O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
O\'quv qo\'llanma

Alangali pechlarda qizdirish 
Bu turdagi pechlarni gornlarga va pechlarning o’ziga bo’lishadi. Bolg’alash 
gornlari oddiy qizdirish qurilmalari bo’lib, ularda metall yonayotgan yoqilg’iga 
tegib turadi. Ular uncha katta bo’lmagan zagotovkalarni qo’lda bolg’alashda 
qo’llaniladi. 


20 
Ishlatiladigan yoqilg’iga qarab, alangali pechlar qattiq, suyuq va gazsimon 
yoqilg’ilarda 
ishlashi 
mumkin. 
Qattiq 
yoqilg’ida 
ishlaydigan 
pechlar 
mashinasozlikda qo’llanilmaydi.
Yuklanishga qarab, alangali pechlarni uzluksiz va davriy turlarga bo’lish 
mumkin. Donali va kichik seriyali ishlab chiqarishda yirik pokovkalar davriy 
yuklaniladigan kamerali pechlarda qizdiriladi. Yirik seriyali ishlab chiqarishda 
uzluksiz avtomatik yuklanishli pechlardan foydalaniladi.
Berilgan ishlab chiqarish xajmiga erishish uchun qizdirishni muayyan tezlikda 
olib borish kerak. Bunda texnik jixatdan mumkin bo’lgan va ruxsat etilgan qizdirish 
tezliklari farqlanadi. 
Texnik jixatdan mumkin bo’lgan qizdirish tezligi – bu berilgan pechda olish 
mumkin bo’lgan maksimal qizdirish tezligi hisoblanadi. Bu tezlik xar doim ham 
ruxsat etilgan qizdirish tezligi bo’lavermaydi va xaroratning keskin o’zgarishi va 
zagotovkaning kesilgan joyi bo’ylab termik kuchlanishlar natijasida nuqson va 
yoriqlarga olib kelishi mumkin. 
Qizdirish tezligi va vaqtiga ichki va tashqi omillar ta’sir qiladi. Tashqi omillar 
bu pech xarorati, pechga zagotovkalarni yuklash, qizdirilayotgan zagotovkalar 
shakli va o’lchami. Ichki omillar – issiqlik yuborish koeffitsienti, issiqlik o’tkazish 
koeffitsienti, xarorat o’tkazish koeffitsienti, solishtirma issiqlik sig’imi, zagotovka 
zichligi, material plastikligi. 
Ta’sir qiluvchi omillarni ko’rib chiqamiz. 
Pech xarorati
. Pech xarorati qanchalik yuqori bo’lsa, zagotovkani qizdirish 
shunchalik tezroq bo’ladi. Pech xarorati t
pech 
va zagotovka xarorati t
z
orasidagi farq 
xarorat bosimi deb ataladi. Pech xarorati t
pech 
ning qizdirish xarorati t
q.x.
dan oshishi 
yakuniy xaroratli bosim deb ataladi. 
Zagotovkalarni pechga yuklash
. Zagotovkalarni pechda taxlanishi pech 
devorlaridan qizdirish jadalligini va qizdirish notekisligi darajasi va vaqtini 
aniqlashtirib beruvchi konvektsiyali qizdirishni aniqlab beradi. Agarda zagotovkalar 
bir-biriga yaqin va zich joylashgan bo’lsa, u holda gazlarning zagotovkalar orasiga 
kirishi qiyinlashadi va qizdirish vaqti oshaveradi.


21 
Zagotovkalarning shakli va o’lchami
. Qizdirishning tezligi ko’p xollarda 
zagotovkaning shakli va o’lchamiga bog’liq bo’ladi. Masalan, zagotovka qanchalik 
kichik bo’lsa, u shunchalik tez qiziydi, chunki toretslarning ta’siri katta. Agarda 
zagotovka uzunligi uning diametridan uch yoki undan ko’p martta kattaroq bo’lsa, 
u holda zagotovka uzunligi qizdirish tezligiga deyarli ta’sir qilmaydi va xokazo. 
Issiqlik yuborish koeffitsienti
(Vt/(m
2
grad) solishtirma issiqlik oqimi bilan 
aniqlanadi. Bu ko’rsatkich kattaligi issiqlikni qabul qiluvchi nurlanish va yuzaga 
bog’liq bo’ladi. To’q tusdagi zagotovkalar och tusdagi zagotovkalarga qaraganda 
tezroq qiziydi. Issiqlik yuborish koeffitsienti metallning xarorati oshishi bilan 
pasayadi va pech xarorati oshishi bilan oshadi. 
Issiqlik o’tkazish koeffitsienti
(Vt/(m·grad)) muayyan vaqt birligi ichida C 
bo’yicha 1° xarorat o’zgarishida uzunlik birligiga solishtirma issiqlik oqimi 
yuborilishi bilan aniqlanadi. Issiqlik o’tkazish koeffitsienti qanchalik katta bo’lsa, 
yuza qismdan ichki qismga issiqlik o’tishi shuncha tez bo’ladi. Bu ko’rsatkichning 
kamayishi zagotovkada xarorat gradientini tushishiga sabab bo’ladi va bu holatda 
xaroratni tekislash uchun maxsus ishlar amalga oshirilishi lozim bo’ladi. 
Issiqlik o’tkazish koeffitsienti metallning kimyoviy tarkibi va xaroratiga 
bog’liq bo’ladi. Masalan, po’latda uglerod miqdori qancha katta bo’lsa, issiqlik 
o’tkazish qobiliyati shuncha past bo’ladi. Xamma legirlovchi qo’shimchalar issiqlik 
o’tkazuvchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Shuning uchun xam legirlangan metallar 
oddiy uglerodli metallarga qaraganda qiyin qiziydi.

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə