O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
O\'quv qo\'llanma

 
 
 
 



I-bob. ZAGOTOVKA TURLARI VA ULARNI TAYYORLASH 
1.1. Zagotovka turlari va qo’llaniladigan materiallar 
Bolg’alash va xajmiy shtamplash uchun deformatsiyalanadigan metall va 
qotishmalar qo’llaniladi. Bu materiallar nisbatan katta plastiklikka ega bo’lishlari 
lozim. Shunga qaramay metallarga bosim bilan ishlov berishda qo’llaniladigan 
material – bu po’lat. Xar bir po’lat o’z xossalariga ega va bu xossalar ularning issiq 
holda deformatsiyasining rejimlarini aniqlab beradi. Past- va o’rtauglerodli, past- 
va o’rtalegirlangan po’latlar 80% gacha cho’ktirish darajasida keng xarorat 
intervalida katta plastiklikka ega. Shuning uchun ularni yuqori plastiklikka ega 
bo’lgan materiallar turkumiga kiritamiz. Yuqoriuglerodli va yuqorilegirlangan 
po’latlar esa o’rtacha plastiklikka ega bo’lgan materiallarga kiradi. Po’latlarning 
plastikligi nafaqat uglerod va legirlovchi elementlarga bog’liq, balki 
makrostrukturasi orqali aniqlaniladigan metallning metallurgik tabiatiga, kimyoviy 
birjinsligiga, nometall qo’shimchalar va oqsil qoplamalarning shakli va soniga, 
hamda uning tarkibidagi gazlar miqdoriga ham bog’liq bo’ladi.
Po’latdan tashqari bolg’alash va issiq holda xajmiy shtamplashda alyumin
magniy, mis, titan qotishmalar hamda qiyin eriydigan qotishmalar qo’llaniladi. 
Alyumin qotishmalar kichik solishtirma og’irlikka va yuqori mustahkamlik 
xossalariga ega. Ayrim alyumin qotishmalar 400-480º С xaroratlarda bolg’alash va 
shtamplashga yaxshi beriladi. Ularning tarkibiga Д1, Д16 markadagi 
dyuralyuminlar, AK (bolg’alanuvchan alyuminlar) va AK4, AK6, AK9 
markalardagi alyumin qotishmalar, hamda AД31, AД35 turidagi plastik alyumin 
qotishmalar va boshqa turdagi alyumin qotishmalari kiradi. Alyumin 
qotishmalaridan foydalanish soxalari juda keng va yaxshi rivojlangan. Xususan, 
alyumin qotishmalaridan avia- kemasozlik, avtomobilsozlik, qishloq xo’jalik 
mashinasozligi va qurilishda qo’llaniladigan muhim detallarni yasashda 
foydalaniladi. 
Magniy qotishmalari – konstruktsion materiallar hisoblanib, alyumin 
qotishmalardan mustahkamligi kichik bo’lsada, ammo ularga nisbatan solishtirma 
og’irligi ancha kamdir. Bu qotishmalardan 350-440º С xaroratida MA1, MA2, MA3, 



MA8, MA14 va boshqa magniy qotishmalari bolg’alanuvchan hisoblanadi. Bunday 
qotishmalar raketa- va samolyotsozlik, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoati 
soxalarida qo’llaniladi. 
Titan qotishmalar solishtirma og’irligi nisbatan kichikligiga (temirdan deyarli 
ikki barobar kamroq) qaramay, alyumin qotishmalarning mustahkamligidan bir 
necha bor yuqoriroq va bu ko’rsatkich bo’yicha ayrim legirlangan po’latlardan ham 
ustundir. БТ3-1, БТ6, БТ14 va boshqa turdagi titan qotishmalaridan raketalar, 
samolyotlar (turbina parraklar) uchun pokovkalar tayyorlanadi. 
Bolg’alash va xajmiy shtamplashda qo’llaniladigan mis asosidagi qotishmalar 
– bular latunlar va bronzalar. Л63, Л68, Л80 va boshqa turdagi ikkitali latun 
markalari xajmiy shtamplashda o’ziningyuqori texnologikligi bilan ajralib turadi. 
Bolg’alash va issiq holda shtamplashda БрАЖ9-4, БрАЖ10-4-4 kabi qalayli
alyuminli, marganetsli va alyumin-temirli bronzalar qo’llaniladi. Qalaysiz bronzalar 
o’zlarining antifriktsion, korroziyaga qarshi xossalari bilan ajralib turadi va sho’r 
suv, moy va bug’ sharoitlarida ishlatiladi.
Odatda, rangli metallar va qotishmalardan bolg’alash va xajmiy shtamplash 
zagotovkalari sifatida presslangan yoki prokatlangan quyma va prutoklar xizmat 
qiladi. 
Bolg’alash va xajmiy shtamplashda qo’llaniladigan po’lat zagotovkalarni 
quyma, sortli prokat va kvadrat kesimga (blyumlar) ega bo’lgan zagotovkalar tashkil 
etadi. Bu zagotovkalarni blyumingda quymalarni prokatlagan holda va 
zagotovkalarni uzluksiz quyish mashinalarida olishadi. 
Quymalar massasi tonnalarda o’lchanadigan, bolg’alash yo’li bilan olinadigan 
pokovkalarni olishda zagotovka vazifasini bajaradi. Odatda xajmiy shtamplashda 
sortli prokatdan foydalaniladi. Quymalar kamdan-kam xollarda ishlatiladi. 
Quyish jarayonida quymalarga kesilgan piramida shakli beriladi. Ularning 
ko’ndalang kesimi esa dumaloq, kvadrat yoki ko’pburchak shakllarida bo’ladi
(1.1-rasm). 



1.1-rasm. Po’lat quyma shakli 
Bolg’alash uchun quymaning keng qismi (foydali) yuqorida joylashgan 
bo’ladi. Quymaning pastki qismi tag (poddon) deb ataladi. Pokovkalarni tayyorlash 
uchun bolg’alab ishlatiladigan metall tag va foydali qismlarining oralig’ida 
joylashgan va quymaning korpus (tana)si deb ataladi. Bolg’alashga ajratiladigan 
quymalarning foydali va tag qismlarining massasi mos ravishda 18-20% va 3-5% 
teng. Yuqorida ko’rib chiqilgan quymalarning kesimi va uzunligi bo’yicha 
strukturasi birjinsli emas, turli xil quyma nuqsonlarga ega (yoriqlar, gazli pufaklar 
va boshqalar). Bundan tashqari quymalar uchun dendrit likvatsiya (kimyoviy 
birjinsli emasligi) ham xosdir. 
Massasi bo’yicha o’rtacha bolg’alangan pokovkalar, hamda katta 
shtamplangan pokovkalar uchun blyumlar ishlatiladi. Blyumlar po’lat zagotovka 
ko’rinishidagi metallurgik ishlab chiqarishning yarim maxsuloti hisoblanadi. Po’lat 
zagotovkaning kesimining tomonlarini 140 dan 450 mm bo’lgan kvadratga
Bundan tashqari, xajmiy shtamplash uchun profilli yoki davriy, hamda tasmali 
zagotovkalar qo’llaniladi (1.2-rasm). 
Ta’minlab beruvchi zavod yuborilayotgan metall partiyasini maxsus xujjat, 
ya’ni sertifikat bilan rasmiylashtiradi. Sertifikatda metallning markasi, eritilish 
nomeri, kimyoviy tarkibi va mexanik xossalari; zagotovkalar o’lchamlari va partiya 
massasi keltirilgan bo’ladi.



1.2-rasm. Blyum kesimi (a) va sortli prokat (b) 
Zavodga keltirilgan metall nuqsonlar mavjudligiga tekshiriladi. Kimyoviy 
tarkibi ham tekshirilib ko’riladi. 
Boshlang’ich materialda nuqsonlarni bartaraf etish muhim operatsiya 
hisoblanadi. Bu omilga olinadigan pokovkalar va detallarning ishonchliligi 
bog’liqdir. Masalan: yuzada yoriq xosil bo’ladigan bo’lsa, keyingi ishlov berishda 
bu yoriq detalning ichki qismiga shtamplanib ketadi va natijada olinadigan detalimiz 
ish jarayonida ishdan chiqishi mumkin. 
Prokatning nuqsonlari prokat stanida ishlov berilayotgan quymadan o’tishi 
mumkin yoki prokat stanida ishlov berish jarayonining o’zida ham yuzaga kelishi 
mumkin. Prokatning asosiy nuqsonlariga tolalar, yoriqlar, kesiklar, qatlamlanishlar 
kiradi. Aniqlangan nuqsonlar pnevmatik zubilo bilan yoki boshqa usul bilan kesib 
olish mumkin. Shundan so’ng ishlov berilgan joylarning birinchi soxadan ikkinchi 
soxaga o’tish joylarida keskinlikning oldi olinadi. Buning natijasida keyingi 
shtamplab ishlov berishda yangi nuqsonlar, ya’ni yoriqlar, siqilishlar va 
chuqurchalarni oldi olinadi. 
Siqilgan, prokatlangan zagotovkalar va katta ko’ndalang kesikga ega bo’lgan 
sortli prokatlardan foydalaniladigan sexlarda, yirik yuzaki nuqsonlarni pnevmatik 
zubilolar bilan va alanga bilan tozalash orqali, kichik nuqsonlarni esa jilvirlash 
toshlaridan foydalagan holda bartaraf etishadi. Nuqsonlarning soni katta bo’lganda, 



nuqsonli yuzalarni bartaraf etish frezalash stanoklarida qatlamni to’liq olib tashlash 
orqali amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari agar prokat qiyshiq bo’lsa, uni krivoship yoki gidravlik 
presslarda to’g’irlash mumkin. 

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə