O ‘ zbekiston respublikasi oliy va o ‘ rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 7,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/64
tarix11.12.2023
ölçüsü7,54 Mb.
#147970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
O\'quv qo\'llanma

Metallni zagotovkalarga bo’lish usullari 
Quymalarni va prokatni zagotovkalarga bo’lish farqlanadi. Quymalar 
bolg’alash jarayonini o’zida kesiladi. Bunda, asos qismi “bolta” deb nomlanadigan 
asbob bilan olib tashlanadi. Asbobsozlik va yuqori legirlangan po’latlardan olingan, 
bolg’alash uchun mo’ljallangan quymalar odatda arralar yordamida kesiladi.
Prokatlangan metallni bo’lish uchun press-qaychilar va krivoship presslar, 
arralar va abraziv keskichlar, sovuq holda sindiruvchilar, gaz-qirqish qurilmalari va 
boshqalardan foydalaniladi. 
Yirik va o’rta seriyali ishlab chiqarish korxonalaridagi bolg’alash sexlarida 
metallarni zagotovkalarga bo’lish press-qaychilar va krivoship shtamplarda amalga 
oshiriladi. Press qaychilar o’zidan turli xil konstruktsiyaga ega bo’lgan ekstsentrik 
mashinalardan iborat va ular yordamida diametri 15 mm dan 150 mm gacha bo’lgan 
prutokni kesib olish mumkin. Press-qaychilarda prutokni kesish sxemasi 1.3-rasmda 
keltirilgan. 
Press-qaychi konstruktsiyasida qo’zg’aluvchan 3 va qo’zg’almas 5 pichoqlar 
polzun ini va press staninasiga mos ravishda qotirilgan. Rolganglar orqali 
pichoqlarga uzatiladigan shtangadan kesib olinadigan zagotovkalarning uzunliklari 
tayanch 4 orqali to’g’irlanib turiladi, so’ngra siquvchi ikki bilan qotiriladi. Pichoqlar 
orasida g’ovak qoldiriladi. Bu g’ovakning kattaligi kesib olinayotgan materialning 
turiga bog’liq bo’ladi va u zagotovka diametri yoki qalinligidan 2-4 % tashkil etadi. 
Pichoqlar asbobsozlik po’lat 5ХГТ, 5XГМ, 4ХС, У10 lardan tayyorlanadi, so’ngra 
toblanadi va bo’shatiladi (termik ishlov bergandan so’ng qattiqligi HB 444÷514ga 
yetadi). 


10 
1.3-rasm. Press-pichoqlarda prutokni kesish sxemasi: 
1-zagotovka; 2-siqgich; 3-xarakatlanuvchi pichoq; 4-to’g’irlanuvchi tayanch; 
xarakatlanmaydigan pichoq; 6-rolgang
Prutoklar kesilishi sovuq holda yoki salgina qizdirilgan holda amalga 
oshiriladi. Past uglerodli yoki past legirlangan po’latlardan tayyorlangan prutoklar 
sovuq holda kesib olinadi. O’rta uglerodli va o’rta legirlangan po’latlardan 
tayyorlangan prutoklarning plastikligi past bo’lganligi uchun ularni kesishdan oldin 
450÷550º gacha qizdirib, so’ngra kesib olinadi. Qizdirish jarayoni zagotovkaning 
torets qismidagi yoriqlarni paydo bo’lishini oldini oladi. Yuqori uglerodli va 
legirlangan po’latlardan yasalgan prutoklarni plastikligini oshirish va yoriqlarni 
oldini olish uchun ular 450÷700º gacha qizdiriladi va kesiladi. Kesish jarayoni 
yuqori unumdorlik bilan tavsiflanadi. Masalan, prutokni sovuq holda kesganda, 
unumdorlik soatiga 200 dan 1000 ta donagacha bo’lgan oraliqda tebranadi. 
Kesishdan oldin zagotovkani qizdirish jarayoni unumdorlikni 30% ga pasaytiradi. 
Prokat profiliga mos bo’lgan prutokni kesishda talab etiladigan R
r
kuchlanishni 
quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
𝑅
𝑟
= 𝑖𝐾
𝑧
𝜎
𝑣
𝐹
𝑟
.
Bu yerda I – 0,6 ÷ 0,9 po’latga teng bo’lgan koeffitsient; 
K
z
– kesuvchi qirralarning 
o’tmaslashishi koeffitsienti (bu koeffitsient yeyilish ortishi bilan o’sib boraveradi va 
1 dan 1,7 gacha bo’ladi); 
σ
v
– kesish xaroratidagi kesilayotgan metallning uzilishga 


11 
bo’lgan vaqtinchalik qarshiligi, Mpa; 
F
r
– kesib olinayotgan metallning ko’ndalang 
kesim maydoni. 
Shtamplash va bolg’alash uchun tayyorlanadigan zagotovkalarni, odatda 
boshlang’ich operatsiya sifatida toretsga zagotovkani cho’ktirish kerak 
bo’lganidagina arrada kesiladi. Bunda torets yuzasi zagotovka o’qiga 
perpendikulyar va tekis bo’ladi. Bunday turdagi kesish odatda rangli metallar va 
ulardan tayyorlangan qotishmalarga nisbatan qo’llaniladi. Bunday metallarni press 
– pichoqlarda kesib bo’lmaydi. Asosiy sabab sifatida katta “g’ijimlanishlar” va 
yoriqlar paydo bo’lishini ko’rstaish mumkin. Arralar yuqori uglerodli va legirlangan 
po’latlardan yasalgan prutoklarni, hamda konstruktsion po’latlardan tayyorlangan 
katta profilli prokatlarni kesishda qo’llaniladi. Arralar diskli va tasmali bo’lishi 
mumkin. Arralarda sovuq holda kesishda, emulsiyadan sovutuvchi vosita sifatida 
foydalanib amalga oshiriladi. Arralarda kesishda olinadigan zagotovkalar 
yuzalarining sifati qolgan kesish turlariga qaraganda, elektruchqunli kesish turidan 
tashqari yuqoriroq bo’ladi (elektruchqunli kesishda zagotovkaning yuza sifati juda 
yuqori bo’ladi). Arralarda kesishning kamchiligi bo’lib, kesishda chiqindi sifatida 
chiqib ketadigan metall qalinligi hisoblanadi va u odatda arraning qalinligiga teng 
bo’lib, 3 mm dan 8 mm oralig’ida bo’lishi mumkin.
Sovuq holda sindirishdan qalinligi va diametri 75÷250 mm gacha bo’lgan 
uglerodli va legirlangan po’latdan tayyorlangan katta profillarni kesishda 
qo’llaniladi (1.4-rasm). 
Sovuq holda sindirishdan oldin zagotovkaning bir tomonidan kengligi 5-8 mm
va qalinligi 10-15 mm bo’lgan chuqurlikda gaz kesuvchi asbob yordamida o’yiq 
xosil qilinadi. So’ngra o’yiq hosil qilingan zagotovka 2 rolgang 1 orqali tayanch 4 
ga tiralganga qadar ishchi stolga yo’naltiriladi. Zagotovkadagi o’yiqni qo’zg’almas 
pichoqning ustiga qarama – qarshi bo’lgan tomonda joylashtiriladi. Suxarik 3 lar 
bilan shtanga bosilganda o’yiq soxasida kuchlanishlar mujassamlashadi, so’ngra 
yoriq paydo bo’ladi. Bu yoriq oz vaqt o’tgandan so’ng metallning bir-biridan 
ajralishi ko’rinishida buziladi. Sovuq holda sindirishda zagotovkaning torets yuzasi 
ko’p xollarda tekis bo’ladi, kamdan kam holatda qiyalashadi. Biroq, odatda 


12 
zagotovkaning toretsida sindirishdan o’simta qoladi. Bu o’simta toretsga metallni 
cho’ktirish bilan bog’liq shtamplash jarayonida shtampga zagotovkani o’rnatishda 
xalaqit beradi. Metall sinishiga qarab metallning sifati tekshiriladi. Sovuq holda 
sindirish bilan uzun bo’lmagan, uzunligining qalinligiga nisbati 0,8 ga teng bo’lgan 
zagotovkalar olish mumkin. Sovuq holda sindirish katta unumdorligi bilan ajralib 
turadi va uni press-pichoqlar bilan solishtirish mumkin. 
1.4-rasm. Metallni sovuq holda sindirishning sxemasi:
1-rolgang; 2-zagotovka; 3-suxariklar; 4-tayanch; 5-pichoq (sindirgich) 
Gazplazmali kesish istalgan ko’ndalang kesimga ega bo’lgan prokatlangan 
shtangalarni va diametri 1000 mm gacha bo’lgan past uglerodli va past legirlangan 
quymalardan tayyorlangan quymalarni kesishda ishlatiladi. Gazplazmali kesish 
sxemasi 1.5-rasmda keltirilgan. 
Qizdirib turiladigan mundshtuk 3 orqali kislorod va atsetilen aralashmasi 
yoqiladi va kesish jarayoinining boshlang’ich nuqtasiga olib boriladi. Zagotovka 6 
yuzasiga yo’naltirilgan alanga metallni tez qizdiradi. So’ngra gorelkaning markaziy 
teshigi orqali kislorod yuboriladi va zagotovkani yondira boshlaydi. Shlak 7 
ko’rinishida xosil bo’ladigan metall oksidlarning erishi boshlanadi va suyuq holda 
yuborilayotgan kislorod oqimi ta’siri ostida kesim soxasidan chiqib ketadi. Kesim 


13 
kengligi 4 – 10 mm ni tashkil etadi. Yuqori uglerodlangan va yuqori legirlangan 
po’latlar kislorod – flyusli kesiladi. Yuqorida aytib o’tilgandan farqi shundaki, 
kesish soxasiga kisloroddan tashqari temir kukun ko’rinishida flyus yuboriladi. 
Flyus yonish soxasida xaroratni yanada ko’tarib beradi. Bunda flyusning yonish 
maxsulotlari shlakka o’tadi va ularning erish xaroratini pasayadi. So’ngra suyuq 
shlaklar kislorodli bosim orqali olib tashlanadi. Atsetilendan tashqari kesish uchun 
benzin, kerosin va boshqa yonuvchi gazlarni qo’llash mumkin. Gazplazmali 
kesishning kamchiligi past unumdorlik va kesishda metall sarfi ko’pligi. 
1.5-rasm. Gazplazmali kesish sxemasi:
1-bo’linish chegarasi; 2-olov; 3-qizdirib turuvchi mundshtuk; 4-kesuvchi mundshtuk; 5-
kislorodni yetkazib berish; 6-kesiluvchi zagotovka; 7-shlak; 8-qo’yim
Bu usuldan unumliroq usul bo’lib plazmali kesish hisoblanadi. Plazmali 
kesishda kesish va metallning yuza sifati yuqoriroq bo’ladi, kesish qalinligi 
kamayadi va gazplazmali kesishga qaraganda jarayon 2-3 barobar tezlashadi. Bu 
usulning ishlash printsipi (1.6-rasm) shundaki, plazmatronda elektrod 2 va 
zagotovka 5 oralig’ida elektr yoy 1 xosil qilinadi. Soplo 4 orqali chiqayotgan suv 
bilan sovutilib, elektroddan sopol taglik 3 bilan ajratib turilgan gaz yoyning yuqori 
xarorati ta’sirida yuqori xaroratli plazma oqimiga aylanadi (gazning ionlangan 
zarrachalariga o’xshaydi) va 10000-20000 K xaroratga ega bo’ladi. Plazma xosil 


14 
qiluvchi gazlar sifatida argon-vodorod yoki azot-vodorodli aralashma, siqilgan xavo 
va boshqalar qo’llaniladi. Plazmali kesishning gazplazmali kesishdan ustunligi 
shundaki, uning ishlab chiqarish qobiliyati chamasi 10 barobar yuqoriroq, toza va 
tekis kesilgan yuza xosil qilinadi, hamda shlakning deyarli shlak xosil 
qilmasligidadir. Bu usul ayniqsa zanglamaydigan va yuqori legirlangan metallarni 
kesishda juda yaxshi o’zini tavsiya qilgan. 
1.6-rasm. Plazmotron qurilmasining sxemasi:
1-elektrik yoy; 2-elektrod; 3-sopol taglik; 4-soplo; 5-zagotovka
Metallni anodli-mexanik kesish va elektr uchqunli kesish (1.7-rasm) turlari, 
zagotovka uzunligini uning diametriga bo’lgan kichik nisbatdagi zagotovkalarning 
o’lchamlarini aniq qilib kesib berish qobiliyatiga ega. 
Mustahkam va plastik, masalan nikelli qotishmalar anodli mexanik kesish usuli 
bilan zagotovkalarga bo’linadi (1.7a-rasm). Past kuchlanishga ega bo’lgan doimiy 
tok generatori 1 umumiy zanjirga kesilayotgan zagotovka 4 va aylanuvchi disk-
elektrod 2 bilan kiritilgan. Generatorning musbat qutbiga ulangan kesiladigan prutok 


15 
anod bo’lib, disk-asbob esa katod sifatida xizmat qiladi. Anod va katod oralig’idagi 
bo’shliqqa tok o’tkazuvchi suyuqlik jo’natiladi (odatda suyuq shisha). Kesish 
jarayonida disk va prutok oralig’ida elektrik yoy vujudga keladi. U qizg’ishroq 
chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. Elektr razryad xosil bo’lgan joyda xarorat 4000-
5000 °C gacha boradi. Bunday xarorat metallni eritish uchun yetarlicha hisoblanadi 
va bu bo’shliqdagi metall qoldiqlari disklar va ishchi xavo yordamida xaydab 
chiqiladi. Po’lat disklarning qalinligi 0.5-2 mm gacha bo’ladi. Anodli-mexanik 
usulda kesishning unumdorligi past hisoblanadi. Kesib olinadigan metall qalinligi 
300 mm, kesish qalinligi 4 mm gacha bo’ladi. 
1.7-rasm. Anodli-mexanik (a) va elektruchqunli (b) kesish sxemalari:
1-generator; 2-po’lat disk; 3-soplo; 4-zagotovka; 5-tayanch; 6-idish; 7-suyuqlik 
Metallni bo’laklarga bo’lishda elektruchqunli kesishdan ham foydalaniladi. Bu 
usuldagi kesishda zagotovka 4 (1.7b-rasm) doimiy tok generatori 1 ga ulangan va u 
anod hisoblanadi. Katod sifatida hizmat qiluvchi asbob 2 va zagotovka vanna 5 ga 
joylashtirilgan bo’ladi. Bu vanna dielektrik bilan to’ldirilgan bo’ladi (masalan: 
kerosin). Past kuchlanish generatori rezistor R orqali kondensator S ni zaryadlaydi. 
Kondensator soniyasiga 100 martta razryadlanadi va razryadlanganda anod va katod 
oralig’ida uchqun yuzaga keladi. Elektruchqunli kesishda razryadning ta’siri kichik 
maydonga tarqaladi. Kesik soxasida 10000 °C xaroratda metall eriydi va bug’lanib, 
yo’qolib ketadi. Kesish asbobi mis, latun va grafitdan yasaladi. Kesib olinadigan 
zagotovkalarning maksimal qalinligi 120 mm. Bu usulda kesishning ustunligi: kesim 
joyining yuqori aniqligi va sifati, hamda turli xil mustahkamlikka ega bo’lgan 
metallarni kesa olishi. Bu usulning kamchiliklariga taxminan anodli-mexanik kesish 


16 
usuliga teng bo’lgan past unumdorlik, elektr energiya sarfi yuqoriligi va 
elektrodlarning turg’unlik darajasi pastligi. 
Lazerli kesishda kogerent monoxromik yorug’likning juda kuchli nuri metallni 
eritib, uni qismlarga bo’ladi. Lazerli kesishning tezligi lazerning kuchiga to’g’ri va 
kesilayotgan metallning qalinligiga teskari proportsionaldir. Lazerli kesish 
boshlang’ich qalinligi 10 mm bo’lgan deformatsiyaga qiyin beriladigan metall va 
qotishmalardan murakkab konturli yalpi zagotovkalarni olishda keng qo’llaniladi. 
Shuning uchun bu turdagi metallni kesish xajmiy shtamplashda qo’llanilishi 
cheklangan hisoblanadi.

Yüklə 7,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə