlarining ikkita 
asosiy sxemalari amalga oshiriladi. Birinchi sxema quyidagi bosqichlarni o’z ichiga 
oladi: 
● prokatni teng o’lchamli qismlarga bo’lish; 
● mustahkamligini pasaytiruvchi termik ishlov berish; 
● zagotovkalar yuzalarini tayyorlash; 
● shtamplash. 
Bunday sxema bo’yicha shtamplashni odatda vertikal presslarda bir yoki ko’p 
pozitsiyali shtamp o’rnatilgan holda amalga oshiriladi. 
Ikkinchi sxema bo’yicha shtamplashni bir yoki ko’p pozitsiyali apparatda 
amalga oshirilib, bu yerda oldin prokat tekislanadi, kesish joyiga yuboriladi, so’ngra 
shtamplash jarayoni amalga oshiriladi. Bu sxema quyidagi bosqichlarni o’z ichiga 
oladi.
● prokat mustahkamligini pasaytiruvchi termik ishlov berish; 
● prokat yuzasini tayyorlash; 
● shtamlash. 
Bu sxemalarning ko’rinishlari ishlab chiqarilayotgan maxsulot xajmi, ularning 
o’lchamlari va shakl murakkabligi, hamda zagotovka materialining texnologikligi 
sababli o’zgarishi mumkin.
Birinchi sxema bo’yicha zagotovkalarni shtamplarda, maxsus pichoqlarda va 
presslarda amalga oshirish mumkin. Ikkinchi sxema bo’yicha zagotovkalar press – 
avtomatlarda bo’linadi. Shtamplarda zagotovkalarni bo’lish diskli arrada bo’lishga 
qaraganda 4-5 barobar arzonroqdir. 
Yalpi prokatdan tayyorlangan zagotovkalar krivoship presslardagi shtamplarda 
kesib olish orqali olinadi. Agarda detal yuzasiga katta talablar qo’yilsa, kesib 
olingandan so’ng tozalash ishlari olib boriladi.


27 
1.11-rasmda prutokdan bir xil zagotovkalarni shtampda kesib olish 
ko’rsatilgan. Notekis yopiq kesishda prutok va kesib olinayotgan qismning aylanib 
ketishi va bukilishi istisno qilinadi. Bu holatni pichoqlardagi qisgich mavjudligi 
bilan izohlash mumkin. Bukilish cheklanishi va cho’ziluvchi kuchlanishlarning 
kamayishi natijasida kesilgan zagotovkalar shakllarining og’ishi ochiq kesish turiga 
qaraganda kamayadi. 
To’liq bo’lmagan yopiq kesish – ko’ndalang kesimi balandligidan 0.8÷1.0 
kattaroq bo’lgan uzunlikdagi aniq zagotovkalarni chiqindisiz olishning asosiy 
usulidir. Bu turdagi kesish ko’ndalang aktiv yoki passiv qisgich bilan amalga 
oshiriladi. Birinchi holatda (1.11a-rasm) prutok va pichoq teshigi orasida ko’ndalang 
g’ovak mavjud. Zagotovkaning bukilishi yoki buralishi shu g’ovak uzunligida 
bo’lishi mumkin. Prutok va uning kesilayotgan qismi Q ko’ndalang kuchlar bilan 
kesish pichog’idagi aktiv siqgich holatda (1.11b-rasm), kesish aniqligi va sifati 
oshadi. 
1.11-rasm. Zagotovkalarni prutokdan kesish sxemalari: 
a-ko’ndalang passiv qisgichli to’liq bo’lmagan yopiq kesish; b-ko’ndalang aktiv qisgichli to’liq 
bo’lmagan kesish; v-o’q siqishli yopiq kesish: R-kesish kuchlanishi; Q-ko’ndalang kuchlar; R-
qisgichning siqish kuchi; N-o’qli siqish kuchlari; M-prutok erkin qismining siqish kuchi; L-
kesish soxasi uzunligi 
Yopiq 
kesishda 
(1.11d-rasm) 
kesib 
olinayotgan 
zagotovka 
qismi 
qo’zg’aluvchan pichoqning bo’shlig’ida yopiq holatda bo’ladi. Jarayonni amalga 
oshirish murakkabligi sababli bu usul kam xollarda qo’llaniladi (alyumin va misdan 
tayyorlangan zagotovkalarni kesishda).


28 
Zagotovkalar o’lchamlar aniqligiga va toretslarning yuza sifatiga yuqori 
talablar qo’yilsa, u holda prutok pichoqlarda va ikki tomonidan siqib turuvchi 
maxsus shtamplarda kesiladi (1.11a, b-rasm). 
Agarda zagotovka sifatida yalpi prokatdan foydalanilsa, u holda shtamplash 
zagotovkalari shtampda kesib olinadi. Agarda murukkab shakldagi zagotovka 
olinishi talab etilsa, u holda lazerli kesishdan foydalaniladi.
Odatda kesib olingan zagotovkalar sovuq holda siqib chiqarishga yaramaydi. 
Shuning uchun ularni oldin maxsus shtamplarda tozalashadi. Tozalash jarayonida 
zagotovka konturidan kichkina qatlam olib tashlanadi, kesim yuzasi silliq va toretsga 
perpendikulyar bo’lib qoladi. 

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə